Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 1 2 3
28.08.2018

MEN SAMARQAND DAVLAT MEDITSINA INSTITUTI TALABASIMAN

Samarqand meditsina institutiga kirish uchun juda qattiq tayyorgarlik ko‘rdim. Test sinovlari yaqinlashgan sari hayajonim ortib boraverdi. Ba’zilar menga «o‘qishga kira olmaysan», deb aytardi. Men ularga e’tibor qilmasdan o‘qidim. Test jarayonida biron kishini abituriyentlarga yordam berganini, qonun buzilish holatlarini ko‘rmadim. Shunday qilib, test javoblari chiqdi. 145 ball to‘plab, to‘lov-kontrakt asosida Samarqand davlat meditsina instituti pediatriya fakultetiga o‘qishga qabul qilindim. Mening bu yutug‘imdan yaqinlarim juda xursand. Ota-onam Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdan minnatdor bo‘lishdi. Barchamiz haqiqat borligiga, bilimi bor yoshlar o‘qishga kirishiga ishondik.

Samarqand davlat meditsina instituti haqida ko‘p eshitganman. Mazkur ta’lim dargohi Markaziy Osiyoda birinchi ochilgan meditsina instituti hisoblanadi. Bugungi kunda bu yerda nafaqat O‘zbekistondan, hatto chet ellardan ham talabalar kelib o‘qishi meni ruhlantirib yubordi. Birgina Janubiy Koreyadan 30 ga yaqin talabaning o‘qishini eshitib, hayratlandim. Shuningdek, Samarqand meditsina institutida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib o‘qitishning xalqaro standartlariga javob beradigan kredit-modul tizimiga o‘tilgan. Ana shunday nufuzli institut talabasi bo‘lganimdan faxrlanaman.

Men Samarqand davlat meditsina instituti talabasiman.

 

Zuhriddin OBLAYEV



DB query error.
Please try later.