O'zb  
 
11.09.2018

YUKSAK MUKOFOT KATTA MASULIYATDIR

Maqsuda VORISOVA, Oliy Majlis Senati a’zosi, «Sog‘lom avlod uchun» ordeni sohibi:

— Har yili eng aziz, eng ulug ayyom istiqlol bayrami arafasida turli soha vakillarini mukofotlar bilan taqdirlash yaxshi ananaga aylangan. Bu yil menga ham yuksak ishonch bildirildi. Mehnating yaqinlaring yoki hamkasblaring tomonidan etirof etilsa ham xursand bolasan, hayajonlanasan, kishi. Prezident Farmoniga kora, davlatning yuksak mukofotiga loyiq korilsang, buning quvonchi, masuliyati juda baland bolarkan. Togrisi, hayajonimni soz bilan ifodalab berolmayman. Oila azolarim, hamkasblarim, yaqinlarim ham men bilan baravar quvondi.

Bolaligimdan odamlarni davolashni orzu qilganman. Shu maqsadda oliy oquv yurtida talim oldim, bilimimni oshirdim. Hozir ozim sevgan sohada xalqimizga xizmat qilayotganimdan xursandman. Mendek oddiy bir shifokor uchun bunday yuksak mukofot bilan taqdirlanish juda katta sharaf, deb bilaman. Shuni alohida aytishim kerakki, mukofotni Prezidentimizdan qabul qilayotib qattiq hayajonlandim. Zimmamga ulkan masuliyat yuklanayotganini chuqur his etdim. Men shifokorman, ayni chogda Senat azosiman. Bugun deputat va senatorlarga qoyilayotgan talabni yaxshi bilaman. Prezidentimiz korsatmasi bilan biz, senator va deputatlar qishloqma-qishloq, uyma-uy yurib, odamlar hayoti bilan tanishyapmiz, muammolarni organyapmiz. Ayniqsa, partiyamiz elektorati bolgan insonlar va nogironlarni qiynayotgan masalalar oz emasligini korayapmiz. Sogliqni saqlash tizimida ham kamchiliklar bor. Biz bu muammolarni oz holiga tashlab qoymay, ularni bartaraf etish choralarini izlashimiz, oz takliflarimizni berishimiz kerak.

Oylaymanki, har bir inson oz ishidan, yashayotgan joyidan faxrlanishi, mamnun bolishi kerak. Aynan shu tuygular odamni yangiliklar qilishga, yaxshilikka undaydi, yangi marralar sari kuch beradi. Ayni paytda ozimda ana shunday shijoatni his qilyapman.



DB query error.
Please try later.