O'zb  
 
21.08.2018

MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH MUHOKAMASI

Poytaxtimizda Oliy Majlis Senati Kengashi va xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining qo‘shma majlisi bolib otdi.

Oliy Majlis Senati raisi N.Yoldoshev, Prezident Davlat maslahatchisining birinchi orinbosari U.Muhammadiyev, Yunusobod tumani hokimi B.Abdusamatov, senatorlar, deputatlar, mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etgan tadbirda 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan maqsadlar doirasida barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari zimmasiga Yunusobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi yuklatilgani alohida ta’kidlandi.

Prezidentning joriy yil 15 avgustdagi «Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash boyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoniga muvofiq hukumat, vazirliklar, idoralar va shahar hokimligi zimmasiga poytaxtning investitsiyalar jalb etuvchanligini oshirish boyicha qator muhim vazifalar yuklatilgan edi.

Majlisda Toshkent shahar tumanlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholini qiynab kelayotgan muammolarni organish boyicha Respublika ishchi guruhining Yunusobod tumani boyicha axboroti tinglandi. Shuningdek, masul vazirlik va idoralar, tuman hokimligi rahbarlarining belgilangan vazifalarni ijro etish chora-tadbirlari haqidagi axborotlari muhokama qilindi. Joriy yilda hududdagi kop qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash boyicha olib borilgan ishlarga alohida etibor qaratildi. Unga kora, 40 mahalladagi 166 kop qavatli uy-joylarni tamirlash ishlari uchun kredit, byudjet mablaglari hisobidan 20,6 milliard som ajratilgan. Biroq shunday bolsa-da, soha xodimlarining organishlari davomida 14 avariya holatidagi kop qavatli uylar borligi, ushbu muammoga tez fursatda chora korish lozimligi boyicha soha xodimlariga zarur topshiriqlar berildi.

Yigilishda mahallalar raislariga ham hududida befarq bolmay, ijtimoiy ahvolni yanada yaxshilash, aholiga qulay sharoit yaratish borasida zarur vazifalar berildi, deydi Mirzo Ulugbek MFY raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ravshan Yusupov. Joylarda toy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarni tartibli otkazilishiga alohida etibor qaratish lozimligi qayd etildi. Shuningdek, aholi bandligini taminlash, hududni obodonlashtirish yuzasidan tizimli ishlarni olib bormoqdamiz.

Tadbirda tuman aholisi bandligini taminlash, yangi sanoat va xizmat korsatish korxonalarini tashkil etish, bosh turgan binolardan unumli foydalanish, kommunal xizmat korsatish sohalaridagi muammolar, ijtimoiy sohada yechimini kutayotgan masalalar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Tumanni kompleks rivojlantirish, aholini tashvishga solayotgan muammo hamda kamchiliklarni bartaraf etish ijrosini parlament, deputatlar va jamoatchilik tomonidan nazorat qilishni taminlash choralari togrisida qoshma qaror qabul qilindi.



Abdulaziz MUSAYEV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.