O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.09.2018

CHIN DEVORIDAN BOLQONLARGA QADAR UZANGAN TURK DUNYOSI

Jo‘liboy ELTAZAROV, Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani, professor:

— Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirgizistonning Cholponota shahrida bolib otgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining oltinchi sammitidagi nutqi jahon OAV tomonidan qizgin sharhlanmoqda

Prezidentimiz sammitdagi nutqida Ozbekistonning qadimiy Xiva shahrini 2020 yilda Turkiy dunyoning madaniy poytaxti, deb e’lon qilish masalasini korib chiqishni taklif etdi. Haqiqatan ham, dunyodagi yagona muzey-shahar maqomidagi va orta asrlardagi turkiy sivilizatsiyaning noyob madaniy va memoriy obidasi bolgan Ozbekiston injusi Xiva shahri bunday yuksak etirofga loyiqdir.

Turkiya Respublikasining sobiq Bosh vaziri marhum Turgut Ozolning 1990-yillar boshida mashhur bolgan tabiri bilan aytganda, «Chin devoridan Bolqonlarga qadar uzangan turk dunyosi»... haqiqatan ham uch qitaga yoyilgan Bering bogozidan Orta Yer dengiziga qadar yoyilgan muazzam geografiyada yashovchi 250 milliondan ortiq turkiy tillarda sozlashuvchi aholini va 6 mustaqil turkiy davlatlar Ozbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogiston, Qirgiziston, Turkmaniston hamda Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Moldaviya kabi davlatlardagi muxtor jumhuriyatlar va viloyatlarni ozida mujassam etgan turk dunyosining jahon hamjamiyatidagi orni va etibori kundan-kunga oshib bormoqda.

Turkiy tilda sozlashuvchi mamlakatlarning davlat boshliqlari 1990-yillarning boshidayoq tili, dili, madaniyati va diniy etiqodlari umumiy bolgan qardosh xalqlarning teng huquqli hamjamiyati tamal toshini qoygan edilar.

2009 yilda Ozarbayjon Respublikasining Naxichevan shahrida Turkiya, Ozarbayjon, Qozogiston va Qirgiziston Respublikasi davlat rahbarlari bu dostlik va hamkorlikni yangi bosqichga kotarish maqsadida mazkur xalqaro tashkilot Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish xususida kelishib oldilar. Bu xalqaro tashkilotning maqsadi azo mamlakatlar ortasida azaliy qardoshlikni mustahkamlash barobarida dunyo va mintaqaviy muammolar boyicha siyosiy maslahatlashuvlarni kuchaytirish, iqtisodiy va texnikaviy hamkorlikni, ilm-fan, sanat va madaniyat sohasida hamda Turkiy dunyoning moddiy va manaviy madaniyatini asrash va yanada rivojlantirish borasida hamkorlikni yuqori saviyaga kotarishdir. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun xalqaro tashkilot qoshida Davlat rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Oqsoqollar kengashi, kotibiyat kabi ijro organlari tuzilgan edi hamda tashkilot kotibiyatining Istanbul shahrida faoliyat korsatishi belgilangandi.

Otgan davr mobaynida kengash yigilishlari 2010 yilda Istanbulda, 2011 yilda Olmatada, 2012 yilda Bishkekda, 2013 yilda Ozarbayjonning Gebele shahrida, 2013 yilda Turkiyaning Bodrum shahrida, 2015 yilda Ostonada tashkil etilgandi. Bu yigilishlarda Turkiy dunyoning integratsiyasi va hamjihat taraqqiyoti bilan bogliq bolgan koplab masalalar muhokama qilingandi. 2012 yilgi Bishkek uchrashuvida talim, ilm-fan va madaniyat sohasidagi hamkorlik, 2013 yilgi Gebele shahridagi uchrashuvda aloqa va kommunikatsiyalar, 2014 yilgi Bodrumdagi sammitda turizmni rivojlantirish, 2015 yildagi Ostona uchrashuvida ommaviy axborot vositalari va axborotlashtirish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan va muhim hayotiy qarorlar chiqarilgan edi.

2018 yil 3 sentabr kuni Qirgizistonning Cholponota shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining oltinchi sammiti bolib otdi. Unda ushbu tuzilmaga azo mamlakatlar – Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogon, Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirok etdi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Respublikasi Bosh vaziri Viktor Orban anjumanda faxriy mehmon sifatida qatnashdi.

...Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi chogida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Istanbuldagi ofisida yaqin orada Ozbekiston Respublikasi bayrogi ham hilpirashini, mamlakatimizni kengashga azo bolib kirishi mujdasini bergandi va bu xabar turk dunyosida katta mamnuniyat bilan qabul qilingan edi. Kengashning Cholponota shahridagi oltinchi sammitida Prezidentimiz takidlaganidek: Turkiy kengash doirasida ozaro samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz. Hozirgi bosqichda uning faoliyatida mamlakatimiz uchun amaliy jihatdan qiziqish uygotadigan yonalishlar boyicha ishtirok etishga tayyormiz...

Davlatimiz rahbarining ishtirokchi davlatlar vakillari va xalqaro ommaviy axborot vositalari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan Turkiy kengash yigilishidagi dasturiy nutqida turkiy xalqlarni oxshash til, mushtarak manaviy qadriyatlar va hamkorlik rishtalari bir-biriga boglab kelayotgani, bugungi kunda kengashning siyosiy kun tartibida hech bir muammo yoki kelishmovchilik mavjud emasligi qayd etib otildi. Davlatimiz rahbari alohida etirof etganidek: mamlakatlarimiz dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarda ozaro mos yoki yaqin qarash va yondashuvlarga amal qilib kelmoqda. Ayni vaqtda xalqlarimizning hayotiy manfaatlariga tola javob beradigan iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport va kommunikatsiya, turizm, ilm-fan va talim kabi sohalarda ozaro hamkorlik faol rivojlanmoqda... Prezidentimiz Ozbekistonning Turkiy kengashga azo davlatlar bilan ozaro savdo hajmi oxirgi bir yilda 40 foizdan ziyodga oshganini malum qildi.

Ozbekiston Prezidenti bu korsatkichlardan ancha yuqori marralarga erishish mumkinligini takidlab, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi aloqalarni rivojlantirishga doir muhim yonalishlarga toxtalib otdi. Avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, yetakchi sanoat korxonalari, bank-moliya institutlari va tadbirkorlik tuzilmalari ortasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish zarurligini takidladi. Transport yonalishlarining integratsiyalashgan tarmogini yaratish, dunyo va mintaqadagi asosiy bozorlarga chiqish masalasiga etibor qaratdi. Mamlakatlarni innovatsion asosda rivojlantirish, bu sohaga masul bolgan idoralar, ilmiy-tadqiqot markazlari va venchur kompaniyalar ortasida hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligi takidlandi.

Qadimiy Buyuk Ipak yolining muhim nuqtalarida joylashgan turkiy tilli mamlakatlardagi boy madaniy meros turizmni rivojlantirish boyicha ulkan imkoniyat ekanligi, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishi Prezidentimiz tomonidan alohida qayd etildi.

Shuningdek, tinchlik va xavfsizlikni taminlash, yosh avlodni ilm-marifat asosida tarbiyalash masalasiga ham alohida etibor qaratildi. Prezidentimiz Ozbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga azo mamlakatlar, avvalo, qoshni davlatlar bilan aloqalarni izchil rivojlantirayotgani, ushbu xalqaro tuzilmaning kelajagiga katta umid va ishonch bilan qarashini takidladi.

Prezidentimiz sammitdagi nutqida Ozbekistonning qadimiy Xiva shahrini 2020 yilda Turkiy dunyoning madaniy poytaxti, deb elon qilish masalasini korib chiqishni taklif etdi. Haqiqatan ham, dunyodagi yagona muzey-shahar maqomidagi va orta asrlardagi turkiy sivilizatsiyaning noyob madaniy va memoriy obidasi bolgan Ozbekiston injusi Xiva shahri bunday yuksak etirofga loyiqdir.

Qirgizistonning Cholponota shahridagi tarixiy sammitdan keyingi kunlarda dunyo va mintaqa matbuoti va tahlilchilar bu uchrashuvda Ozbekiston rahbarining ishtirokini mintaqa hamda dunyodagi barqarorlik va hamkorlikka qoshilgan katta hissa sifatida sharhlamoqda.

Turkiyaning Hurriyet, Milliyet gazetalari, Rossiyaning Sputnik, Ozarbayjonning Day.az nashrlarida Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy tilli davlatlar hamkorligi sammitida sozlagan nutqiga bagishlangan bir qator tahliliy maqolalar elon qilindi.

Xulosa ornida aytish kerakki, Ozbekistonimizning qardosh xalqlar bilan azaliy dostlik aloqalarini yanada yuqori pogonaga kotarish strategiyasi mintaqa va jahonda tinchlik, barqarorlik va hamkorlikni taminlash yolida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Prezidentimizning siyosiy irodasi, ochiq va amaliy tashqi siyosati natijasida Ozbekistonning qardosh, qoshni davlatlar va uzoq-yaqindagi dunyo mamlakatlari bilan dostona aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganini tasdiqlaydi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: