O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
14.08.2018

NABIRAM OZ BILIMI BILAN OQISHGA KIRGANIDAN XURSANDMAN

Bu yil bosh nabiram Madinaxon o‘z bilimi bilan Ozbekiston davlat jahon tillari universitetiga davlat granti asosida oqishga qabul qilindi. Buning sababi, avvalambor, bu yilgi qabul jarayonidagi shaffoflikdir.

Test bolib otadigan kunni oila a’zolarimiz bilan hayajonda kutdik. Nihoyat, 4 avgust kuni nabiram imtihonga kirdi. Onasi, yani qizim boshqa ota-onalar kabi kutish zalida test jarayonlarini monitordan kuzatib bordi. Men ham ertalabdan har yarim soatda qongiroq qilib turdim. Qizim bolsa: «Ota-onalar har xil gap-sozlar aytishayapti. Bilmadim, hamma umidimiz Xudodan», dedi.

Bu gaplarni eshitib, nahotki yana tanish-bilishchilik bolsa, deb chuqur iztirobga tushdim...

5 avgust kungi hayajonimni soz bilan ifoda eta olmayman. Telefondan kozimni uzmayman. Butun vujudim quloqqa aylangan. Oziyam, bir kun bir yilday chozildi. Mana, nihoyat kech soat 19:30 larda javob kelyapti: 170.7 ball, davlat granti!

Biz avvaliga ishonmadik, qayta-qayta tekshirdik. Men koz yoshlarimni toxtata olmasdim. Keyin duo qildim: Ey Xudo! Ozingga shukr! Nabiramning kechalari bilan uxlamay oqiganlarini, mehnatining samarasini kordik!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning barcha sohada adolat bolishi, odamlarning davlatga bolgan ishonchini mustahkamlash kerakligi haqidagi fikrlari hayotda oz ifodasini topayotganini korib, bilib turibmiz. Men barcha ota-onalar nomidan mamlakatimiz rahbariga oz minnatdorligimni bildirmoqchiman.

Bu yilgi test jarayonidagi tub ozgarishlar menga oxshagan oddiy fuqarolarda katta ishonch uygotdi, demak haqiqat bor ekan! Men bularni azbaroyi xursandligimdan yozayapman. Nabiram oz bilimi, salohiyati bilan oqishga kirganidan baxtliman.



Fayzulloxon HAMDAMOV,

I-guruh nogironi, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog tumani.



DB query error.
Please try later.