O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
04.09.2018

BIRINCHI PREZIDENTIMIZ ISLOM KARIMOV XOTIRASIGA YUKSAK EHTIROM

Eng ulug‘, eng aziz bayram — Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda xalqimizning tarixiy yutugi bolmish istiqlol shukuhi barchamizga munavvarlik baxsh etmoqda.

Istiqlol yillarida mamlakatimiz erishgan barcha yutuq va marralar buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov nomi va faoliyati bilan bogliq. Ulug Yolboshchimiz mamlakatimiz mustaqilligini qolga kiritishdan tortib, uning taraqqiyoti, jahonda oz orni va soziga ega davlatga aylanishi yolida yuksak fidoyilik korsatib mehnat qildi. Uning tengsiz jasorati va uzoqni kozlab yuritgan oqilona siyosati tufayli Ozbekiston tarixan qisqa davrda izchil rivojlanish yolini bosib otdi, mamlakatimizni dunyo tanidi.

2 sentabr. Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi. Bu yerga Oliy Majlis Senati azolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, hukumat azolari, jamoatchilik vakillari, yoshlar ozbek xalqining ulug va ardoqli farzandini xotirlash uchun jam bolgan.

Mahzun musiqa sadolari yangraydi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev majmuaga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoydi. Buyuk Yolboshchimizning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Birinchi Prezidentimiz serqirra faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning kop asrlik tarixida ochmas iz qoldirdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi «Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish togrisida»gi qarori xalqimizning oz buyuk farzandiga cheksiz hurmatining amaliy ifodasi boldi. Ushbu qarorga muvofiq, buyuk davlat va siyosat arbobining nomini abadiylashtirish boyicha keng kolamli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, u kishi kop yillar faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohi Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasiga aylantirildi, mamlakatimizdagi qator nufuzli muassasalar, Toshkent shahri va viloyat markazlaridagi kochalarga Birinchi Prezidentimiz nomi berildi. Toshkent, Samarqand, Qarshi shaharlarida buyuk Yolboshchimizga haykal ornatildi.

Islom Karimov tugilib osgan Samarqand shahrida uning xotirasiga atab maqbara majmuasi bunyod etildi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 27 noyabrdagi qaroriga muvofiq, joriy yil yanvar oyida Islom Karimov tavalludining 80 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Shuningdek, ushbu qarorga kora har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana – 30 yanvar kunini keng nishonlash, 2 sentabrni Xotira kuni sifatida yod etish belgilandi.

Marosimda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari ham yodgorlik poyiga gullar qoydi.

Shu kuni poytaxtimizdagi Navroz marosimlar uyida Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bagishlab ehson dasturxoni yozildi. Unda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Islom Karimov xotirasi yod etilib, Quron tilovat qilindi.

Mamlakatimizning barcha hududlarida buyuk davlat va siyosat arbobi, xalqimizning ardoqli farzandi, mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov xotirasiga bagishlangan marosimlar otkazildi.



OzA



DB query error.
Please try later.