O'zb  
 
30.08.2018

ENG ULUG, ENG AZIZ QADRIYAT IJODKORLAR NIGOHIDA

Poytaxtimizda Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan «Eng ulug‘, eng aziz» an’anaviy respublika tanlovi golib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bolib otdi.

Mazkur ijodiy tanlov tashkiliy qomitasi raisi, Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.Tangriyev va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan madaniyat va sanat, adabiyot, ommaviy axborot vositalari, nashriyot hamda matbaachilik rivojiga jiddiy etibor qaratish, bu boradagi mavjud qonunchilikni takomillashtirish, sohaning moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash, ijod ahlining mashaqqatli mehnatini moddiy va manaviy jihatdan ragbatlantirish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh etish borasida misli korilmagan amaliy ishlar olib borilayotganini takidladi.

Ananaviy tarzda otkazib kelinayotgan Eng ulug, eng aziz respublika tanlovi Ozbekistonimizni, istiqlolimizni, uning qadr-qimmati, saodatli nematlarini, tinch va osoyishta kunlarimizni tarannum etuvchi ijod namunalarini xalqimizga tanitishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joriy yilgi ijodiy loyiha Aziz va yagonamsan, jonajon Ozbekistonim! degan ezgu goyani ozida mujassam etgani, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi hamda Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yili davlat dasturining mano-mazmunini keng targib etishga qaratilgani bilan ahamiyatli boldi.

Tanlovning respublika bosqichiga 300 nafarga yaqin ijodkordan 2 mingga yaqin ijodiy ish kelib tushdi.

Tanlovning Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar bosqichlarida 2 ming nafardan ortiq ijodkor faol ishtirok etib, 6 avgustdan 16 avgustgacha hududlarda bolib otgan taqdirlash marosimlarida 200 nafarga yaqin yozuvchi, shoir, jurnalist, rassom va kinoijodkorlar golib va sovrindorlar sifatida loyiha tashkilotchilari tomonidan taqdirlandi.

— Bugun dolzarb bolib turgan kopgina masalalar yoshlar tarbiyasi, manaviyat, oilalar mustahkamligi, jinoyatchilik profilaktikasida mahallalarning orni, tasiri beqiyos, deydi Mahalla radiokanali katta muharriri, tanlov golibi Tolqin Yorqulov. Ularni teran tahliliy nazar bilan yoritish jurnalistdan yuqori bilim, katta mahorat talab etadi. Tanlov yanada koproq izlanishga, ishga katta masuliyat bilan yondashishga undaydi.

Tadbirda golib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovgalari topshirildi. Konsert dasturi namoyish etildi.

N.USMONOVA,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.