O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
04.09.2018

YETAKCHI DOIMO OZ SOZINI AYTA OLISHI KERAK

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi partiya xodimlarida yetakchilik xislatlarini rivojlantirish masalalariga bagishlangan seminar otkazdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Toshkent viloyati va shahar partiya kengashi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Partiya tashkilotlari, ayniqsa, tuman, viloyat kengashlari yetakchilarining boshqaruv qobiliyati yuqori bolishi lozim, dedi OzXDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Nilufar YOLDOSHEVA. Ular oz ornida bahsga kirishishi, tashabbus korsatishi zarur. Saylovda yutib chiqish jarayoni ham yetakchini baholashning asosiy mezoni sanaladi. Bularsiz partiya yetakchilarining haqiqiy salohiyatini aniqlab berish mumkin emas, deb oylayman. Quyidan nomzodi korsatilgan yetakchida tashabbuskorlik, faollik xislatlari yuqori boladi. Negaki, bunday yetakchi aholi orasidagi muammolarni yaxshi anglaydi. Shu bilan birga, masalaning eng maqbul yechimini ham korsata oladi. Salohiyatli yetakchilari bor partiya elektorati manfaatlarini samarali himoyalaydi. Kopchilikning ishonchini qozonadi. Shu orinda alohida takidlash lozimki, har bir yetakchining oz aytar sozi bolishi kerak. Shundagina u boshqalarni qiziqtira oladi, oziga ergashtiradi.

Yetakchilik shunchaki obro yoki martaba emas, dedi siyosiy fanlar doktori, professor Muqimjon Qirgizboyev. Yetakchi keng omma yoxud butun millatning manfaatlari uchun sidqidildan kurasha oladigan shaxsdir. Yetakchida daxldorlik hissi ustunlik qilganda, tuman partiya kengashiga tasir eta oladi. Shundagina tuman, shahar, viloyat partiya kengashlari oz faoliyatiga masuliyat bilan yondashadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, boshlangich tashkilot, yani yetakchi ishlamasa, jon koyitmasa, tizim ishlamaydi. Partiya shaklan yashaydi, xolos.

Yana bir muhim jihatni yoddan chiqarmaslik lozim. Yetakchilikning ham oz chegarasi, hududi mavjud. Psixologiya fani guruhdagi, menejment fani korxona-tashkilotdagi, siyosatshunoslik fani esa jamiyatdagi yetakchilik holatlarini organadi. Ular bir-birini takrorlamaydi.

Siyosiy yetakchi tushunchasi ilk bor Aristotel tomonidan qollangan. Alloma haqiqiy politikos hammadan ham koproq ezgulik haqida qaygurishga intilayotgandek tuyuladi, chunki u fuqarolarni himmatli va manaviyatli, qonunga itoat etadigan bolishini xohlaydi, deb oz fikrini bayon etgan. Demak, siyosat bilan shugullanadigan odam xalqning tashvishlari bilan yashashi kerak. Lekin kop hollarda biz togri yoldan bormaymiz. Yetakchi bolish tirikchilik qilish, lavozimni egallash, kimlargadir topshiriq berish, deb oylaymiz. Bunday insonlar yetakchi sifatida ozini namoyon etolmaydi. Kopchilikning manfaatlari uchun kurashgan, shunga mos faoliyat olib borgan shaxsgina maqsadiga yetadi.

Amir Temur yetakchida kuchli xotira bolishi lozimligini takidlagan. U oz qoshinidagi on ming sarkarda va askarlarning ismini yoddan bilgan. Temur tuzuklarida keltirilishicha, ishbilarmon, shijoat sohibi, azmi qatiyatli, tadbirkor, hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshiroq ekanligini aytgan. Tajribali bir kishi ming kishini boshqaradi. Uning harakatiga qarab mamlakat, jamiyat rivojlanadi.

Tadbir songgida ishtirokchilar ozlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shuningdek, deputatlar va yoshlar mavzuga oid fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Mahliyo ALIQULOVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.



DB query error.
Please try later.