O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
28.08.2018

HAR BIR OILA TADBIRKOR BOLISHI BANDLIK MASALASINI HAL ETADI

«Har bir oila – tadbirkor» dasturiga ko‘ra, avvalo, olis va tabiiy-iqlim sharoiti ogir hududlarda aholining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush sifati va darajasini sezilarli ravishda oshirish nazarda tutilgan.

Navoiy viloyatining olis chol hududlarida ham aholini tadbirkorlikka jalb etish borasida yechimini kutayotgan muammolar bor edi. Endilikda Tomdi, Konimex, Nurota hududida yashovchilarning biznes goyalarini amalga oshirishida mazkur dastur muhim omil boladi.

— Viloyatimizning chol hududlarida yashovchilar asosan chorva evaziga kun korib kelgan, deydi OzXDP Tomdi tuman kengashi raisi Muradbay Shaxanov. Yillar davomida chorvachilik uchun ob-havoning noqulay kelishi, shirkat xojaliklarida chorva mollarining talon-taroj qilinishi oqibatida sohada inqiroz yuz berdi, aholining turmush sharoiti ogirlashdi.

Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi davomida ushbu masalalar ochiq-oydin ortaga tashlandi. Davlatimiz rahbari viloyatning chol hududlari imkoniyatidan kelib chiqib, chorvachilik sohasida yangicha yondashuvlarni hayotga tatbiq etdi va shirkat xojaliklari ornida fermer xojaliklari tashkil etildi. Bu chorva mollarining kopayishiga xizmat qilmoqda. Bir soz bilan aytganda, Har bir oila tadbirkor dasturi togrisidagi qaror aynan chekka hududlarda ish orinlari yaratilishiga zamin boladi.

Aholi bilan otkazilayotgan suhbatlarda ushbu qaror haqida tushunchalar berayapmiz. Uning mazmunini togri anglagan fuqarolarimiz kelgusida oz bizneslarini yolga qoyish istagida ekanini bildirmoqda.

Sir emas, joylardagi eng katta muammolardan biri bandlik masalasi edi, deydi OzXDP Navoiy viloyat kengashi bolim mudiri Furqat Xolbotayev. Ma’lumki, qishloq joylarida aholining shaxsiy tomorqa xojaliklardan samarali foydalanishi yolga qoyilmagandi. Uchrashuvlarda kopchilik issiqxona, parrandachilik, quyonchilik va asalarichilik bilan shugullanish istagini bildirmoqda.

Partiyamiz jamoatchilik qabulxonalariga joriy yilning otgan davrida 536 murojaat kelib tushgan bolsa, ularning 155 tasi bandlik masalasida boldi. Partiyamiz nogironligi bolgan shaxslarni ham bu yonalishga jalb etish ustida ish olib bormoqda. Biz ijtimoiy hamkor tashkilotlar bilan ushbu muammolarni hal etish choralarini kormoqdamiz.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Ilhom SATTOROV yozib oldi.



DB query error.
Please try later.