O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
11.09.2018

XUSUSIY AGENTLIKLAR BANDLIK MASALASIDA FUQAROLARGA YAQINDAN YORDAM BERADI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yigilishida «Xususiy bandlik agentliklari togrisidagi» qonun loyihasi muhokama qilindi.

Ushbu loyiha birinchi oqishda Rekruting faoliyati togrisidagi qonun sifatida kiritilgan edi. Qizgin muhokamalar va xalqaro tajribani organishlar natijasida uning nomi ozgartirildi. Chunki rekruting cheklangan turdagi faoliyat bolib, ish bilan ta’minlash sohasidagi barcha xizmatlar kolamini qamrab olmagan.

Bunyod ESHONQULOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

— Mazkur loyihada aholini ish bilan taminlashning kolamini hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish nazarda tutilgan. Xalqaro mehnat tashkilotining Xususiy bandlik agentliklari togrisidagi Konvensiyasi nomiga muvofiq ravishda ozgartirilmoqda. Shundan kelib chiqib, loyihaga ayrim ozgartirishlar kiritilgan. Xususiy bandlik agentliklari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin. Agentlik davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tuzilishi mumkin emas.

Loyihani organish jarayonida ayrim bir-birini inkor etuvchi moddalarni uchratdim. Masalan, 9-moddada keltirilgan meyor oz-ozidan 4-moddaga zid ravishda tuzilgan. Balkim rus tilidan tarjima qilishda xatolikka yol qoyilgan bolishi mumkin. Muhimi, loyihada fuqarolarning xavfsizlik masalasiga kengroq joy berilishi kerak, deb oylayman. Yani hamyurtlarimizni xorijda ish bilan taminlashda ularning xavfsizligi, sogligi va huquqlari qonuniy himoyalangan bolishi lozim. Xususiy bandlik agentliklari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik, kamsitishga yol qoymaslik asosiy tamoyil bolishi zarur. Agentliklarning tashkil etilishining oziyoq qoshimcha ish orinlarini yaratishi, taklif etilayotgan variantning mazmunan boyitilgani uchun fraksiyamiz azolari uni qollab-quvvatlaydi.

Fraksiya azolari Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoshimchalar kiritish togrisidagi qonuni loyihasi boyicha ham oz fikr-mulohazalarini bildirishdi. Unga kora, telekommunikatsiya tarmogiga undan foydalanish va xalqaro trafikni ornatilgan himoya tizimlarini aylanib otgan holda otkazish maqsadida qonunga xilof ravishda, ruxsatsiz ulanishi qonunan taqiqlanmoqda va javobgarlik belgilangan.

Sattor RAHMATOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Aytish kerakki, zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi, ularning qurilmalari va xizmatlari narxlarining pasayishi natijasida xalqaro aloqani tashkil etishning uslublari ozgardi. Malumotlar uzatish va mobil aloqa tarmoqlari jadal rivojlandi. Bu esa xalqaro tovushli trafikni qonunga xilof ravishda, Ozbektelekom AK xalqaro kommutatsiya markazlarini chetlab otkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishning uslublarini yuzaga keltirdi. Demak, faoliyatning bu kabi qonunga zid ravishda yolga qoyilishini taqiqlash ehtiyoji paydo boldi. Shu jihatdan olib qaralganda taklif etilayotgan qonun loyihasi bugungi kun uchun kerak. Ammo unga kiritilayotgan meyorlarni puxta va ozimizga mos ravishda ishlab chiqish zarur.

Masalan, xalqaro trafikni ornatilgan himoya tizimlarini aylanib otgan holda maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini saqlash, faoliyat korsatishga sharoitlar yaratib berish uchun javobgarlik belgilanmoqda. Yoki telekommunikatsiya tarmogiga qonunga xilof ravishda, ruxsatsiz ulanishda jinoyat alomatlari bolmagan taqdirda mamuriy javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda. Bu joyda ham vakolatli organlarning nomlari keltirilishi lozim, nazarimda.

Axborot xavfsizligini taminlash maqsadida nazorat ornatish va javobgarlikni belgilash masalalariga yanada oydinlik kiritilishi kerak. Qonun kuchga kirgach, togridan-togri ishlashi, korrupsiyaning oldini olish, jazo turini togri belgilash va boshqa qator masalalarga oydinlik kiritish uchun loyihani yanada takomillashtirish zarur, deb oylayman.

Fraksiya yigilishida yana boshqa qonun loyihalari ham korib chiqildi. Loyihalarda havolaki meyorlardan qochish, Norma ijodkorligi togrisidagi Prezident farmoniga kora, aqlli tartibga solish modeli elementlarini qollash masalalariga etibor qaratildi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.