O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.08.2018

OZOD YURTIM, TONGLARINGDA OCHIQ OSMONIM BOR MENING

Har yili mustaqillik bayrami arafasida, beixtiyor yaqin o‘tmishni yodga olamiz, bugungi hayotimiz bilan qiyoslaymiz, fikrlaymiz, xulosalar chiqaramiz. Vujudimizni hayajon qoplab, yuragimiz hapqirib, dilimizda shukronalik, farx-iftixor, gurur tuygulari josh uradi.

Bugun eng yaqin qoshnimiz ham, eng uzoq qarindoshimiz ham hayotdan rozi bolib yashayotganligiga guvoh bolmoqdamiz. Har kim oz hayoti gozal, mazmunli bolishi, dasturxon tokin-sochin, oilasi tinch-osoyishta bolishi faqat oziga bogliq ekanligini tushunib yetdi. Tadbirkor — elga ham, oilasiga ham madadkor ekanligiga ishondi. Quvonmay boladimi, aytmay, kuylamay boladimi bu ozgarish va yangilanishlarni, insonga korsatilayotgan mehr-oqibatni...

Yangi uyning kalitlarini olib ostonadan hatlab otayotgan otaxon va onaxonmi yoki kelin-kuyovmi, nogironlik aravachasida otirgan kishimi, hamma-hammasi bu hayotga shunchaki kelmaganligini anglab yetmoqda. Ayniqsa, barcha eski, garib uylar orniga yangi, milliy loyihalar asosida qurilayotgan korkam binolar, solim va gozal xiyobonlar, hatto qishloqlarimiz, mahallalarimizning «Obod qishloq» dasturlari asosida yangi qiyofa kasb etayotgani barchani mamnun etmoqda.

Qoraqalpogistonda ham dastur boyicha har bir tumanda 2 tadan qishloq, 30 mahalla yiginlari hududlarida katta obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Jumladan, yakka tartibdagi 4460 uy-joy ta’mirlangan, 36,8 km. piyodalar yolaklari obodonlashtirilgan, 1053 kocha chiroqlari charaqlab turibdi, 110,6 km. masofaga ichimlik suvi tortib kelindi, 305 km. elektr tarmoqlari, 159 transformator, 122 km. tabiiy gaz tarmoqlari tamirlangan. Bugungi kunda qishloqlarda 23 bekat qurilishi davom etmoqda.

Beruniy tumanidagi Biybozor qishlogi qiyofasi tanib bolmas darajada ozgarib ketganligini alohida takidlash lozim.

Bizga Ozbekistonday betakror yurtda, shunday ozod va obod baxtli kunlarda yashash nasib etgan ekan, deydi biybozorlik kam taminlangan oila boshchisi Yangiboy Xojanov. Davlatimiz rahbari har bir oilaga etibor, gamxorlik korsatmoqda. Men bir oddiy dehqonman. Qolim kalta edi, qiynalayotgandik. Bugun hammasi izga tushib ketdi. Uyimiz tamirlandi. Qishlogimiz ham obod bolib, hamjihatlikda yashayapmiz.

Uning fikrlariga qoshilmasdan iloj yoq. Darhaqiqat, Biybozor OFY hududida 244 uy tamirlandi, 7,3 km. masofadagi ichki yollar yangidan qurildi. Elektr tarmoqlari boyicha 7 km. havo liniyasi, 1 ta transformator punkti yangidan ornatildi. 240 dona suyultirilgan gaz ballonlari fuqarolarga oz vaqtida yetkazib berilmoqda. 26-57-sonli maktabgacha talim muassasalari binolarida tamirlash ishlari olib borildi.

Biybozor ovul fuqarolar yiginida yashovchi Hamza Rozmetov, Roza Haytakova singari tadbirkorlarga yer ajratib berilib, ularning tashabbuslari bilan qishloqda suniy qoplamali stadion, savdo dokoni, avtobekat, hammom va maishiy xizmat korsatish shoxobchalari qurilishlari ham boshlab yuborilgan.

Bunday yangiliklarni kop tumanlarda korish mumkin. Biroq Qoraqalpogiston markazi bolgan Nukus shahrining bugungi chiroyi, fayzi haqida alohida gapirish kerak. Mana, shahrimizning A.Dosnazarov kochasidamiz. Kocha boshida Nukus temir yol vokzali, atrofidagi gulzor, favvoralar, solim oromgohlar nafaqat yolovchilarni, barchani oz bagriga chorlaydi. Bu kochada joylashgan zamonaviy qiyofadagi xizmat korsatish shoxobchalari, atrofi gulzor piyodalar yolakchalari...

Mana, Nukus korkiga-kork qoshib turgan gozal xiyobon. Ozbekiston Qahramoni, Ozbekiston xalq shoiri Ibroyim Yusupovning salobatli byusti. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va topshirigi bilan qoraqalpogistonlik iqtidorli bolalar uchun 4,7 mlrd. som ajratilib qurilgan, otgan yili Mustaqillik bayrami arafasida ishga tushgan. Hozir Qoraqalpogistonning barcha tumanlaridan kelgan 216 nafar eng iqtidorli bola talim olmoqda. Ularga adabiyot, sanat va boshqa fanlardan G.Ataniyozova, G.Xojalepesova, A.Qulimbetova, Q.Oteniyozova, P.Orozboyeva, Z.Davletaliyeva singari tajribali, mehribon ustozlari talim bermoqda, adabiyot, sanat sirlarini orgatmoqda.

Bugun bu yerda talim olayotgan yoshlar ancha tilga tushib qoldi. A.Smaylov, B.Aytmuratov, A.Qaliboyeva, Z.Orinboyeva, L.Nurpolatova, S.Qayipnazarova, A.Xudoybergenova, G.Joldosboyeva, Sh.Sayimbetov, D.Shariboyev singari iqtidorli yoshlarni xalqimiz Ibroyim Yusupov izdoshlari deb, mehr bilan ardoqlamoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil Qoraqalpogistonga tashrifi davomida qoraqalpoq xalqining kelajagi, aholi turmush farovonligi, sohalar rivojlanishini taminlash maqsadida belgilab bergan vazifalari, yol-yoriqlari va topshiriqlari xalqimizning tilak-istaklaridan kelib chiqqanligini hayotning ozi isbotlab turibdi.

Bugungi kunda Qoraqalpogistonda Prezidentimizning barcha topshiriqlari boyicha otgan qisqa davr mobaynida qator yirik bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotgani hamda aholini qiynayotgan masalalar oz yechimini topayotganidan xalqimiz rozi bolmoqda.

Otgan davr mobaynida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 109,7 foizga, xizmatlar hajmi 106,4 foizga osishi taminlandi. Kichik biznes va tadbirkorlik subektlariga yaratib berilgan sharoit va imtiyozlar natijasida otgan yil 1648, joriy yilning otgan 6 oyida 974 kichik biznes subektlari yangidan tashkil etilib, ularning umumiy soni 11623 taga yetdi. Otgan 6 oy davomida sanoat sohasida 335 qishloq xojaligi sohasida 681, xizmat korsatish va servis sohasida 1170 loyiha ishga tushirildi. Nukus shahrida Nukus polimer MChJ, Nukuselektroapparat MChJ faoliyat olib bormoqda. Samsung brendi ostida televizor ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi.

Shuningdek, aholining ijtimoiy muammolarini tezkor hal qilish chora-tadbirlari korilmoqda. 40 maktab, 20 maktabgacha talim muassasasi, 9 sogliqni saqlash obektlari hamda 3 bolalar sporti obektlarida qurilish va rekonstruksiya, tamirlash ishlari amalga oshirildi.

Xususan, Muynoq tumani aholisini markazlashgan toza ichimlik suvi bilan taminlash boyicha loyiha qiymati 26,4 mlrd. somni tashkil qiluvchi 101 km. Qongirot-Moynoq suv quvurini va suv taqsimlash inshooti qurilib foydalanishga topshirildi. Ichimlik suvi taminoti ogir bolgan 7 tumanda Mahalla xayriya jamoat fondining mablaglari yordamida 19,1 km. suv quvurlari yangidan tortildi va foydalanishga topshirildi. Nukus shahri va tumanlardagi 511 kop qavatli uyda 16 mlrd. somlik tamirlash ishlari bajarildi.

Malumki, Qoraqalpogiston Ozbekistonning eng shimolida joylashgan, oziga xos iqlimi, oziga xos yer, suv muammolari mavjud hudud. Shuning uchun ham Prezidentimiz Qoraqalpogistonda agrar soha rivojiga alohida etibor qaratmoqda.

Qishloq xojaligi yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash boyicha 69 ming gektar yer maydonida ilgor texnologiya asosida ish olib borilmoqda. Shuningdek 51,5 km. irrigatsiya tarmoqlari yangilandi.

Nukus shahri markazidan otuvchi Dostlik kanalining ikki qirgogining 500 metr masofasini obodonlashtirish maqsadida 2017 yilga belgilangan manzilli dastur boyicha 2 mlrd. somlik ish bajarildi. Bugungi kunda bu sohil xalqimizning eng sevimli oromgohiga aylangan.

Investitsiya dasturiga muvofiq, manzilli dasturlarga 57 ijtimoiy soha obekti kiritilib, bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Orolboyi mintaqasini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari hisobidagi 224 obektda katta hajmdagi ish amalga oshirilmoqda.

Shundan: 54 suv taminoti, 39 drenaj ishlari, 77 kop qavatli uylarni tamirlash, bolalar maydonchalarini qurish obektlarida, Berdaq kinoteatri qurilish-tamirlash ishlari sifatli va tezkor suratda davom etmoqda.

Qoraqalpogiston Respublikasida joriy yilda 221 obektda 212,3 km. yolni qurish, rekonstruksiya va tamirlash ishlarini amalga oshirish boshlab yuborilgan.

Biz ayrim misollarni keltirdik xalos. Bu raqamlar shunchaki raqamlar emas. Ularning ortida obod bolgan ota-makonimizni, unda bugungi kunidan rozi bolib yashayotgan xalqimizning farovon hayoti, yorug va buyuk kelajagimiz korinadi. Bu raqamlarni buyuk bunyodkorlik ishlari boshlanayotganidan darak berayotgan yaxshi xushxabarlar deb ham tushinishimiz mumkin.

...Har kuni ishdan keyin Dostlik kanalining obod bolgan ikki sohili odamlar bilan gavjum. Beixtiyor ular orasiga qoshilaman. Suhbatlarini tinglayman:

Bu ikki sohil, qaqrab yotgan edi. Shunday qarovsiz qolgan yerlarni jannatga aylantirib qoydi. Qarang, esayotgan salqin shamol tanangni yayratib, kayfiyatingni kotaradi, deydi bir onaxon.

Onaxon yonidagi uch nafar nevarasiga pul beradi: Boringlar muzqaymoq olib yenglar.

Bolalar qiyqirib chopib ketishadi. Ularning quvonch tola hayqiriqlari, kanalning tolib oqayotgan oqimlariga qoshilib ketadi. Birozdan song buvilarini ham muzqaymoq yeyishga chaqirishadi...

Bularning quvonchini korib, hech olmasdan yashaging keladi, deydi Gulzebo ona. Qanday baxtli avlod bular. Yurt rahbari har birini mening farzandim deb tursa, bularning olmaydigan togi yoq...

Onaxon kulimsiraydi. Uning yuzida baxt nashidasini koraman, sozlaridan bu hayotdan, taqdiridan rozi ekanligini sezaman.

Kanal boyidagi korkam yolakcha chekkalarida chiroqlar yona boshlaydi. Rangli favvoralardan otilayotgan suv yangi hayot qoshiqlarini aytayotgandek goyo. Suhbatimizga nukuslik ustoz oqituvchi Hojiboy Egamberdiyev, nuroniy Jabbor Rozimovlar qoshiladi.

Har kalomda shukronalik, har sozida minnatdorlik, yaqin atrofdan qoshiq jaranglay boshlaydi:

Ozod yurtim, tonglaringda, ochiq osmonim bor mening,

Ochiq osmonim ostida, ozod davronim bor mening...

Guliston ANNAQILICHEVA,

Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi deputati, Senat azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: