O'zb  
 
13.09.2018

BELARUS PREZIDENTI OZBEKISTONGA KELDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 12 sentabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Belarus Prezidenti Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bolgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qoydi.

Aleksandr Lukashenko ushbu muhtasham maydon Ozbekistonning tinchliksevar siyosatini, xalqimizning bunyodkorlik va farovonlik yolidagi ezgu intilishlarini aks ettiruvchi noyob majmua ekanini alohida ta’kidladi.

Shundan song oliy martabali mehmon Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qoyib, Buyuk Yolboshchimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 13 sentabrga moljallangan.

Avval xabar qilinganidek, Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenkoning Koksaroy qarorgohida bolib otadigan muzokaralarida Ozbekiston bilan Belarus ortasidagi ikki tomonlama hamkorlikka doir keng kolamli masalalarni muhokama qilish, siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy, investitsiya, fan va talim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ozaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbolga moljallangan asosiy yonalishlarini belgilab olish rejalashtirilgan.

Ozbekiston va Belarus Prezidentlari mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoshma bayonoti, Ozbekiston va Belarus ortasidagi kop qirrali dostona aloqalarga yangi surat bagishlashga qaratilgan salmoqli davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar va boshqa hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Tashrif dasturidan Toshkent qishloq xojaligi texnikasi zavodidagi «Amkodor-Agrotexmash» qoshma korxonasining ochilish marosimi, Belarusda ishlab chiqarilgan milliy korgazmasi, shuningdek, atoqli belarus adibi Yakub Kolas xotirasiga atab bunyod etilgan yodgorlikni ziyorat qilish va boshqa tadbirlar orin olgan.

OzA



DB query error.
Please try later.