O'zb  
 
21.08.2018

SARALANGAN MAISHIY CHIQINDI TOPSHIRGANLAR UY-ROZGOR BUYUMLARI VA OQUV QUROLLARI BILAN RAGBATLANTIRILMOQDA

Angor tumanida «Bio texno eko» mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshlaganiga hali ko‘p vaqt bolmadi. Ikkilamchi tashlanmalarni yigish, saralash hamda ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur jamiyat ayni kunlarda Termiz shahri, Angor va Termiz tumanlarining 498 ming nafardan ortiq aholisi hamda mingga yaqin katta-kichik korxonalarga xizmat korsatmoqda.

Jamiyat tashabbusi bilan yaqinda Termiz shahrida yangi bioshoxobcha tashkil qilindi. Bu yerda turli korinishdagi chiqindilar cheklanmagan miqdorda qabul qilinayapti. Polietilen, shisha, yogoch, temir bolaklari, qogoz, oziq-ovqat tashlanmalarini saralangan holda topshirganlar uy-rozgor buyumlari va oquv qurollari bilan ragbatlantirilmoqda.

Shaharning Jayxun mahallasida 2 ming 300 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi, deydi jamiyat raisi orinbosari, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi Ilhomjon Boqijonov. Ottizdan ortiq umumiy ovqatlanish shoxobchasi va korxonalar mavjud. Shular etiborga olingan holda dastlabki bioshoxobchani foydalanishga topshirdik. Saralangan maishiy chiqindi topshirayotganlar safi kengayayotganidan xursandmiz. Xayrli ishdan kozlangan asosiy maqsad atrof-muhit tozaligiga erishish va xalqimizni ekologik madaniyatini oshirishdir.



Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.