O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
28.08.2018

XALQ ISHONCHINI OQLASH DEPUTATLARNING ENG OLIY VAZIFASIDIR

Bugun jamiyatda fuqarolarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligi sezilarli darajada oshib borayotgani kuzatilmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga, sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga bildirilayotgan munosabatlardan ham buni sezish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda respublikamizdagi siyosiy partiyalar faoliyati bilan bogliq turli tahliliy-tanqidiy fikrlar bildirilmoqda. Ayniqsa, partiyalar nomzodi korsatilgan xalq deputatlari haqidagi fikrlar tobora kopayib bormoqda. Bildirilayotgan tanqidiy mulohazalarga toliq qoshilmasam-da, ularni butunlay inkor ham etib bolmaydi. Chunki ishlaydigan va tashabbus korsatayotgan deputatlar oz emas, ishonchga munosib bola olmayotganlar ham.

Misol uchun, Ozbekiston XDPdan mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar tomonidan 2018 yilning otgan davri mobaynida joylardagi muammolarni hal etishga qaratilgan 234 masala sessiyalarga kiritilib, qarorlar qabul qilindi. Otgan yili bu korsatkich 76 tani tashkil qilgan edi. Elektoratimiz vakillarini qiynayotgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlar, mansabdor shaxslarga 2017 yilning yarim yilida 2013 deputatlik sorovi yuborilgan. Joriy yilning otgan olti oyida esa ularning soni ikki baravardan oshdi — 4275 ga yetdi.

Shuningdek, bugungi kunda dunyoning koplab mamlakatlarida muammoga aylangan ishsizlik masalasini ijobiy hal etish borasida ham siyosiy partiyalar tomonidan ma’lum darajada ishlar olib borilmoqda. Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan aholi bandligini taminlash, boqimandalik kayfiyatidan chiqarish va oz bizneslarini boshlashlari uchun ularga amaliy yordamlar berish togrisidagi konsepsiya amaliyotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, mahalliy Kengashlardagi partiyamiz guruhlari azolari bu yil iyun-iyul oylarida 139 oilaga oz biznesini boshlashda amaliy komak berdi. Bu esa partiyalar va ularning deputatlari majlisbozlikdan voz kechib, amaliy ishga otayotganidan dalolat beradi.

Ammo barcha deputatlar birdek jon kuydirib, joylardagi muammolarni hal etyapti, deb bolmaydi. Agar deputatlar oz saylovchilariga bergan vadalarining 50 foizini bajarganida ham hududlar muammolar botqogiga bu qadar botib qolmagan bolardi, deb oylayman.

Ozbekiston XDP ikki ming nafarga yaqin mahalliy Kengashlar deputatlarini oz Saylovoldi dasturi, maqsad va vazifalari yolida birlashtira olgan katta siyosiy kuch. Lekin amalga oshirilgan ishlarni 2000 nafar deputatga taqsimlaydigan bolsak, xijolat tortib qolishimiz tabiiy.

Xosh, deputatlar birdek faollik korsatishiga nima tosqinlik qilmoqda?

Oylashimcha, bunga bosh sabab deputatlar orasida deputatlik sharafini oziga niqob qilib olganlar oz emasligida. Ular uchun faqatgina obro va daxlsizlik kerak xolos. Ularda eskicha kayfiyat hamon saqlanib qolgan. «Vaqt otsa, masala oz-ozidan hal bolib ketadi», Hukumatning ozi hal qiladi, degan qarashlar ham yoq emas.

Bundan tashqari, kop bora guvoh bolganimiz, elektorat vakillarini qiynayotgan masalalarni hal etish yuzasidan mansabdor shaxslarga yuborilgan deputatlik sorovlari chang bosib, amaldorlar stoli ustida qolib ketmoqda. Muammolarni hal etadigan, asoslantirilgan javoblar olinmayapti. Deputatlar ijro hokimiyati idoralari faoliyatini va joylardagi qonun ustuvorligini tom manoda nazorat qila olmayapti. Buning sababi, deputatning ozi ijro hokimiyati vakili hisoblanadi.

Agar ish shu zaylda davom etaversa, deputatlar yaqin vaqt ichida biz xohlagan siyosiy vakil bolishiga ham kozim yetmaydi. Mazkur masalalar yechimi yuzasidan bazi takliflarim bor.

Deputatlik soroviga javob bermagan mansabdor shaxsga nisbatan jamoatchilik nazoratini kochaytirish, ommaviy axborot vositalarida yoki ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi holatlarni yoritib borish lozim. Ana shunda ayrim amaldorlarda masuliyat hissi oshadi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari orasida ijro hokimiyati idoralarida faoliyat yuritayotganlar oz emas. Shuning uchun ijro hokimiyati vakili deputat bolib saylanishi qanchalik togriligi ustida oylab korish kerak. Qachonki ijro hokimiyati oz ornida, deputatlar esa ulardan alohida faoliyat olib borsa, nazorat tizimi belgilangan tartibda ishlashiga zamin yaratiladi, deb hisoblayman.

Sherzod SODIQOV,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi masul xodimi.



DB query error.
Please try later.