O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
13.09.2018

SURXONDARYOLIK PARTIYADOSHLARIMIZ, DEPUTATLAR GAZETA OQIMAYDIMI?

Globallashuv jarayonida yashayapmiz. Bugungi tezkor va shiddatli zamonni ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Siyosiy partiyalar uchun esa, albatta, partiya matbuoti muhim ahamiyatga ega. Joylardagi partiya tashkilotlari ish tajribasi, deputatlarimiz faoliyati, takliflari, partiyamizning Oliy Majlisdagi fraksiyasi, OzXDP Markaziy Kengashi tadbirlari, qaror va tavsiyalari haqida asosan «Ozbekiston ovozi» va Golos Uzbekistana gazetalari orqali bilish mumkin. Buning uchun avvalo partiya nashrlariga obuna bolish kerak, albatta. Partiya faollari, a’zolari oz partiyalari nashrlariga obuna bolmasligi esa birinchidan, partiya faoliyatidan bexabarlikni, organish, izlanishga qiziqish sustligini, siyosiy bilim yetarli emasligini bildiradi.

Bu masalada Surxondaryodagi ahvol bilan tanishishga harakat qildik.

— Hozirgi kunda vohada 13 tuman, bir shahar Kengashi faoliyat korsatmoqda, deydi Ozbekiston XDP Surxondaryo viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi Mavjuda Hasanova. 37 ming nafardan ortiq azoni birlashtirgan 670 ga yaqin boshlangich partiya tashkiloti bor. Xalq deputatlari viloyat Kengashida Ozbekiston XDPdan saylangan 19, tuman va shahar Kengashlarida esa 126 nafar deputat ish olib bormoqda.

Obunani namunali tashkil qilish uchun otgan yili Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan maxsus dastur ishlab chiqilgan edi. Unda viloyat, tuman va shahar Kengashlari masullari Ozbekiston ovozi va Golos Uzbekistana gazetalariga ikki nusxadan, mahalliy Kengashlar deputatlari esa bir nusxadan yillik obuna bolishlari tavsiya qilingandi.

Xosh, natija qanday boldi? Togrisini aytganda, kozlangan maqsadga erisholmadik. Viloyat boyicha gazetalarimizga partiya tashkilotlarida 1400 nusxa Ozbekiston ovoziga 1000, 400 nusxa Golos Uzbekistanaga obuna rasmiylashtirilishi kozda tutilgan edi. Ozbekiston ovozi rejasi 50-55, Golos Uzbekistana esa 35-40 foizga uddalandi, xolos.

Togri, Denov, Jarqorgon, Qumqorgon tumanlari hamda Termiz shahrida bu boradagi korsatkichlar yaxshi. Ammo Sherobod, Sariosiyo, Muzrabot, Qiziriq tumanlarida Ozbekiston ovoziga 7-13 ta, Golos Uzbekistanaga esa bor-yogi 3-8 nusxadan obuna tashkil qilindi...

Mahalliy Kengashlardagi 145 nafar deputatimizning kopchiligi tashabbuskor va fidoyi insonlar hisoblanadi. Xalqning dardu tashvishi bilan yashayotgan safdoshlarimizdan faxrlanamiz, albatta. Lekin Sariosiyo, Sherobod, Muzrabot va Qiziriq tumanlaridagi aksariyat deputatlar yarim yilga obuna bolgani yoki ayrimlari obuna bolishni umuman unutib qoygani malum boldi.

Hududlardagi holatni organish maqsadida viloyat markazidan qariyb 200 kilometr olisda joylashgan Sariosiyo tumanida boldik. Ozbekiston XDP tuman kengashi partiyamiz nashrlariga ikki nusxadan obuna bolgan ekan.

Xalq deputatlari tuman Kengashida 8 deputatimiz faoliyat korsatmoqda, deydi Ozbekiston XDP Sariosiyo tuman kengashi raisi Rustam Ramazonov. Ularning barchasi Ozbekiston ovozini, 5 nafari esa Golos Uzbekistanani olayapti. Mavjud 41 boshlangich partiya tashkilotining aksariyatida obuna tashkil qilingan. Bir soz bilan aytganda, Ozbekiston ovoziga 31 nusxa, Golos Uzbekistanaga 7 nusxa obuna rasmiylashtirilgan.

Uning malumotlari kishini quvontiradi, albatta. Ammo Sariosiyo tuman Matbuot tarqatuvchi shuba korxonasi va Sariosiyo pochta aloqa tarmogidan olingan malumotda esa buning aksiga guvoh boldik. Hozirgi kunda tuman boyicha Ozbekiston ovoziga hammasi bolib 11 nusxa, Golos Uzbekistanaga esa 2 nusxa obuna borligi aniqlandi. Gazetalar tuman hokimligi, Maishiy xizmat korsatish kasb-hunar kolleji, Uzun davlat ormon xojaligi, Surxon telekom Sariosiyo tuman bolimi, harbiy qism, Muruvvat uyi va Ozbekiston XDP Sariosiyo tuman Kengashiga yetkazib berilayotgan ekan. Bu esa sariosiyolik deputatlar va faollarimizning kopi partiya nashrlarini oqimasligidan dalolat beradi. Deputat gazetaga obuna bolish orqali ozi azo bolgan partiya bugungi kunda qanday ishlar bilan bandligini, mamlakatda olib borilayotgan siyosat va islohotlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishadi. Boshqa deputatlarning namunali ishlaridan xabardor bolib, oz faoliyatiga baho berishni organadi.

Ozbekiston XDP Sherobod tuman Kengashida esa bu borada ahvol yanada achinarli. 2018 yil uchun tumanda barcha sohalar boyicha jami 13 nusxa obuna rasmiylashtirilgan, xolos.

Shu yilning iyun oyida ish boshladim, deydi Ozbekiston XDP Sherobod tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi Ikrom Boronov. Togrisini aytganda, muammolar toplanib qolgan ekan. Organishlar davomida tuman Kengashi sessiyalariga dolzarb masalalar kiritilmagani aniqlandi. Faol ayollar va Istiqbol yoshlar qanotlari faoliyati oz holiga tashlab qoyilganini tan olish kerak. Shu bilan bir qatorda obunaga ham panja ortidan qaralganini inkor qilib bolmaydi. Tumanda 31 boshlangich partiya tashkiloti, 2 ming 800 dan ortiq partiyadoshimiz bor. Tuman Kengashida 10 nafar deputatimiz faoliyat korsatmoqda. Obuna rejasi esa 10-21 foizga bajarilgani achinarli, albatta. Muammoga yechim topish uchun hozirdanoq ishga yangicha munosabat va ozgacha masuliyat bilan yondashayapmiz...

Togri, beparvo faollarimiz bor, deydi Ozbekiston XDP Jarqorgon tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi Alisher Mamatmurodov. Bir gap bolar, qabilida ish yuritayotgan masullaru loqayd deputatlar uchraydi. Endi kechagi kun bilan yashab bolmasligini his qilishimiz kerak. Buning uchun matbuot bizga yaqin komakchi bolishiga ishonaman. Bizda 14 nafar deputatning barchasi obuna bolgan. Tumanimizda jami obuna 150 nusxaga yaqin. Kelgusi yilda ularning soni 170 taga yetishi kozda tutilgan.

Yaqin-yaqingacha matbuotda tanqidiy-tahliliy chiqishlar juda kam bolgan, deydi xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi Bahodir Togayev. Yurtdoshlarimizni qiynayotgan masalalar deyarli kotarilmasdi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ozbek matbuoti haqiqiy manoda tortinchi hokimiyat maqomiga ega bolish uchun kurashmoqda. Bugun kamchiliklar roy-rost gapirilmoqda.

Ozbekiston ovozida Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlaridan qator tanqidiy-tahliliy maqolalar berildi. Partiyaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi chiqishlarda ham davr ruhini sezish mumkin. Bu quvonarli, albatta. Ammo biz tomoshabin bolmasdan bu jarayonlarda faol qatnashishimiz kerak.

Joylarda matbuot nashrlarini oquvchilarga yetkazib berish va sotuvini yolga qoyish borasida ham ogriqli nuqtalar borligidan koz yumib bolmaydi. Bu esa mushtariylarning kundalik matbuotga bolgan ishonchini yoqotmoqda, haqli etirozlarga sabab bolayapti.

Yetmish yoshdaman, deydi Denov tumanining Mehnatobod mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Abdusamad Boboyusupov. Ozbekiston ovozini kop yillardan buyon mutolaa qilaman. Otgan yili obuna bololmaganim uchun tuman markazida joylashgan gazeta-jurnal sotiladigan shoxobchaga qatnayman. Bazan sotuvchi Ozbekiston ovozi sotilib ketganini aytadi. Boshqasida esa partiya nashrlari yoq ekan. Nahotki olis hududlarda gazeta-jurnal savdosini namunali tashkil qilish imkoniyati bolmasa?!

Yutuq bor joyda kamchilik bolishi tabiiy, deydi Denov tuman Matbuot tarqatuvchi shuba korxonasi boshligi Normamat Jumayev. Ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda muammolarni bartaraf qilayapmiz. Haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari 40 nomdan ortiq 12 ming nusxaga yaqin gazeta-jurnal qabul qilamiz. Uning asosiy qismi obunachilarga yetkazilsa, qolgani sotuvga chiqariladi. 370 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladigan tumanda 5 dona matbuot shoxobchasi kamlik qilishi tabiiy. Shunday ekan, yana bir nechta kochma dokon faoliyati yolga qoyilsa yaxshi bolardi.

Matbuot hayot kozgusi, deydi Shorchi tuman tibbiyot birlashmasidagi OzXDP boshlangich partiya tashkiloti yetakchisi Chori Qoraqulov. Undan nafaqat mamlakatimiz, balki, dunyoda roy berayotgan voqea-hodisalardan ham xabardor bolamiz. Qisqasi, axborot asrida matbuotning orni va roli kundan-kunga oshmoqda.

Xosh, biz ommaviy axborot vositalaridan unumli foydalanayapmizmi?! Afsuski, yoq! Ayni kunlarda tumanda 2 mingdan ortiq korxona va tashkilot bor. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yonalishidagi majmualar yil sayin kopaymoqda. Ammo boshlangich partiya tashkilotlarimiz soni bor-yogi 41 tani tashkil qilar ekan. Bu esa faoliyatimiz tizimli va togri yolga qoyilmaganidan dalolat beradi.

Bu kabi fikrlarni kopchilikdan eshitdik. Darhaqiqat, matbuot qadrini bilgan biladi, undan samarali foydalanadi. Matbuot qanday kuchligini bilmagan kishi unga obuna bolish yoki sotib olib oqish haqida oylamaydi ham.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari, partiya faollari va azolarining partiya nashrlariga bunday munosabati kishini oyga toldiradi. Ehtimol, ular Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan partiya gazetalariga obuna bolishlari tavsiya etilganidan ham bexabar bolishsa kerak? Bunisi mayliya, partiyaga azoliklari eslaridan chiqqan bolmasinda...

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: