O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.09.2018

NAMUNALI UYLAR QURILISHI NAZORATI KIMNING ZIMMASIDA?

Yoki qurilishi nazoratsiz qolgan uylar, ovorayu sarson odamlar haqida

Yigirma yildan beri o‘qituvchilik qilaman, oylik maoshim 1 million 400 ming som. Bir million somini hozir yashayotgan ijara uyimga tolayman, qolgani nimaga yetishi mumkin? Dostu-birodar, qarindosh-uruglardan yordam olib namunali uy uchun 840 ming somlik kredit tolovini qilib kelayotgan edim. 3 nafar farzandimning kattasi kontrakt asosida universitetda oqiydi. Bundan tashqari, oilaning kundalik xarajatlari ham bor. Ahvolimni tasavvur qilib koring. Shu kabi muammolar va tashvishlar ogirlik qildimi, insult kasalligiga chalinib, chap qol va chap oyoqlarim harakatlanmay qoldi. Kasalxonadan chiqqach, moddiy qiynalib ketganim uchun bitmagan bolsa ham iyul oyida bu uyga kochib keldim. Chunki hech bolmasa ijara pulini tejayman...

Uyimiz qachon bitishini Xudo biladi…

Tahririyatimizga Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi Kokterak mahalla fuqarolar yigini, «Kokterak» massivida namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan arzon uy-joylar egalarining bir guruhi shikoyat bilan murojaat qildi.

— 2017 yil iyul oyida Qishloq qurilish invest Toshkent viloyati filiali va Qishloq qurilish bank aksiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati mintaqaviy filiali bilan ipoteka krediti berish togrisida asosiy shartnomalar tuzdik. Kredit asosida boshlangich tolovini tolaganimizdan song Toshkent tumani Kokterak massividagi 2 qavatli, 4 sotixli, 4 xonali uylardan birini rasmiylashtirib berishdi, deydi Shokir Qobilov. Bu uylar shartnomaga kora, 2018 yil 1 iyulda qurib bitkazilib, kochib kirishimiz kerak edi. Biroq shu vaqtgacha uyning devorlari kotarilib, tom qismi yopilgan xolos. Bajarilgan ishlarning barchasi juda sifatsiz, qol uchida qilingan. Mana, bir yilu 3 oydan beri bitmagan uy uchun har oyda 840 ming somdan bankka kreditimiz foizini tolab kelyapmiz. Oilam bilan esa oyiga bir million som pul tolab ijarada yashashga majburmiz.

Uy nega bitmayotgani sababini bilish maqsadida ATB Qishloq qurilish bank Toshkent viloyati filialiga qongiroq qildim. Bankdagilar biz kreditni Qishloq qurilish invest injiniring kompaniyasi Toshkent viloyati filialiga yuz foiz otkazib berganmiz, uyingiz nega shartnomada korsatilgan muddatda topshirilmaganini bilmoqchi bolsangiz, Qishloq qurilish invest injiniring kompaniyasi Toshkent viloyati filialiga murojaat qiling, deyishdi. Injiniring kompaniyasi Toshkent viloyati filialiga qongiroq qildik. Goho u xodim, goho bu xodimning raqamlarini berishdi. Biri u xodim hal qiladi desa, ikkinchisi boshqa xodimni aytdi. Oxir-oqibat uyimizni shartnoma asosida qurayotgan Regulyar stroy mas’uliyati cheklangan jamiyati qurilish firmasi javobgar ekanligini bildim. Regulyar stroy MChJ rahbari esa Qishloq qurilish invest injiniring kompaniyasi Toshkent viloyati filiali pullarni otkazmaganligi sababli qurilishni davom ettira olmasligini aytdi.

Qahraton qish yaqinlashayapti, uyimiz bitishi shartnomada korsatilgan muddatdan uch oy otib ketdi. Endi nima boladi, degan savol hammamizni tashvishga solyapti. Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Qishloq qurilish invest injiniring kompaniyasi va boshqa idoralarga ham shikoyat arizasi bilan murojaat qildik. Biroq yozgan arizalarimizning barchasi aylanib-aylanib, Qishloq qurilish invest injiniring kompaniyasi Toshkent viloyat filialiga yuborilmoqda. Injiniring kompaniyasi Toshkent viloyat filiali xodimlari kelib, muammolarni korishadi va haqiqatan ham kamchiliklar anchagina ekan, deyishadi-da, bir oy ichida uylaringizga kochib kirasizlar, deb vadalar berib, qoynimizni puch yongoqqa toldirib ketishadi.

Yana bir masalani aytay, ish haqi vaqtida berilmayotgani sababli ishchilar uch-tort kun ishlab ketib qoladi, orniga boshqasi keladi. Malakasiz quruvchilarning almashaverishi oqibatida uylar sifatsiz qurilmoqda. Bizning murojaatlarimizni kim jiddiy tekshirib, muammoni hal qiladi? Biz qachongacha azob tortib kutamiz?

Ushbu suhbatdan song, haqiqiy ahvolni bilish maqsadida Kokterak massiviga bordik. Yigirma xonadonli ikki qavatli 10 ta uyning yon-atrofida besh-oltita ishchi gimirlab yuribdi, nima qilish kerakligini aniq bilishmasa ham kerak.

Bir haftadan beri 4 uyni tamirlash ishlarini oxiriga yetkazolmaymiz, deydi Quyi Chirchiqdan kelgan yollanma ishchi Akrom Xolboyev. – Sababi, oddiy vklyuchatelni bir haftadan beri kutib otiribmiz, qolgan qurilish ashyolarini-ku aytmasa ham boladi. Qurilish materiallari oz vaqtida keltirilmagach, ish toxtab qolyapti va oylik maoshlarimiz ham kechikib ketyapti. Brigadamda 7 kishi bolsak, hozir bekormiz. Bu yerda shu vaqtgacha qanchalab ishchi ozgarganini tasavvur qila olmaysiz. Hatto, bu yerda qurilish ishlarini nazorat qiladigan masul kishi ham yoq. Chunki MChJning ushbu massivga masul bolgan ish boshqaruvchilari ham ketma-ket almashavergan. Nazorat bolmagach, ishlar ketma-ketligi buzilgan va uylarning ichi bitmay turib, tashqi fasad qismi tokilib tushyapti. Buning natijasida qayta tamirlashga majbur bolyapmiz. Buning ustiga uylarning kopchiligida devorlar elektromontaj qilinmasdan suvoqqa otilgan. Endi suvalgan joylarni qoporib, elektromontaj qilinmoqda. Buning sababi ishchilarga vaqtida kerakli qurilish materiallari yetkazib berilmagan. Ishchilar vaqtini bekor ketkazmaslik uchun qanday qurilish materiallari kelsa, shunga qarab ishlashavergan.

Uyimni elektoromontaj qilmasdan oldin suvogini qilib qoyishibdi, deydi 65-uy egasi Otabek Abduraimov. Hatto shiftiga chiroq ornatishga joy ham qoldirishmabdi. Firma boshqaruvchilariga murojaat qildim, ulardan natija bolmagach, ozim usta topib suvoqni kochirib boshqatdan elektromontaj qildirdim. Endi qaytadan suvoq qilishga togri kelmoqda. Devorlar qiyshiq, eshiklar notogri ornatilgan, tom qismidagi yogochlar ham eski chirigan taxtalardan iborat. Isitish tizimining quvurlarini ham egri-bugri ornatib ketishgan. Isitish moslamasi tuynugi esa umuman orniga togri kelmaydigan qilib ornatilgan. Bir soz bilan aytganda, uylarga ishlatilayotgan qurilish materiallarining hech birini sifatli deb, bolmaydi.

Suhbatimizga Shokir Qobilov qoshildi: Uyim bitavermagach, ishchilar bekor qolmasin, deb yonimdan 2,5 million som pul sarflab, kafel keltirib bergan edim. Kafelni umuman notogri terib qoyishibdi. Bu nima qilganlaring deb, dakki berib ketsam, ertasiga kafelni joyidan sindirib, kochirib olishibdi. Axir, bu qanaqasi, na uyimni bitirib berishadi na sifatini nazorat qilishadi, dardimizni hech kim eshitmayapti. Men ham topganimning yarmini bankka uy kreditiga tolasam, yarmini yashayotgan ijara uyimga tolab kelaman. Bitmasa ham kochib kelay desam, uyga na suv va na gaz kiritilgan. Murojaat qilmagan idoramiz qolmadi... Yaqinda Qishloq qurilish invest injiniring kompaniyasi Toshkent viloyat filiali direktori T.Turdiboyev imzosi bilan shikoyat arizamga 2018 yil 27 iyulda javob keldi. Unda shunday deyiladi:

Sizning Ozbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga qilingan murojaatingizda 2017 yil dasturi boyicha qurilgan Toshkent tumani Kokterak massividagi 60-sonli namunali uy-joyda mavjud kamchiliklarni toliq bartaraf qilib berishni soragansiz.

Sizning 247315\18-sonli murojaatingizni organish maqsadida 2018 yil 26 iyul kuni Farovon MFY kotibi N.Hoshimova, Regulyar stroy pudrat korxonasi ish yurituvchisi N.Nabijonov, Qishloq qurilish invest MChJ injiniring kompaniyasi Toshkent viloyat filiali bosh mutaxassisi J.Jumaniyozov, Qishloq qurilish invest MChJ injiniring kompaniyasi bolim boshligi O.Kamolovlar ishtirokida 60-sonli uy-joydagi mavjud kamchiliklar boyicha organish otkazildi hamda ushbu haqda dalolatnoma tuzilib, Farovon MFY muhri bilan tasdiqlandi.

Organish natijasida 60-sonli namunali uy-joy egasi Qobilov Shokir Anvarovich tomonidan tegishli hujjatlarga imzo chekkan holda qabul qilib olingan. (Ariza hujjati ilova qilinadi) Hozirgi kunda ushbu uy-joyda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Regulyar stroy pudrat korxonasi tomonidan qurilish montaj ishlari olib borilmoqda hamda 26 avgust kuniga qadar yakunlanishiga pudrat korxona rahbari kafolatlandi. Qurilish montaj ishlarini nazorat qilish hudud boyicha texnik nazoratchi zimmasiga yuklandi...

Qiziq holat, uyim bitmasdan turib, men qanaqasiga imzo chekib uyni qabul qilib olaman?.. Qurilish-montaj ishlari qachon olib borildi?

Shundan song Qishloq qurilish invest MChJ injiniring kompaniyasi Toshkent viloyat filiali direktori T.Turdiboyevga yana ariza yozdim: Uy-joyim bitmasdan turib, qanday qilib imzo qoyib, uyni qabul qilib olgan bolaman, degan savolni qoydim. Bu savolim javobsiz qoldi.

62-uy egasi Tolagan Sodiqovning sozlarini, aniqrogi dardini eshitish ogir boldi:

Yigirma yildan beri oqituvchilik qilaman, oylik maoshim 1 million 400 ming som. Bir million somini yashayotgan ijara uyimga tolayman, qolgani nimaga yetishi mumkin? Dostu-birodar, qarindosh-uruglardan yordam olib, 840 ming somlik kredit tolovini qilib kelayotgan edim. 3 nafar farzandimning kattasi kontrakt asosida universitetda oqiydi. Ijarada yashayotganimiz bois ushbu uyga ham bir million somdan koproq pul topishim kerak. Bundan tashqari, oilaning kundalik xarajatlari ham bor. Ahvolimni tasavvur qilib koring. Shu kabi muammolar va tashvishlar ogirlik qildimi, insult kasalligiga chalinib, chap qol va chap oyoqlarim harakatlanmay qoldi. Kasalxonadan chiqqach moddiy qiynalib ketganim uchun bitmagan bolsa ham iyul oyida bu uyga kochib keldim. Chunki hech bolmasa ijara pulini tejayman...

Fuqarolarning arzu dodini eshitgach, quruvchi firma rahbari bilan boglanishga urindik, ammo uning orniga qurilish ishlariga masul xodim biz turgan joyga yetib keldi.

Firmaga ishga kelganimga bir hafta boldi, yordamchi kuch sifatida ishga chaqirildim, deydi Regulyar stroy MChJ qurilish firmasining ushbu massivga masul ish boshqaruvchisi Toraxon Abdullayev. Mendan avval bu yerda Nazir Nabijonov degan xodim qurilish ishlarini boshqargan. Fikrimcha, u qurilish materiallari hamda ish taqsimotini togri yolga qoymagan. Shu boisdan uy-joylar haligacha, yani shartnoma muddatidan uch oy otib ketsa ham egalariga topshirilmagan. Kelganimga endi besh-olti kun boldi. Ishlar bilan tanishib chiqishim bilanoq, hozirda majburan, yani iqtisodiy ahvoli tang bolganligi bois kochib kelgan 3 oilaning uyini bitkazishni boshladim. Agar Regulyar stroy MChJ rahbari pul va qurilish materiallarini oz vaqtida yetkazib berib tursa, albatta buyogiga ishlarni tezlashtiramiz. Menga faqat qurilish ishlarini boshqarish buyurilgani sabab mamuriyat ishiga aralasha olmayman. Bu yerdagi chalkashliklarni korib, uylarni bitkazib, topshirish muddatini hozir aniq ayta olmayman.

Uning fikriga qoshilmay iloj yoq. 60-uy egasi fuqaro Sh.Qobilovga Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasining Toshkent viloyati davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasidan 2018 yil 19 iyulda kelgan javob xatini oqigan kishi bunga ishonch hosil qiladi.

... Ushbu arizada yozilgan masalaga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent viloyati davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi bosh mutaxassisi X.Zokirov, Qishloq qurilish invest injiniring kompaniyasi Toshkent viloyat filiali texnik nazoratchisi A.Adizov, pudrat tashkiloti Regulyar stroy MChJ ish yurituvchisi N.Nabijonov va Sizning ishtirokingizda 2018 yil 18 iyul kuni Kokterak massivida 2018 yil dasturiga kiritilgan namunaviy loyihalar asosida qurilgan 60-sonli uy-joyning holati organildi, arizada keltirilgan kamchiliklar oz tasdigini topdi va shu togrisida tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi...

Endi dalolatnomada qayd etilgan kamchiliklarni keltiramiz:

... bir va ikkinchi qavatdagi eshiklar ornatilmagan, pol suvoq qilinmagan, laminat toshalmagan, elektr simlari montaj qilingan bolib, korobka, rozetka, vklyuchatellar ornatilmagan, radiatorlar hamda plastik trubalar ornatilgan bolib, lekin ulanmagan, ichki pardozlash ishlari toliq yakunlanmagan, hammom, hojatxona va oshxonaga (dush paddoni, unitaz, moyka va rakovina) santexnika anjomlari ornatilmagan, oshxona va vannaxonada vityajka ishlari bajarilmagan, zinaga perila ornatilmagan, binoning tashqi karniziga plastik qoplamasi qoplanmagan, sokol qismi suvoq qilinmagan, binoning atrofiga otmoska ishlar bajarilmagan, tashqi qorgon devorlari ustiga tom va suvoq ishlari bajarilmagan, avtomobillar turar bostirmasi tunuka bilan qoplanmagan, tashqi kanalizatsiya oxiriga yetkazilmagan; tashqi fasad boyoqlari sifatsiz holga kelgan. Sovuq havoda boyoq ishlari bajarilganligi sababli kochish holati yuzaga kelgan...

Shu yerda odamni oylashga, fikrlashga undaydigan holatlar yuzaga keladi. Barcha masul tashkilotlar ushbu muammo borligini biladi. Qogozda kamchiliklarni bartaraf etish choralari haqida korsatma beradi. Ammo, amalda hech narsa ozgarmayapti. Nega?

Bu savol kishini yanada chuqur oylashga undaydi. Nega?..

Toshtemir XUDOYQULOV,

Noila MARUPOVA,

Ozbekiston ovozi muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: