O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
16.08.2018

BIRLASHGAN EL

(Tojikistonlik shoir Hasan G‘oyib she’riga tazmin)

Birlashgan daryolardan ummonlar yaralgaydir,

Orzu ham armonlardan osmonlar yaralgaydir.

El kutgan daholardan davronlar yaralgaydir,

El kutgan yangi davru davronlarga tasanno,

Yurt tinchligin oylagan oglonlarga tasanno.

Birlashmagan el doim xor bolar, talosh bolar,

Bunday elning bagri dog, kozlarida yosh bolar,

Bolar elning mardlari karvonlarga bosh bolar,

El dardini anglagan oglonlarga tasanno,

Yurt tinchligin oylagan sorbonlarga tasanno.

Bu dunyoda mard zotlar mardlarni birlashtirgay,

Ezgu orzu-niyatlar qalblarni birlashtirgay,

Mardlar yolboshchi bolsa, xalqlarni birlashtirgay,

El dardini anglagan oglonlarga tasanno,

Yurt tinchligin oylagan posbonlarga tasanno.

Esganday Zarafshonu Badaxshondan shamollar,

El konglida uygonur ezgu fikru xayollar.

Dunyo turguncha turgay, hech kormagay zavollar,

El dardini anglagan insonlarga tasanno,

Yurt tinchligin oylagan oglonlarga tasanno.

Ogamdirsan, inimsan, singlimdirsan jonajon,

Gul xandon, chehra xandon, uylaringdir charogon.

Gam kormasin hech qachon, duo aylang, onajon,

El dardini anglagan oglonlarga tasanno,

Yurt tinchligin oylagan sultonlarga tasanno.

Poyqadam qutlug der xalq azal rahnamolardan,

Boshlaridan nur yogsin toabad samolardan.

Asragil shu mulklarni baloyu qazolardan,

El dardini anglagan insonlarga tasanno,

Yurt tinchligin oylagan oglonlarga tasanno.



Sirojiddin SAYYID,

Ozbekiston xalq shoiri.



DB query error.
Please try later.