O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.09.2018

OZBEKISTON PREZIDENTI AQSH DELEGATSIYASINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bolib turgan Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qomondoni general Jenson Boylz va AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kellini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, joriy yil may oyida AQShga rasmiy tashrif davomida bolib otgan oliy darajadagi samarali uchrashuv va muzokaralar mamlakatlarimiz ortasidagi strategik sheriklikda yangi davrni boshlab bergani va uni aniq mazmun bilan boyitganini alohida takidladi.

Bugun kop qirrali Ozbekiston — AQSh munosabatlari izchil rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy, innovatsiya, investitsiya, fan va texnika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qoshma dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda Ozbekiston Milliy gvardiyasi va tegishli idoralarining Missisipi shtati Milliy gvardiyasi bilan, jumladan, jamoat tartibini taminlash va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish sohasida tajriba almashish, trening va tadbirlar otkazish borasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari korib chiqildi.

Parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, shuningdek, Missisipi shtatining yetakchi korxonalari va kompaniyalari bilan savdo va innovatsiyalar, qishloq xojaligi, talim sohalarida sheriklikni mustahkamlashga alohida etibor qaratildi.

General J.Boylz va kongressmen T.Kelli davlatimiz rahbariga samimiy qabul va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga doir aniq tashabbuslari uchun minnatdorlik bildirdi.

Mehmonlar mamlakatimizda sifat jihatidan yangi bosqichda amalga oshirilayotgan, barcha soha va yonalishlarni qamrab olgan islohot va ozgarishlarni yuksak baholadilar. Samarali parlamentlararo va idoralararo muloqotlarni davom ettirish, Ozbekiston va AQSh ortasidagi hamkorlik boyicha qoshma loyihalarni ilgari surish ishlarini faollashtirishga tayyorlik bildirdi.

AQSh delegatsiyasi azolari Ozbekiston va AQSh ortasidagi keng kolamli amaliy sheriklikni yanada mustahkamlash uchun barcha say-harakatlarini ishga solishini takidladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: