O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.09.2018

NOMIGA ISHLAYOTGAN SHIFOXONA KIMGA VA NIMAGA KERAK?

Gazetamizning joriy yil 12 iyul sonida yuqoridagi sarlavha ostida tanqidiy maqola chop etilgan edi. Unda Toshkent tumanida 206 mingga yaqin aholi istiqomat qilayotgani va shuncha aholiga «Zaxariq» MFY shifokorlar ko‘chasi, 1-uyda joylashgan birgina shifoxona xizmat korsatayotgani, shifoxonadagi shoshilinch tibbiy yordam, jonlantirish, davolash, nevrologiya, travmatologiya, bolalar bolimlarida sharoit talabga javob bermasligi, shuningdek, mebel jihozlari, tibbiy asbob-uskunalar yetishmasligi, uch qavatli tibbiyot maskanida lift umuman ishlamasligi masalasi kotarilgandi.

Ushbu tanqidiy maqolaga kelgan javob xatlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Toshkent viloyati Sogliqni saqlash boshqarmasining javobi:

Toshkent tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi... 1979 yilda qurib, foydalanishga topshirilgan. Tuman tibbiyot birlashmasini Zangiota tuman tibbiyot birlashmasidan ajratib olish maqsadida, tuman hokimligi va homiylar tomonidan qurilish materiallari olib berildi va tibbiyot xodimlari tomonidan tamirlab, 2018 yil 23 fevralda ishga tushirildi.

Tuman shifoxonasi orinlari soni Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 2 oktabrdagi Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi PK-700 sonli, Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 18 martdagi 48-sonli qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 21 apreldagi 95-sonli qaroriga asosan jami 300 orin belgilangan, ulardan 30 orni ShTTYoB, 60 orni ichki kasalliklar, 30 orni bolalar bolimi, 20 orin rejali jarrohlik bolimi, 110 orin tugruq bolimi, 50 orin ozini-ozi aralash moliyalashtirish bolimi tashkil etilgan.

Markaziy shifoxona tuman markazidan 9-10 km. masofada joylashgan bolib, bugungi kunda tuman markazida barcha qulayliklarga ega bolgan 205 oringa moljallangan tuman tibbiyot birlashmasi binosi qurilishi boshlangan. Mazkur qurilish 3 yilga moljallangan bolib, sobiq Zangiota tuman maishiy xizmat korsatish kolleji negizida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3507-sonli qaroriga asosan 2018 yil 3,5 milliard som mablag ajratilib, birinchi bosqichi qurilish ishlari olib borilmoqda.

Haqiqatan ham shifoxonaga yumshoq va qattiq jihozlar uchun ehtiyoj mavjud bolib, shu munosabat bilan mebel jihozlari sorab 2018 yil 8 yanvarda 12-sonli, 2018 yil 19 apreldagi 367-sonli, 2018 yil 30 apreldagi 402-sonli, 2018 yil 29 maydagi 507-sonli xatlar bilan tuman hokimligiga murojaat qilingan. VSSBsiga 2018 yil 17 yanvardagi 76\1 xat bilan Zangiota tuman tibbiyot birlashmasidan zarur mebel jihozlarni ajratib berish maqsadida 2018 yil 30 aprelda 402-sonli xat bilan murojaat qilingan.

Salomatlik-3 loyihasi doirasida tuman tibbiyot birlashmalari jihozlangan vaqtda Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi mavjud bolmaganligi sababli, Zangiota tuman tibbiyot birlashmasi jihozlangan. Tibbiy asbob-uskunalar yetishmasligidan VSSBsining Salomatlik-3 byurosiga 2018 yil 10 yanvardagi 25-sonli xat bilan murojaat qilingan.

Shifoxonada markazlashgan kislorod tashkil etilgan va bemor hamda tibbiyot xodimlariga ziyon yetkazmaydigan holatda bino tashqarisida joylashtirilgan, lekin kislorod otkazgichlari eskirganligi sababli barcha bolimlarga taqsimlanmagan.

Birlashma va uning bolimlari uchun tibbiyot birlashmasining dori-darmonlar uchun ajratilgan byudjet mablaglari hisobidan jami 10045,0 (on million 45 ming somlik) kop marotabalik hamda bir marotaba ishlatiladigan xirurgik anjomlar olib berilgan. VSSBning Salomatlik-3 loyihasi doirasida 2018 yil 20 fevralda zamonaviy laborator asbob-uskunalar 5658,658 (besh million 897 somlik), kop marotabalik biks va jarrohlik asboblari 1594,394 (bir million besh yuz toqson tort ming 393 som) berilgan, jami 13150,949 somlik (on uch million bir yuz ellik ming toqqiz yuz qirq toqqiz som) jihozlar olingan. 2018 yil 29 mayda tuman hokimligiga hamda VSSBga 504-sonli xatlar bilan murojaat qilingan.

Haqiqatan ham shifoxonadagi rentgen apparatining ishlatilayotganiga 39 yil bolgan, lekin apparat ishchi holatida, bemorlarga xizmat qilib kelmoqda.

Boshqarma boshligi, t.f.d T.S.Arziqulov

* * *

Toshkent viloyati, Toshkent tuman prokuraturasi javobi:

Aniqlanishicha, tuman shifoxonasi 1979 yilda qurilgan bolib, 136 oringa moljallangan, jami 156 tibbiyot xodimi faoliyat yuritib, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taminlash tizimini takomillashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi 2017 yil 17 iyuldagi PQ-3137-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek, davlat tibbiyot tashkilotlariga va aholiga ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini uzluksiz yetkazib berish haqidagi va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tibbiyot tashkilotlarini va respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taminlashga doir dolzarb chora-tadbirlar togrisidagi 2017 yil 13 sentabrdagi 717-son qarori ijrosi, Ozbekiston Respublikasining Fuqarolar sogligini saqlash togrisidagi Qonuni va Sanitariya qoidalari va meyorlari 0342-17 ijrosiga toliq rioya etmayotganligi korildi.

Maqolada korsatib otilgan tibbiyot muassasasida bemorlar uchun mebel jihozlari va tibbiyot asbob uskunalari yetishmasligi, bemorlar yuqorigi qavatlarga kotarilishi uchun lift ishlamayotganligi aniqlandi.

Shifoxona 3 qavatli... binoda joylashgan bolib, bino tashqi fasad qismlari, shifoxona atrofi toliq oralib, devorining bazi joylaridagi gishtlari olingan, tamirtalab holatda, hududi qisman obodonlashtirilgan, daraxtlarga toliq shakl berilmagan, begona otlardan tozalanmaganligi, tashqi hojatxona tamirtalab holatda, eshiklari nosoz holatdaligi korildi.

Suv taminoti markazlashgan, lekin togridan-togri shifoxona bolimlariga uzatilmay, shifoxona hududiga sigimdan quvurlar orqali tarqatilishi, chiqindilarni yigish uchun maxsus joy ajratilgan, sement gisht (shlakoblok) bilan oralgan, chiqindi yigish uchun maxsus konteynerlar ajratilmaganligi, Klinik — tashkilot laboratoriyasida umumiy havo tortuvchi shkaf ishlamasligi, vetoshlar uchun dez.moddaning oxirgi sanasi 03.05.2018 yil, shuningdek, dez.eritmaning foizi korsatilmagan.

Shifoxonaning reanimatsiya bolimida bemorlar uchun zarur bolgan kislorod yetkazib berish uskunasi yoqligi, shu bilan birga jarrohlik operatsiyalari otkazilishida ham zarur insturmentlar yetishmasligi, jonlantirish bolimida bemorlar uchun moljallangan 16 funksional krovatlardan 6 tasi mavjud. Operatsiya uchun zarur instrumentlar yetishmasligi natijasida bemorlar muolajani kutib qolishiga sabab bolmoqda. Shu kabi opkaga suniy nafas beruvchi IVD apparati 2 dona bolib, aslida 4 dona bolishi lozim. Ogir bemorlarni davolash uchun mutaxassislar (anestiziolog va reanimatolog) yetishmasligi aniqlandi. Shu bilan birga bemorlar dori vositalari bilan toliq taminlanmagan.

Bu holatlarning oldini olish uchun tuman shifoxonasi bosh shifokori tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi rahbari va Sogliqni saqlash vazirligiga ham murojaat etilgan.

Tuman shifoxonasi bosh shifokori B.Shoraxmedov 2018 yil 25 iyuldan lavozimidan ozod etilgan. Ushbu holatlarni bartaraf etish haqida tuman tibbiyot birlashmasi rahbari nomiga taqdimnoma yuborildi.

Toshkent tuman prokurori, adliya kichik maslahatchisi E.Q.Sanoqulov.

TAHRIRIYATDAN:

Shifoxonaning reanimatsiya bolimida kislorod yetkazib berish uskunasi yoq. Jarrohlik operatsiyalari uchun zarur bolgan instrumentlar yetishmaydi. Jonlantirish bolimida bolishi talab etilgan 16 funksional krovatdan 6 tasi mavjud. Opkaga suniy nafas beruvchi IVD apparati 2 dona, aslida 4 dona bolishi kerak...

Ikki javobda masalaga yondashuvlarda farqlanish korinib turibdi. Birida muammolarga yumshoqroq, ikkinchisida chuqurroq munosabat sezilib turibdi.

Toshkent viloyati hokimligi Sogliqni saqlash boshqarmasining javobida shunday deyiladi: Birlashma va uning bolimlari uchun tibbiyot birlashmasining dori-darmonlar uchun ajratilgan byudjet mablaglari hisobidan jami 10045,0 (on million 45 ming somlik) kop marotalik hamda bir marotaba ishlatiladigan xirurgik anjomlar olib berilgan. VSSBning Salomatlik-3 loyihasi doirasida 2018 yil 20 fevralda zamonaviy laborator asbob-uskunalar 5658,658 (besh million 897 somlik), kop marotabalik biks va jarrohlik asboblari 1594,394 (bir million besh yuz toqson tort ming 393 som) berilgan, jami 13150,949 somlik (on uch million bir yuz ellik ming toqqiz yuz qirq toqqiz som) jihozlar olingan.

Kishini biroz oylatadigan yoki chalgitadigan holat yuzaga kelyapti. Chunki maqola joriy yil 12 iyul sanasida chop etilgan, boshqarma javob xatida 2018 yilning fevral oyida ajratilgan mablaglar sanab otilgan. Agar bu mablag haqiqatan kelib tushganda yoki yetarli bolganda, shifoxona xodimlari kuyinib tibbiyot jihozlari va asbob uskunalar, dori-darmonlar yetishmasligi togrisida gapirmagan bolar edi-ku.

Endi tuman prokuraturasi javobiga etibor qarataylik: Shifoxonaning reanimatsiya bolimida bemorlar uchun zarur bolgan kislorod yetkazib berish uskunasi yoqligi, shu bilan birga jarrohlik operatsiyalari otkazilishida ham zarur instrumentlar yetishmasligi, jonlantirish bolimida bemorlar uchun moljallangan 16 funksional krovatdan 6 tasi mavjud. Operatsiya uchun zarur instrumentlar yetishmasligi natijasida bemorlar muolajani kutib qolishiga sabab bolmoqda. Shu kabi opkaga suniy nafas beruvchi IVD apparati 2 dona bolib, aslida 4 dona bolishi lozim. Ogir bemorlarni davolash uchun mutaxassislar (anestiziolog va reanimatolog) yetishmasligi aniqlandi. Shu bilan birga bemorlar dori vositalari bilan toliq taminlanmagan...

Viloyat sogliqni saqlash boshqarmasi kamchiliklarga murosasozlik qilayotganga oxshaydi. Aslida achchiq bolsa-da, muammolar ochiq tan olinib, ularni bartaraf etish choralari togrisida fikr yuritilishi lozim edi. Biz ushbu tumandagi fuqarolarning tashvishlarini organib, ularning manfaatini kozlab, maqola tayyorlagan edik. Muammo borligini inkor etib bolmaydi. Lekin qachon muammo oz yechimini topadi? Mutasaddilar bemorlarga achinsa, ozlarini ularning orniga qoyib korishsa, tezroq harakat qilishadi, deb oylaymiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: