O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
30.08.2018

BANK TOMONIDAN AVTOKREDIT OLISHDA HUJJATLAR YANADA SODDALASHTIRILDI

«Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga ko‘rsatilayotgan masofaviy bank xizmatlari mavzuida matbuot anjumani otkazildi.

— Prezidentimizning 2018 yil 23 martdagi Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va mijozlarga masofaviy bank xizmatlari korsatish, zamonaviy va ilgor bank xizmatlari turlarini amaliyotga tatbiq etishga alohida etibor qaratmoqda, deydi Qishloq qurilish bank aksiyadorlik tijorat banki axborot texnologiyalari departamenti boshligi orinbosari Ulugbek Islomov. Bugungi kunda bank tomonidan yuridik shaxslar uchun internet-banking, mobil-banking, SMS-banking xizmat turlari joriy etilgan bolsa, mobil-banking, SMS-xabarnoma, depozit banking esa jismoniy shaxslarga moljallangan. Ushbu xizmat turlarining har biri oz mijozlariga egadir. Bundan tashqari, mijozlarga zamon talabi darajasida xizmat korsatish maqsadida innovatsion texnologiyalarga asoslangan hamda bank xizmatlari sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshiruvchi bank xizmatlarining yangi turlarini joriy qilish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda koplab fuqarolarimizni hamda bankimiz mijozlarini qiziqishlarini inobatga olgan holda avtokredit olish imkoniyatini yanada yengillashtirdik, deydi Qishloq qurilish bank aksiyadorlik tijorat banki boshqarma boshligi Kamol Turdiyev. Xususan, bankimiz tort yilga olti oylik imtiyozli davr bilan avtokreditlar ajratishni boshladi. Eng muhimi esa hujjatlar soddalashtirilgan bolib, pasport va ishxonadan maoshingiz haqida malumotnoma bolsa, bas. Yana bir muhim jihati, yiliga 22 foiz bilan Toshkent shahridagi Poytaxt avto tex savbo avtosalonidan ozingiz orzu qilgan avtomobilni olib chiqib ketishingiz mumkin.

Bundan tashqari, bankimiz tomonidan joriy etilgan mikroqarz berish jarayonidan ham foydalanayotganlar soni kundan-kunga ortmoqda. Otgan qisqa fursatda ularning soni besh yuz nafardan oshdi. Bunda siz 18 million somgacha bolgan mablagni bir yilga olishingiz mumkin. Bunga ham ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi. Faqat pasport va ishxonadan maoshingiz haqida malumotnoma taqdim etilsa boldi. Yana shuni qoshimcha qilib aytish mumkinki, mikroqarz oluvchining istagiga kora xohlasa plastik kartochkada, xohlasa naqd pulda olishi mumkindir.

Shuningdek, tadbirda bank tomonidan korsatilayotgan masofaviy xizmatlar, ularning afzalliklari va joriy qilinishi rejalashtirilayotgan yangi innovatsion loyihalar togrisida ham batafsil malumot berildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.