O'zb  
 
28.08.2018

MENING TOSHKENTIM

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan joriy yil iyul oyida e’lon qilingan bu tanlov qisqa muddatda ko‘pchilik ijodkorlar etiborini tortdi. Buni tanlovga 400 ga yaqin ijodiy ish taqdim etilganidan ham bilsa boladi.

Eng yaxshi maqola, fotosurat, rasmlarda poytaxtimizdagi bunyodkorlik ishlari, gozal kocha va xiyobonlar, tarixiy obidalar, odamlarning quvonchlari aks ettirilgan. Ularni tomosha qilar ekansiz, zavqlanasiz, gururlanasiz, qalbingiz beixtiyor faxr-iftixorga toladi. «Bu — mening Toshkentim, mening poytaxtim», degan sozlar kongildan otadi. Tanlovni otkazishdan kozlangan maqsad ham shu edi aslida.

Foto yonalishida birinchi orin havaskor suratchi Saida Saidovaga berildi. Eng yaxshi rasm muallifi, deb toshkentlik maktab oquvchisi Aleksandra Kilayeva, eng yaxshi maqola nominatsiyasi boyicha Oila ilmiy jurnali masul kotibi Sadriddin Yoqubov golib, deb topildi. Boshqa yonalishlar boyicha eng kuchlilar elon qilindi.

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxojayev golib va sovrindorlarni tabrikladi va ularga mukofotlarni topshirdi.

Ziyoda JAMOLOVA



DB query error.
Please try later.