O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
30.08.2018

MURUVVAT UYI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogiston Respublikasiga ilk tashrifi chogida Xojayli tumanidagi «Muruvvat» nogiron xotin-qizlar internat uyida bolib, yaratilgan sharoitlar talab darajasida emasligi, Muruvvat uyi binosining ta’mirtalab holatda ekanligini takidlab, kerakli korsatmalarni bergan edi.

Shundan song Investitsiya dasturiga muvofiq davlat byudjeti hisobidan 2017-2018 yillar davomida Xojayli Muruvvat nogironlar uchun ayollar internat uyi qurilishiga 8 mlrd. som mablag ajratish rejalashtirildi.

Bosh pudratchi Invest stroy Nukus masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2017 yil fevral oyida 3 gektar maydonda 250 oringa moljallangan umumiy qiymati 16,252 mlrd. somlik internatning yangi binosi qurilishi boshlangan edi.

— Dastlab 14 mlrd. som mablag hisobiga 7 korpusga ega Muruvvat nogironlar uchun ayollar internat uyida qurilish ishlarini olib bordik, deydi Invest stroy Nukus masuliyati cheklangan jamiyati ish yurituvchisi Ungarboy Aqnazarov. Qurilish ishlariga 300 dan ortiq kishi va koplab texnika jalb qilindi. Internat imoratida qabulxona, oziq-ovqat omborxonasi, 15 oringa moljallangan sil kasalligi bolimi, 170 kishilik majlis xonasi, 170 oringa moljallangan oshxona, kutubxona, tikuv sexi, voleybol, basketbol va tennis maydonchalari mavjud. Bemorlar uchun barcha sharoitlar mujassam qilingan.

Bemorlarga zarur sharoitlarni yaratish maqsadida qoshimcha 2 mlrd. 252 mln. som mablag hisobiga ishlar olib borildi, deydi Muruvvat nogironlar uchun ayollar internat uyi direktori Lida Kim. Yangi imorat loyihasini ipidan ignasigacha organib, kerakli sharoitlarni yaratishga harakat qildik. Biz davlatimiz rahbaridan juda minnatdormiz.

Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayrami arafasida Muruvvat uyining ochilish marosimi bolib otdi. Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati azolari, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi deputatlari, mehnat fahriylari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Muruvvat nogironlar uyiga Prezident sovgasi Isuzu avtobusi topshirildi.

Mnajatdin QUTLIMURATOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.