O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.09.2018

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARI SOHASINI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimidagi ishlarni tahlil qilish, sohani jadal rivojlantirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlarni belgilashga bagishlangan yigilish otkazdi.

— Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivoji barcha sohalar taraqqiyotini ta’minlaydi, odamlarga qulaylik yaratadi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Yil boshida ushbu muhim sohani rivojlantirish boyicha belgilab berilgan koplab vazifalar ijrosi toliq taminlanmadi. Tarmoqqa investitsiya jalb etish, xizmatlar va tayyor dasturiy mahsulotlarni eksport qilish ahvoli bizni umuman qoniqtirmaydi.

Shuning uchun vazirlik rahbariyatini ozgartirishga majbur boldik. Yangi vazir va uning orinbosarlari bundan tegishli xulosa qilib, oz ishlarini mutlaqo yangicha tarzda tashkil etishlari lozim. Mavjud muammolarni tezroq bartaraf etish va tarmoqni tubdan rivojlantirish, jalb etilayotgan investitsiyalar va eksport hajmini keskin kopaytirish, eng muhimi, qisqa davrda tizimda sezilarli ijobiy ozgarishlarni taminlash kerak, dedi Prezidentimiz.

Yigilishda davlatimiz rahbarining 2018 yil 19 fevraldagi «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni va Prezident huzuridagi yigilishlarda berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash qanday borayotgani tahlil qilindi. Sohani jadal rivojlantirish boyicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, togridan-togri sarmoyalar ishtirokidagi loyihalar ulushini oshirish zarurligi takidlandi. Joriy yilda kamida 200 million dollar, 2019 yilda esa investitsiyalar, ayniqsa, togridan-togri sarmoyalar hajmini 500 million dollarga yetkazish vazifasi qoyildi.

Ozbektelekom kompaniyasining nufuzini oshirish, Ozmobayl milliy mobil aloqa operatorini rivojlantirish boyicha topshiriqlar berildi.

Sohada xizmatlarni eksport qilish yetarli emasligi, bu korsatkichni keskin oshirish, eng avvalo, dasturiy taminot yaratish va eksportni kopaytirish kerakligi takidlandi.

Telefon va internet foydalanuvchilariga korsatilayotgan xizmatlar sifati pastligi, mavjud aloqa tarmoqlarining atigi 27 foizi optik tolali, qolgani mis simli liniyalardan iborat ekani tanqid qilindi. Internet tarmogiga ulanish tezligini oshirish, aloqa tarmoqlarini toliq optik tolaga almashtirish boyicha korsatmalar berildi.

Elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, interaktiv davlat xizmatlari korsatishni keskin yaxshilash boyicha vazifalar belgilab berildi. Pochta aloqasi faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi takidlandi.

Axborot xavfsizligini mustahkamlash masalasiga etibor qaratildi.

Sohada kadrlar tanqisligi sezilayotgani, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida ilmiy salohiyatga ega pedagoglar bor-yogi 21 foizni tashkil etishi qayd qilindi. Shu bois universitetda oqituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlari kolamini kengaytirish zarurligi takidlandi.

Xorijiy tajribani chuqur organgan holda, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 5 yillik milliy dasturni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: