O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.08.2018

MAKTABLAR YANGI OQUV YILIGA TAYYORMI?

Ushbu savolga javob olish maqsadida Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli ayrim talim muassasalarida bo‘ldik.

Navoiy viloyatida 353 umumtalim maktabi mavjud bolib, ularning 104 tasi bir,248 tasi ikki smenada va bittasi uch (!) smenada faoliyat korsatadi. 33 maktabda talim oluvchilar soni maktab sigimidan 50 foiz ortiqligi talim jarayoniga salbiy tasir korsatmoqda.

Viloyatdagi mavjud 353 maktabning 28 tasi toliq rekonstruksiyaga, 33 tasi kapital tamirga muhtoj. Shuningdek, 124 maktabda jismoniy tarbiya darslarini otish va oquvchilarning sport bilan shugullanishi uchun sport zali mavjud emas. 17 maktab hududining atrofi toliq oralmagani natijasida oquvchi-yoshlar xavfsizligi yetarlicha taminlanmagan.

Navoiy shahrining 18-kichik tumani hududida kop qavatli uylar barpo etilayotganiga qaramay, birorta ham qoshimcha maktab qurilmagan. Viloyatdagi aksariyat maktablar faoliyatini talab darajasida yolga qoyish uchun oddiy maishiy sharoitlar ham mavjud emas.

Viloyat boyicha 88 maktabni mahalliy byudjet mablaglari hisobidan joriy va mukammal tamirlash orqali yangi oquv yiliga tayyorlash kozda tutilgan bolib, 4,5 milliard somdan ziyodroq mablag ajratilgan bolsa-da, shu kungacha 2,5 milliard somdan ziyodroq mablag moliyalashtirilgan xolos! Hatto, ayrim maktablarda tamirlash ishlari hali boshlanmagan.

«Obod qishloq» dasturi doirasida Navbahor tumanining Qushqochdi qishlogidagi 4-umumtalim maktabiga 1,5 milliard somga yaqin mablag ajratilgan. Lekin afsuski, hozirgacha bu mablag umuman moliyalashtirilmagan. Mazkur maktabning 340 orinli eski binosi 2018 yil may oyida buzilgan, lekin bugungi kunda mablag ajratilmagani sababli qurilish ishlari umuman toxtab qolgan.

Navbahor tumanidagi 14-umumtalim maktabi direktori Bobur Rahimovning aytishicha, ushbu maktab 2014 yil investitsiya dasturi asosida kapital rekonstruksiya qilingan, lekin kimyo, biologiya, fizika kabinetlari maxsus oquv partalari bilan jihozlanmagan.

Fizika va kimyo laboratoriya jihozlari umuman ishlatilmagan, qadoqlangan holda saqlanmoqda, Informatika xonasidagi 15 kompyuter texnikasi internetga ulanmagan, kompyuter texnikalaridan dars jarayonida foydalanish darajasi ota past, fizikadan boshqa fanlardan yaratilgan elektron oquv resurslari mavjud emas, maktab atigi bitta proyektor bilan taminlangan xolos.

Tuman hokimligi tomonidan maktabni yangi oquv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlash boyicha 32 million somga yaqin mablag ajratilgan bolsa-da, moliyalashtirilmagani uchun tamirlash ishlari boshlanmagan.

Maktabimiz 120 oringa moljallangan, deydi Navbahor tumanidagi 38-umumtalim maktab direktori Jasur Temirov. Yangi oquv yilida 401 nafar oquvchiga uch smenada talim berishdan boshqa ilojimiz yoq. Maktabimizda xonalar yetishmaganligi uchun fizika, kimyo-biologiya fanlaridan laboratoriya mashgulotlarini otkazish imkoni mavjud emas.

Oquv-tarbiyaviy ishlar boyicha direktor orinbosari, manaviyat va marifat, psixolog va yoshlar yetakchisi uchun alohida xona ajratishning iloji yoq, oqituvchilar maktab koridorida otirishadi. Maktab kutubxonasi binoga qoshni bolgan sartaroshxonaga joylashtirilgan(?!).

Konimex tumanidagi mavjud 35 maktabni yangi oquv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlash boyicha 2 milliard somga yaqin mablag ajratilgan bolsa-da, bugungi kungacha umuman moliyalashtirilmagan. Natijada sakkizta maktab atrofini devor bilan orash, tortta maktabning tom qismini tamirlash, ikkita maktabning deraza romlarini almashtirish, onta maktabni ichimlik suvi bilan taminlash uchun quduq qurish va nasos ornatish ishlari boshlanmagan.

Tumandagi 14, 39-maktablarda sinf xonalari yetishmaydi, 23-maktab binosining tom, pol va devorlari achinarli holga kelib qolgan. 32-maktabning tom qismini korshapalak bosib, DSENM xulosasi bilan maktab binosi yopib qoyilgan.

Karmana tumanidagi 8-maktab direktori Abduhoshim Qarshiyevning aytishicha, kimyo xonasi 2010 yildan buyon jihozlanmagan, maxsus partalar ornatilmagan, elektr, suv va suv oqova tarmoqlariga ulanmagan, morikonli shkaf ornatilmagan, reaktivlar bilan 2006 yildan buyon taminlanmagan. U mazkur masalada mutasaddilarga bir necha bor murojaat qilsa-da, amaliy natija bolmagan.

Maktabning informatika xonasi 2007 yilda 15 ta kompyuter bilan taminlangan bolib, bugungi kunda ularning 3 tasi yaroqsiz holga kelgan. Internet tarmogiga ulanmagan. Kompyuterlarga fanlar kesimida elektron resurslar ornatilmagan, ulardan foydalanish samaradorligi past. Maktabda jami 915 oquvchi talim oladi, biroq darsliklar yetishmaydi.

Nurota tumanidagi 2-maktabda fizika laboratoriya jihozlari yetishmasligi sababli laboratoriya ishlarini otkazish imkoni yoq. Shuningdek, kimyo laboratoriyasi uchun 39 nomdagi asbob-uskunalarga ehtiyoj mavjud.

Yuqoridagi holatlardan shunday xulosa chiqarish kerakki, Navoiy viloyatidagi bir qator maktablar yangi oquv yiliga tayyor emas. Oquv yili boshlanishiga esa oz vaqt qoldi. Navoiy viloyati hokimligi, xalq talim mutasaddilari bu borada zudlik bilan chora-tadbirlar kormasalar, ushbu muammolar sozsiz talim sifatiga salbiy tasir korsatadi...



Ilhom SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: