O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
27.08.2018

MUAMMOLAR YECHIMI

Davlat byudjeti mablag‘lari oqilona va maqsadli sarflanishiga bogliq

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yigilishida Moliya vazirligining Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlari ijrosining 6 oylik yakunlari boyicha axboroti eshitildi.

Fraksiya a’zolari Davlat byudjetining birinchi yarim yildagi ijrosida ijtimoiy sohalarni qollab-quvvatlash, aholining turmush darajasini oshirish va ijtimoiy himoyasini taminlash borasidagi tadbirlar moliyalashtirilishiga alohida etibor qaratdilar.

Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarim yilligi yakuniga kora, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti qariyb 153 trln. somni, jon boshiga nisbatan hisoblanganda 4 653 ming somni tashkil etdi. YaIM otgan yilning shu davriga nisbatan 4,9 foizga, jon boshiga esa 3,1 foizga osdi.

Hisobot davrida xarajatlarning ijtimoiy yonaltirilgani saqlab qolingan bolib, ijtimoiy xarajatlar Davlat byudjetining 55,7 foizini tashkil etgan. Ijtimoiy sohada talim muassasalari taminoti va sogliqni saqlash tizimini rivojlantirishga yonaltirilgan mablaglar joylardagi muammolarni samarali hal qilayotgani takidlandi.

Xususan, keksalar va nogironligi bolgan shaxslar uchun sanatoriylar hamda internat uylariga 52,8 mlrd. som yoki jami sogliqni saqlash xarajatlarining 1,3 foizi yonaltirilgan. Kichik yoshdagi nogiron bolalar uchun internat-uylariga 18,9 mlrd, uy sharoitida ijtimoiy yordam korsatish bolinmalariga 18,1 mlrd, reabilitatsiya markazlariga 12,0 mlrd, som mablag ajratilgan.

Shuningdek, aholini ijtimoiy qollab-quvvatlash va uning turmush farovonligini oshirishga Davlat byudjetidan 1 397,8 mlrd. som sarflandi. Bu 14 yoshgacha bolasi bor oilalarga, bolasi 2 yoshga tolgunga qadar ishlamaydigan onalarga, kam daromadli oilalarga tolanadigan mablaglarga sarflangan. Bola tugilganda beriladigan bir martalik nafaqa, alohida toifadagi fuqarolarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini tolash boyicha imtiyozlar orniga kompensatsiya tolovlari ham shular jumlasidandir. Qoraqalpogiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam uchun esa qoshimcha ravishda 2,8 mlrd. som mablag moliyalashtirilgan.

Shu bilan bir qatorda, fraksiya azolarining joylarda bolib otayotgan uchrashuvlarida, ayrim hududlarda byudjet sohasidagi kamchiliklar sabab, aholi tomonidan etirozlar bolayotgani, muammolarni bartaraf etishga alohida etibor qaratish lozimligi takidlandi.

Nomon AKBAROV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

— Biz hisobot odatdagidan farqli ravishda, aniq misollarga asoslangan bolishini kutgan edik. Vaholanki, «2018 yil I chorak yakunlari boyicha Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarining ijrosi togrisida»gi hisobotda kotarilgan ayrim masalalar hanuz yechimini kutmoqda. Bazi sohalarda davlat byudjetidan ajratilgan mablaglarning yetarlicha ozlashtirilmayotgani natijasida aholi, partiyamiz elektorati manfaatlarini himoya qilishda muammolar kelib chiqmoqda.

Masalan, Fargona viloyatidagi ayrim qishloqlar umuman toza ichimlik suvi bilan taminlanmagan. Bazi hududlarda bunga ehtiyoji bolmasa-da, ichimlik suvi bilan taminlash masalasi dasturga kiritilgan. Avvalgi uchrashuvimizda mana shu masalani kotargan edim, biroq murojaatim hanuz ochiq qolmoqda.

Bundan tashqari, iqtisodiyot tarmoqlariga ajratilayotgan mablaglar yildan-yilga oshirilyapti. Lekin amalda kutilgan ozgarishlar kuzatilmayapti. Talim tizimida uzoq yillardan buyon hal etilmay qolayotgan muammolar bor. Bularning barchasi bevosita mablag bilan bogliqligini ham unutmasligimiz kerak.

Davlat byudjeti mablaglaridan maqsadli va samarali foydalanish asosiy vazifalardan biri, deb hisoblayman. Agar aytilgan kamchiliklar, savollar yuzasidan aniq javob, yechim topilmas ekan, muammo muammoligicha qolaveradi. Xalqning etirozlari barham topmaydi.

Feruza ESHMATOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Yaqinda parlament vakillari joylardagi muammolarni organdik. Koson tumanidagi bir qancha mahallalarda boldik. U yerda patronaj hamshiralar kerakli anjomlar bilan toliq taminlanmagan. Masalan, tibbiyot buyumlarini solish uchun moljallangan sumkalari yoqligi va aksariyati oz hisobidan buyurtma asosida tiktirganini aytdi. Hattoki, dori vositalari uchun ham oz chontaklaridan pul sarflash hollari borligi malum boldi. Albatta, bu aholining haqli etirozlariga sabab bolmoqda.

Bundan tashqari, maktablarda rus tilidagi darsliklar yetishmasligi, borlari ham eskirib qolgani boyicha murojaatlar bolmoqda. Togri, rus sinflarida talim olish istagini bildirayotganlar soni rejadagidan ortib ketishi mumkin. Oylashimcha, oquv yili boshida tahlil asosida qayta hisoblash va qoshimcha darsliklarga buyurtma berish kerak. Ana shunda farzandlarimizning oqishga bolgan ishtiyoqi yanada ortadi.

Shuningdek, parlament azolari tomonidan uyali aloqa tizimi, maktabga talim muassasalari, sogliqni saqlash, vaqtinchalik ish bilan taminlash hamda yana qator masalalarda tanqidiy-tahliliy fikrlar bildirildi. Muammolarni bartaraf etish choralari xususida takliflar muhokama qilindi.

Yigilishda fraksiya azolari qator qonun loyihalarini ham korib chiqishdi. Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 1981 va 287-moddalariga ozgartish va qoshimcha kiritish togrisidagi qonun loyihasi deputatlar diqqat markazida boldi.

Takidlandiki, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 1981-moddasiga asosan qollanilgan jarima sud qarorlari yoki boshqa ijro hujjatlarining talablari ixtiyoriy ravishda bajarilishining samarali chorasi hisoblanadi. Ayrim hollarda aynan ahamiyati kam summali ijro hujjatlarida bunday mamuriy javobgarlik chorasi teskari tasir korsatmoqda. Xususan, Kodeksning 1981-moddasi sanksiyasida mamuriy jarima fuqarolarga eng kam oylik ish haqining besh baravaridan on baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, on baravaridan on besh baravarigacha miqdorda kozda tutilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qollanilgan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdoridagi jarima ayrim hollarda ijro hujjati boyicha tolanmagan qarz miqdoridan 2-3 baravarga kop bolmoqda. Yani, qollanilgan mamuriy jazo sodir etilgan huquqbuzarlikka nisbatan nomutanosib bolib, fuqarolarning haqli etiroziga sabab bolib, qarzdorlikni undirishda muammo tugdirmoqda.

Akmal UMARALIYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Aytish kerakki, Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish togrisidagi qonunning 78-moddasiga asosan, qarzdordan undirilgan puldan birinchi navbatda hujjatni ijro etish jarayonida qarzdorga solingan jarimalar tolanadi, ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari qoplanadi. Shundan ortib qolgan summa asosiy qarzdorlik summasini qoplashga qaratiladi. Davlat ijrochilari tomonidan tushunmovchiliklar tufayli kam miqdordagi qarzdorlikni undirish boyicha mamuriy javobgarlik qollanilmayapti. Bazan esa qarzdorlikni undirish boyicha mavjud amaliyot jarima qollamaslik bilan bogliq korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etishga olib kelmoqda.

Demak, hujjatni ixtiyoriy ijro etmaganlik uchun mamuriy jarima miqdorini qarzdorlikdan kelib chiqib belgilash talab etiladi. Huquqbuzarliklar uchun jazo muqarrarligini taminlash esa qarzdordan undirib olingan summalarning bir qismini asosiy qarzdorlikni qoplashga qaratish imkonini beradi. Natijada undiruvchining qonuniy manfaatlari taminlanadi. Fraksiyamiz azolari qonun barcha uchun birdek manfaatli bolgan meyorlar bilan toldirilishi tarafdori. Shundan kelib chiqib, mazkur qonun loyihasini birinchi oqishda qollab-quvvatlaymiz.

Deputatlar, shuningdek, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 287-moddasida nazarda tutilgan ichki ishlar tomonidan ushlab turish chorasi qollash mumkin bolgan huquqbuzarliklar royxatini 474 va 475-moddalar bilan toldirish taklifi boyicha ham oz fikr-mulohazalarini bildirdi. Sudlar hamda boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boyin tovlash bilan bogliq huquqbuzarliklar uchun mutanosib va muqarrar jazo belgilanishi taklifi fraksiya azolari tomonidan qollab-quvvatlandi.

Fraksiya yigilishida, shuningdek, Arxiv ishi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqida, Ozbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga ozgartirish va qoshimchalar kiritish togrisidagi va yana qator qonun loyihalari muhokama qilindi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: