O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
16.08.2018

NORMA IJODKORLIGI YANADA TAKOMILLASHTIRILADI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yigilishida qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Prezidentimizning «Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash togrisida»gi farmoni va uning ijrosi yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar muhokamalarning asosini tashkil etdi.

Ta’kidlandiki, qonunchilik tahlili chuqur organilgan holda norma, yani qonun hujjatlarini ishlab chiqish qonun ijodkorligida muhim masala hisoblanib, ushbu hujjat deputatlarning amaliy faoliyati bilan uzviy bogliqdir. Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini taminlash maqsadida qabul qilinayotgan qaror va farmonlar, qonunlar xalqimiz hayotiga, jamiyatimizning barcha soha tarmoqlariga chuqurroq kirib borib, mamlakatimiz taraqqiyotiga sezilarli tasir korsatyapti. Ammo amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar jarayonida otgan yillar davomida shakllangan qonunchilik bazasida mavjud kamchiliklar sohalardagi ijtimoiy munosabatlarda yaqqol kozga tashlanib qolmoqda.

Fraksiya azolari ana shular haqida toxtalib, farmonning oziga xos jihatlari haqida atroflicha soz yuritishdi.



Bahrom OBIDJONOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Tan olish kerakki, umumiy tusga ega qonunlar kopligi, ularni amalga oshirishning muayyan mexanizmisiz ayrim qarorlarning qabul qilinishi davlat va jamiyat rivojiga salbiy tasir korsatmoqda. Ijtimoiy munosabatlarni asosan qonunosti hujjatlari bilan tartibga solishga togri kelmoqda.

Prezidentimiz farmoni ushbu kamchiliklarni bartaraf etib, tizimlashtirilgan qonunchilik bazasini shakllantirishga xizmat qiladi. Unda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan taminlanishini takomillashtirish, Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil royobga chiqarish maqsadi ilgari surilgan.

Farmonga muvofiq norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning asosiy yonalishlari belgilab berilmoqda. Jumladan, qonunchilik bazasini tizimlashtirish, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, meyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish nazarda tutilgan. Ularning ijrosi monitoringini takomillashtirish va bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ham qayd qilingan. Norma ijodkorligida aqlli tartibga solish modeli belgilarini qollash, mazkur faoliyatning institutsional asoslarini takomillashtirish ham asosiy yonalishlardan biri sifatida belgilandi.

Oliy Majlis palatalariga Hukumat bilan birgalikda uch oy muddatda meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini, ularga ilova qilinayotgan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyotini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Farmonning yana bir muhim jihati shundaki, norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boyicha maxsus komissiya tuzilishi belgilab qoyildi. Mazkur komissiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri rais etib tayinlandi. Komissiya bir oy muddatda qonunchilik bazasini toliq xatlovdan otkazadi. Bunda asosiy etibor aniq sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi (saylov tizimi, arxitektura va qurilish, talim, investitsiyalar, tadbirkorlik faoliyati va boshqalar) meyoriy-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish, idoraviy hujjatlarni imkon qadar qisqartirishga qaratiladi. Umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qollash amaliyotiga tasir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta korib chiqish, asossiz cheklovlar, ortiqcha mamuriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlari ham diqqat markazida boladi.



Bunyod ESHONQULOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Togrisini aytganda, milliy qonunchiligimizga zamonaviy usullarni joriy etish talab etiladi. Prezidentimiz farmoni esa tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etishga, uni yangilashga xizmat qiladi. Unga kora, Adliya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari zimmasiga 2019 yil 1 yanvarga qadar meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini yaratish, sinov tariqasida uni ishga tushirish vazifasi yuklatildi.

Ushbu vazirliklar Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasini yaratish asnosida, uni qayta modernizatsiya qiladi. Bunda milliy qonunchilikning mavzuli malumotnomasini takomillashtirish, havolalar yoki muayyan boshliqlar mavjudligini korsatib bergan havolaki normalarga ega bolgan meyoriy-huquqiy hujjatlar togrisidagi malumotlarni qoshimcha axborot sifatida korsatishga alohida etibor qaratiladi. Fuqarolar va tadbirkorlik subektlarining huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, xorijiy investorlar uchun muhim ahamiyatga ega hujjatlarning chet tillariga rasmiy tarjimasini taminlash kabi vazifalar amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, farmonda norma ijodkorligini takomillashtirish borasida yana boshqa vazirlik va idoralarga ham aniq vazifalar yuklatildi. Ular ijrosini taminlash esa mamlakatimizda puxta ishlangan, zamon talabiga toliq javob beradigan qonun ijodkorligi tizimini yaratish, shu asnoda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.



Feruza ESHMATOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Mazkur farmonning qabul qilinishi, avvalo qonun hujjatlarining mukammal yaratilishiga, qonun ijodkorligini yangi bosqichga chiqarishga, tahlillarga tayangan holda amaliyot bilan ijodiyotni birlashtirishga xizmat qiladi. Islohotlarning samarasi kop jihatdan qabul qilinayotgan meyoriy-huquqiy hujjatlarga bogliq ekan, unda aholi manfaatlari aks ettirilishi, huquqni qollashda murakkabliklar yuzaga kelmasligi lozim.

Mazkur farmonning mazmun-mohiyatini organish, farmon bilan tuzilgan norma ijodkorligi komissiyasiga yaqindan komaklashish borasida fraksiyamiz azolari oz fikr-mulohazalarini bildirib borishi kerak, deb oylayman. Fraksiyaning qonun ijodkorligini yanada oshirish borasida hamkorlik qiluvchi tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash, parlament huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikni kuchaytirish ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Farmon bilan norma ijodkorligida ilmiy-uslubiy yondashuvni, axborot-tahliliy taqdimotlarni kuchaytirish belgilanganligi qonun loyihasini tayyorlovchi subektlarning hamkorligini mustahkamlaydi. Fraksiyamiz mazkur farmon oz vaqtida qabul qilingan, deb hisoblaydi. Uni qollab-quvvatlagan holda hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etish tarafdorimiz.



Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.