O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
21.08.2018

OZBEKISTON XALQ SHOIRI HALIMA XUDOYBERDIYEVA

O‘zbek adabiyoti va madaniyati ogir judolikka uchradi.

Ozbekiston xalq shoiri, atoqli jamoat arbobi Halima Ummatqulovna Xudoyberdiyeva 2018 yil 17 avgust kuni 71 yoshida vafot etdi.

Halima Xudoyberdiyeva 1947 yilda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tugildi. 1972 yili Toshkent davlat universitetini, 1977 yili Moskva Oliy adabiyot kursini tamomladi.

U oz mehnat faoliyatini «Saodat» jurnalida bolim muharriri sifatida boshlab, uzoq yillar davomida ushbu nashrda bosh muharrir orinbosari, bosh muharrir lavozimlarida samarali faoliyat olib bordi. 1991-1994 yillarda Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi raisi vazifasida ishlab, mamlakatimizda ayollarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, onalik va bolalikni himoya qilish, oila institutini mustahkamlashga munosib hissa qoshdi. Yozuvchi nashriyotida, Guliston, Sanam jurnallaridagi ish faoliyati davrida adabiyotimiz va jurnalistikamiz rivoji yolida sidqidildan xizmat qildi.

H.Xudoyberdiyeva 1991-1995 yillarda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati sifatida mamlakatimiz mustaqilligining huquqiy asoslarini mustahkamlash yolida jonbozlik korsatdi.

Yorqin istedod egasi, ulkan soz sanatkori Halima Xudoyberdiyeva ozining sermazmun, badiiy yuksak sher va dostonlari, dolzarb mavzularga bagishlangan publitsistik maqolalarida aziz Vatanimiz va xalqimizga, azaliy qadriyatlarimizga mehr va sadoqat, motabar ayol va ona siymosiga ehtirom tuygularini beqiyos mahorat bilan tarannum etdi. Uning yorqin milliy ruh va hayotiy falsafa bilan yogrilgan betakror ijodi ozbek adabiyoti xazinasidan, el-yurtimiz qalbidan chuqur joy egalladi.

Ijodkor qalamiga mansub onlab badiiy yetuk asarlar dunyoning koplab tillariga tarjima qilindi.

Hassos shoira jahon va qardosh xalqlar adabiyotining kozga koringan namoyandalari asarlarini ozbek tiliga katta mahorat bilan tarjima qilib, milliy adabiyotimizni boyitishga salmoqli hissa qoshdi.

Halima Xudoyberdiyeva jonkuyar tashkilotchi sifatida jamoat ishlarida, yurtimizdagi madaniy va marifiy yangilanish jarayonlarida faol ishtirok etdi. Umrining oxiriga qadar Dugonalar jurnaliga rahbarlik qilib, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda fidoyilik namunasini korsatdi.

Bugungi kunda Halima Xudoyberdiyevaning ijod maktabida tarbiya olgan, ozbek adabiyotida ozining mustahkam ornini topgan koplab istedodli ijodkorlar uni ozlarining mehribon va talabchan ustozi deb etirof etadilar va qadrlaydilar.

Atoqli soz sanatkori Halima Xudoyberdiyevaning ozbek adabiyoti va madaniyatini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U Ozbekiston xalq shoiri faxriy unvoni, El-yurt hurmati ordeni bilan mukofotlangan edi.

Xalqimizning ardoqli farzandi, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Halima Xudoyberdiyevaning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.



SH.MIRZIYOYEV, N.YOLDOSHEV, N.ISMOILOV,

A.ARIPOV, S.SAIDOV, O.HOJIYEVA



DB query error.
Please try later.