O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.11.2012

SAYLOV HUQUQI VA QONUNCHILIK

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASINING DEMOKRATIK INSTITUTLAR, NODAVLAT TASHKILOTLAR VA FUQAROLARNING OZINI OZI BOSHQARISH ORGANLARI QOMITASI TOMONIDAN MAMLAKATIMIZDA SAYLOV HUQUQI ERKINLIGI VA BU BORADAGI QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARIGA OID BRIFING TASHKIL ETILDI. UNDA DEPUTATLAR VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARI ISHTIROK ETDI.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan «Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisida»gi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari qomitasi raisi A.Saidov mamlakatimizda demokratik saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirish sohasida samarali huquqiy-amaliy mexanizmlar yaratilganini takidladi. Yangi qonun loyihasi bu boradagi ishlarning mantiqiy davomidir.

Ushbu qonun loyihasi deputatlar, olimlar, mutaxassislar va keng jamoatchilik, milliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida qizgin muhokama qilinmoqda. Bu tadbirlarda uch yuzga yaqin amaliy takliflar bildirildi. Shuningdek, qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Markaziy saylov komissiyasining veb-saytlariga joylashtirildi. Hozirgacha tort ming nafarga yaqin yurtdoshlarimiz mazkur loyiha bilan tanishib, oz fikr-mulohazalarini bildirdi. Bularning barchasi qonun loyihasini takomillashtirishda muhim omil bolmoqda.

Brifingda saylov huquqi erkinligini taminlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, yangi qonun loyihasini takomillashtirish boyicha jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

B.XIDIROVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: