O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
11.09.2018

MAQOM OHANGLARI, RUHI VA FALSAFASI QALBLARDAN JOY OLDI

Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san’ati anjumani yakunlandi

Qariyb bir hafta davomida Shahrisabz jahonning turli davlatlaridan kelgan eng sara maqom ijrochilari bahsiga mezbonlik qildi. Bir hafta davomida moviy gumbazlar ostida orombaxsh navolar yangradi. Ulardagi joziba, ohang, ilohiy kuch-qudrat musiqaga oshufta qalblarni zabt etdi. Dunyoning mashhur xonanda va sozandalari, madaniyat va sanat arboblari, musiqashunos olimlar nigohi Shahrisabzda bo‘ldi.

Mazkur xalqaro sanat bayramining asosiy goyasi insoniyat madaniy merosining ajralmas qismi bolgan maqom sanatini rivojlantirish, uning qadimiy tarixi, teran falsafasi, betakror ijro uslubi va boy ijodiy ananalarini kelajak avlodga yetkazish va davomiyligini taminlashdan iboratdir.

Anjumanga tayyorgarlik doirasida muazzam Oqsaroy atrofidagi maydonda ulkan amfiteatr barpo etildi. Uning atrofida yurtimiz viloyatlarining oziga xos urf-odat va ananalari, turmush tarzini aks ettiruvchi etnografik shaharchalarda ishtirokchilar va sayyohlar uchun dasturlar havola etildi. Maqom sanatiga oid turli korgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandlik buyumlari, tasviriy va amaliy sanat namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar namoyishi va sotuvi yolga qoyildi.

Anjuman kunlari shahardagi 6 mehmonxona va qator mehmon uylari xorijlik ishtirokchilarga xizmat korsatdi. Chet ellik mehmonlarni kutib olish, anjuman davomida ularga hamrohlik qilish uchun oliy talim muassasalaridan gid-volontyorlar saralab olindi.

Xalqaro maqom sanati anjumani doirasida 7 sentabrdan boshlab Toshkent — Shahrisabz Toshkent yonalishi boyicha «Afrosiyob» zamonaviy elektropoyezdining muntazam qatnovi yolga qoyildi.

Nufuzli anjumanda jami 73 davlatdan 300 ga yaqin yakkaxon ijrochi va musiqiy jamoalar, uning doirasida otgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 19 davlatdan 30 nafar musiqashunos olim ishtirok etdi.

Ushbu festivalning har bir kuni qiziqarli va oziga xos boldi. Meni ozbek xalqining boy madaniyati, anana va urf-odatlarini yuksak qadrlashi, asrab-avaylashi, ayniqsa, hayratlantirdi, deydi tunislik musiqashunos olim, Tunis oliy musiqa instituti asoschisi Mahmud Guyettat. Shunday buyuk va betakror madaniyat ozbek xalqining qoniga singib ketgani maqom sanati anjumanida yurtingizning barcha hududlari ananalari namoyishida yanada yorqin aks etdi. Bir xalq, bir madaniyat bolishiga qaramasdan, bu yerdagi rang-baranglik aqlni shoshiradi. Prezident Shavkat Mirziyoyev sanat anjumani ochilishidagi nutqida qayd etganidek, ushbu anjumanning maqsadi bu noyob boylikni koz qorachigidek asrab-avaylash, undan dunyo ahlini bahramand qilish, kelgusi nasllarga bezavol yetkazish, turli qita va mamlakatlar vakillarini bu gozal maskanda mujassam etishdan iborat ekani meni goyat xursand qildi.

Maqom faqatgina qalblarni rom etuvchi musiqiy janr emas, butun bir falsafadir, deydi eronlik Farida Rizoiy. Maqom navolari bilan birga men anjumanning rejissyorlik ishidan ham zavqlandim. Bularning barchasi eng yuksak saviyada tashkil etilgan. Sahna uzra Amir Temur haykali va uning ortidan mahobatli Oqsaroy namoyon bolgani ming yillik tarixni bugungi zamon bilan hayratlanarli darajada uygunlashtirgan. Mazkur anjumanda men ozim uchun ozbek xalqining nozik qalbini yangidan angladim va topdim, deb ishonch bilan ayta olaman.

Sanat bayramining ochilishida YuNESKO, Osiyo xalqaro folklor ijodiyoti tashkiloti, Rossiya, Qirgiziston Prezidentlarining maslahatchilari, Tojikiston, Qozogiston, Ozarbayjon, Turkiya madaniyat vazirlari kabi martabali mehmonlar hamda mamlakatimizdagi xorijiy diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Jahon xalqlarining tarixiy, moddiy-madaniy merosini organish va targib etishda bunday anjumanlarning orni beqiyos, deydi YuNESKO departamenti boshligi Joti Xosagraxar Visvervaraya. Bizning tashkilotimiz festivallar timsolida eng sara madaniyat namunalarini hisobga olib boradi. "Shashmaqom" ana shunday eng qadimiy va motabar sanat durdonalaridandir. Ikki ming yillik tarixga ega "Shashmaqom" nafaqat Ozbekistonda, balki koplab mamlakatlarda keng tarqalgan. Shuning uchun ushbu Xalqaro maqom festivali uning tarixiy madaniyatni tiklashdagi ahamiyatini yanada yuksaltirdi.

Ushbu festival nafaqat Ozbekiston, balki butun Sharq xalqlarining madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega. Binobarin, u xalqlarning madaniy yaqinligini mustahkamlashga xizmat qildi, deydi ozarbayjonlik musiqa mutaxassisi Faxraddin Baxshaliyev. Shu tufayli biz ham ozimizning mugom sanatini dunyoga tanishtirish va korsatish imkoniyatiga ega boldik.

10 sentabr kuni dunyo sanat ahlining bosh sahnasiga aylangan Oqsaroy maydonidagi amfiteatrda Xalqaro maqom sanati anjumani golib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bolib otdi.

Dastlab, faol ijrochilar qator nominatsiyalar boyicha taqdirlandi.

Xalqaro hakamlar hayati ishtirokchilarning chiqishlarini uchta Eng yaxshi maqom ansambli, Eng yaxshi yakkaxon cholgu ijrochisi va Eng yaxshi yakkaxon xonanda nominatsiyasi boyicha baholadi.

Tunisning Al Gharbi Twins, Yaponiyaning SPCP Japan jamoalari va Turkmaniston vakili Suxonberdi Orazberdiyev uchinchi oringa loyiq, deb topildi. Eronning Nastar ansambli va hindistonlik Ustad Iqbol Ahmat Xon ikkinchi oringa munosib korildi.

Ozarbayjonning Hayrati jamoasi solisti Nigor Shabanova va Ozbekistonning Saqil ansambli birinchi oringa sazovor boldi.

Nihoyat, hayajonli lahzalar. Hakamlar hayati xulosasiga kora, Xalqaro maqom sanati anjumanining bosh sovrini Gran-pri Tojikiston maqom akademiyasiga berilgani elon qilindi.

Golib va sovrindorlarga pul mukofotlari, shuningdek, anjumanning maxsus diplomi va esdalik sovgalari taqdim etildi. Bundan tashqari, anjumanda ishtirok etgan barcha xorijiy mehmonlarga suvenir va maxsus sertifikatlar topshirildi.

Marosimda yurtimiz sanat ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi hamda 3D proyeksiya-musiqali yoritish tomoshasi namoyish etildi.

Olmas BAROTOV,

OzA muxbiri



DB query error.
Please try later.