O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
30.08.2018

IMKONIYATLARDAN TOLIQ FOYDALANISH, YANGICHA DUNYOQARASH BILAN MEHNAT QILISH XALQIMIZ FAROVONLIGINI YANADA OSHIRISHNING MUHIM OMILIDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 29 avgust kuni Toshkent viloyatida boldi.

Davlatimiz rahbari dastlab Bekobod shahrida joylashgan mamlakatimizdagi yirik ishlab chiqarish ob’ektlaridan biri bolgan «Ozbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Prezidentimizning 2018 yil 9 yanvardagi 2018-2020 yillarda Ozmetkombinat AJni rivojlantirish dasturi togrisidagi qarori ijrosi doirasida kombinatda katta hajmdagi iqtisodiy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ferroqotishmalar ishlab chiqarish sexi shulardan biridir. Davlatimiz rahbarining tashrifi chogida 60 million dollarlik loyiha asosida zamonaviy, energiya tejovchi va ilgor texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu sex ishga tushirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda korxona ishchi-xodimlari, soha mutasaddilari, xorijlik investorlar ishtirok etdi.

Kombinat imkoniyatlaridan unumli foydalanish, qoshimcha ishlab chiqarish obektlari barpo etish, 2-3 yil ichida kamida 15-20 ming ish orni yaratish kerak. Buning zamirida odamlarni rozi qilishdek ezgu maqsad mujassam, dedi Prezidentimiz.

Janubiy Koreyaning Posco Daewoo kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilgan yangi sexda yiliga 25 ming tonna ferrosilitsiy va ferrosilikomarganets ishlab chiqariladi. Bu bilan metall mahsulotlar tayyorlaydigan tarmoqlar talabi toliq qondirilib, yiliga 8 ming tonna ferroqotishmani eksport qilish, shu tariqa importdan voz kechib, 35 million dollarni tejab qolish imkoniyati paydo boladi. 300 dan ziyod yigit-qiz ish bilan taminlanadi.

Prezidentimiz quyish-prokatlash majmuasi qurilishiga tamal toshi qoydi.

Mazkur loyiha qiymati 452 million dollar bolib, uning amalga oshirilishi natijasida 400 dan ziyod yangi ish orni tashkil etiladi. Loyiha 2020 yilda toliq yakuniga yetkazilib, yiliga 1 million tonna 2-12 millimetr qalinlikdagi polat listlar ishlab chiqariladi. Bu polat listlar importini kamaytirish imkonini beradi. Yiliga 350 million dollar tejaladi. Shuningdek, yangi qurilayotgan Toshkent metallurgiya zavodining asosiy xomashyosi bolgan issiq holatda prokatlangan listlarga 500 ming tonnalik yillik ehtiyoj toliq qoplanadi. Quyuv-prokat majmuasini Italiyaning Daniyeli kompaniyasi barpo etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev kombinat ishchi-xodimlari bilan suhbatlashdi. Ularning samarali mehnat qilishi va dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi.

— Keyingi yillarda kombinatda umuman osish kuzatilmayotgan edi. Shu bois, otgan yili uni tashqi boshqaruvchiga biriktirdik. Natijada ishlab chiqarish 1,5 barobar ortdi. Daromadlari kopaygan kombinat joriy yilda Bekobod shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun 75 milliard som mablag ajratdi, dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 2018-2019 yillarda amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi.

Jumladan, Quyi Chirchiq tumanida velosiped ishlab chiqarish, Yuqori Chirchiq tumanida qishloq xojaligi, Boka tumanida paxta-tekstil klasterlarini tashkil etish, Quyi Chirchiq tumanida kanopchilik sohasini qayta tiklash va rivojlantirish, Ohangaron tumanida zamonaviy gidroponik issiqxona ochish kabi qator loyihalar rejalashtirilmoqda.

Davlatimiz rahbari loyihalarni yanada takomillashtirish boyicha mutassaddilarga topshiriqlar berdi.

Malumki, Prezidentimiz 2017 yil 18 avgust kuni Bekobod shahriga tashrifi chogida Bekobod va Olmaliq shaharlarini rivojlantirish boyicha ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish taklifini ilgari surgan edi.

Otgan bir yilda Bekobodda salmoqli ishlar amalga oshirildi. 90 mingdan ziyod odam istiqomat qiladigan shaharda aholining uy-joyga ehtiyojini qoplash maqsadida beshta yetti qavatli uy qurib bitkazilmoqda. Yana beshta shunday turar-joy qurilishi boshlanish arafasida. Ular yil oxirigacha oz egalariga topshiriladi. Uylar atrofiga bolalar oyin maydonchalari, avtomobillar saqlash joylari, zamonaviy savdo shoxobchalari qurish ham rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbarining taklifi bilan ushbu yangi massivga Mustaqillikning 27 yilligi deb nom berildi.

Prezidentimiz jamoatchilik vakillari bilan uchrashib, ularni mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi bilan tabrikladi.

Bir yil oldin Bekobodga kelib, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha qator rejalar belgilab olgan edik. Bugungi uchrashuvimizda osha rejalarning dastlabki natijalari haqida sozlamoqchiman, dedi davlatimiz rahbari. Bekobodda shu paytgacha issiq suv yoq edi, ichimlik suvi sifati yomonligidan keyingi 10 yilda kasalliklar kopaygan, ishsizlik ortgandi. Bugun shaharga yirik investitsiyalar jalb etilyapti, yangi ish orinlari yaratilyapti. Yolsozlik, elektr energiyasi va gaz taminoti, tomlarni tamirlashga etibor qaratila boshlandi. Toshkent va Bekobod shaharlari oraligida elektropoyezd qatnovi yolga qoyildi. Biz bu ishlar kolamini yanada kengaytiramiz.

Bekobodliklar bunday etibor tufayli shahar yangi qiyofa kasb etgani, odamlarning fikri, kayfiyati ozgarganini takidlab, Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbariga Toshkent viloyatida barpo etilayotgan kop qavatli uylar haqida ham malumot berildi. Unga kora, joriy yilda Olmaliq, Yangiyol, Bekobod, Nurafshon shaharlarida 2604 xonadondan iborat 62 kop qavatli uy foydalanishga topshiriladi.

Ohangaron shahridagi Amir Temur kochasini rekonstruksiya qilish, Yuqori Chirchiq, Orta Chirchiq va Ohangaron tumanlari hududidan otuvchi hamda Toshkent Bekobod va Toshkent Sirdaryo avtomobil yollari boylab namunaviy uylar qurish, viloyatda ichimlik suv tizimini takomillashtirish, komir, texnologik chiqindi, mineral ruda va biomassani maydalash, quritish va separatsiya qilish loyihalari taqdimotlari otkazildi.

Prezidentimiz Bekobod tumanidagi Yusupov Gofurjon fayz fermer xojaligida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda tuproq unumdorligini oshiradigan va yuqori hosil olishni taminlaydigan dehqonchilik tizimi joriy etilmoqda. Ekinlarni belgilangan meyorlar asosida sugorish, oziqlantirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi samarali kurashish, urug va resurslar sarfini kamaytirishga alohida etibor qaratilmoqda. Gallachilik va paxtachilikning sifat korsatkichlarini yaxshilash yonalishidagi seleksiya va urugchilik ishlarini takomillashtirish choralari korilayotir.

Paxta va galla yetishtirishga ixtisoslashgan mazkur fermer xojaligining umumiy yer maydoni 78,6 gektarni tashkil etadi. Joriy yilda xojalik rahbari Gofurjon Yusupov 31,1 gektar maydonga galla ekib, gektaridan 71 sentnerdan oshirib hosil oldi. Sof foyda 80 million som. 47,5 gektar yerga goza ekilgan. Undan ham 35 sentnerdan oshirib hosil olish moljallanmoqda.

Fermer 13,5 tonna mosh va 7,5 tonna loviyani eksport qilish, ichki bozor uchun 60 tonna kartoshka va 45 tonna sabzi yetishtirish boyicha shartnomalar tuzgan. Xojalikda 35 ishchi mehnat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari xojalik dala shiyponida viloyat fermerlari bilan muloqot qildi.

Mamlakatimizning asosiy daromadi qishloq xojaligidan. Istiqbolli, serhosil paxta navlarini yaratish, gozani qoshqator ekish fermer daromadini oshiradi. Fermer dalaga chiqdimi, mehnati samarasidan uy, mashina olsin, farzandlarini oqitsin, uyli-joyli qilsin, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kop tarmoqli fermer xojaliklarini rivojlantirish, bu boyicha xorij tajribasini organish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Mamlakatimizda bunyod etilayotgan yirik sanoat korxonalari iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligini taminlashda muhim orin tutadi. Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan Toshkent metallurgiya zavodi shulardan biridir.

Davlatimiz rahbari ushbu korxona qurilishi bilan tanishdi.

Loyiha qiymati 286,7 million yevrolik mazkur korxonaga xorijda ishlab chiqarilgan ilgor va zamonaviy uskunalar keltiriladi. Korxonada avtomobil kuzovlari va maishiy texnika uchun metall listlar, metall cherepitsalar, profnastil tayyorlanadi. Korxona toliq quvvatda ishga tushirilgach, yiliga 500 ming tonna mahsulot ishlab chiqariladi. 700 ga yaqin ish orni yaratiladi.

Prezidentimiz 2017 yil fevral oyida ushbu korxona qurilishi loyihasi bilan tanishib, mutasaddilarga tegishli korsatmalar bergan edi.

Otgan vaqt mobaynida bu yerda keng kolamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Zavodning metall konstruksiyasi qurib bitkazildi.

Shavkat Mirziyoyev qurilish jarayonini kozdan kechirdi, zavodning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutadigan orni haqida toxtalar ekan, bu yerda ishlaydigan mutaxassislar tayyorlashga alohida etibor qaratish lozimligini takidladi.

OzA



DB query error.
Please try later.