O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.10.2012

OzXDPNING MAQSADI VA GOYASI ANIQ

liberallar esa O‘zXDP dasturini chuqurroq organmay turib, yana asossiz da’volarni ilgari surmoqda

Kishini oylantiradigan, togrirogi, hayron qoldiradigan jihati shundaki, OzLiDeP faollari iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish bilan bogliq masalalarda OzXDP bilan siyosiy bahs-munozaraga kirishar ekan, bu borada partiyamizning dasturida belgilangan vazifalar bilan yaqindan tanishish lozimligini unutib qoymoqda.

Rivojlangan mamlakatlar bosib Otgan yOl, Oziga xos tajriba shuni kOrsatadiki, davlat boshQaruvini demokratlashtirish, kuchli fuQarolik jamiyatini Qurish Oz-Ozidan bOlmaydi. Buning uchun, ayniQsa, siyosiy partiyalar Goyaviy jiHatdan yetuk bOlishi, Oz dasturi va Saylovoldi dasturida mamlakatni ijtimoiy-iQtisodiy rivojlantirish bOyicha kompleks chora-tadbirlarni belgilab olishi, aniQ strategiya asosida faoliyat yuritishi zarur.

Tabiiyki, har bir siyosiy partiya oz dasturiy maqsadlarini amalga oshirish, elektorat manfaatini samarali himoya qilish uchun intiladi. Shu maqsadda mamlakatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishda oz goyasiga mos takliflarni ilgari suradi. Mamlakat barqaror taraqqiyotga erishishini taminlash boyicha siyosiy partiyalar yondashuvlarining turlichaligi oziga xos raqobat muhitini yuzaga keltiradi. Bu jarayonda siyosiy partiyalarning oz siyosiy raqiblari olga surayotgan goyalarni, ularning mazmun-mohiyatini chuqur tushunishi, shundan kelib chiqib, jiddiy va asosli bahs-munozaraga kirishishi demokratik islohotlar tizimliligini oshirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Ammo mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar ortasida goyaviy kurash va raqobat amaliy tus olayotgan bir paytda ayrim siyosiy partiya nashrlarida asosli bolmagan, aniq bir maqsadga qaratilmagan bir yoqlama mulohazalarning bildirilishi bahs-munozara saviyasiga putur yetkazmoqda. OzLiDeP nashri «XXI ASR» gazetasining joriy yil 18 oktyabr sonida elon qilingan XDP vakillari fikriga kora, tadbirkor erkin faoliyatdan emas, nazoratdan manfaatdor sarlavhali maqolada keltirilgan ayrim fikrlar buni yana bir bor tasdiqlab turibdi.

Maqolada xususan shunday deyiladi: Qizigi shundaki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishi birinchi galda ijtimoiy soha vakillarini qollab-quvvatlash imkonini sezilarli darajada kengaytirishini XDPchilar tushunib yetishiga yillar kerak boldi.

Bu bir qarashda muvaffaqiyat bilan aytilgan, nishonga urilgan gap. Kishini oylantiradigan, togrirogi, hayron qoldiradigan jihati shundaki, OzLiDeP faollari iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish bilan bogliq masalalarda OzXDP bilan siyosiy bahs-munozaraga kirishar ekan, bu borada partiyamizning dasturida belgilangan vazifalar bilan yaqindan tanishish lozimligini unutib qoymoqda. Aksincha, OzXDP dasturini, mamlakatni barqaror rivojlantirish bilan bogliq muhim masalalar boyicha unda belgilab qoyilgan yondashuvlarni tahlil qilishdan qochib, yengil-elpi sozamollikka berilib ketmoqda.

OzXDP mamlakatimiz mustaqil rivojlanish va taraqqiyot yolini aniq belgilab olgan istiqlolning dastlabki yillarida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, shu orqali ularning iqtisodiy jarayonlarda bevosita ishtirokini kuchaytirish boyicha aniq maqsad hamda vazifalarni belgilab olgan edi. Bozor iqtisodiyotini rivojlantirish bilan bogliq islohotlar jadal tus olayotgan bugungi davrda ham OzXDP bu pozitsiyasini ozgartirgan emas.

Ozbekiston XDPning III Qurultoyida, 1999 yil 8 oktyabrda qabul qilingan Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturida (yangi tahrir) iqtisodiy sohani erkinlashtirish, fuqarolarning yangi iqtisodiy munosabatlardagi ishtiroki darajasini oshirish, odamlarda mehnatsevarlik, ishchanlik fazilatlarini tarbiyalash, ijtimoiy loqaydlik va faqat davlatdan ehson kutish kabi holatlarga murosasiz qarshi kurash muhitini yaratish masalalari qatiy belgilab olingan edi.

Shuningdek, xalq va davlatning ravnaqiga xizmat qiluvchi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan xususiy tashabbuskorlik, tadbirkorlik va raqobat erkinligini qaror toptirish, kichik va orta biznesning erkin rivojlanishi, mulk va mehnatning barcha shakllarining huquqi va iqtisodiy tengligini taminlash, moliya-kredit tizimini takomillashtirish, mintaqaviy iqtisodiyot, ijtimoiy infratuzilma va xizmatlar sohasini majmuaviy rivojlantirish boyicha aniq vazifalar ishlab chiqilgandi.

OzXDPning 2005 yil 2 iyuldagi 5 qurultoyida qabul qilingan dasturida ijtimoiy yonaltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishni izchil davom ettirishga qaratilgan goya aniq takliflar asosida mustahkamlangan. OzXDP bu jarayonda Ozbekiston Respublikasining ijtimoiy adolat hamda qollab-quvvatlashga muhtoj fuqarolari manfaatlarini ifoda etish va himoya qilishni maqsad qilgan. OzLiDeP faollari OzXDP goyalari haqida yuzaki mulohaza yuritib, faqat mana shu jihatning oziga urgu berayapti. Masalaning mohiyatiga chuqurroq kirish orniga, asosiy maqsaddan chalgitishga urinayapti.

Holbuki, OzXDP dasturida bu maqsad iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida qanday amalga oshadi, degan savolga aniq javob bor.

Xususan, xomashyoni toplash va birlamchi ishlov berish boyicha, shuningdek, katta sarmoya talab qilmaydigan kosibchilik, xalq hunarmandchiligi va kasanachilikni rivojlantirish orqali ish orinlarini kopaytirishga alohida etibor berish; eng avvalo, qishloq xojalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida iqtisodiy konyuktura tebranishlariga tezkorlik bilan munosabat bildiradigan va oz faoliyatini tashkil etish uchun resurslarni kop talab qilmaydigan, mehnat qilishning eng qulay jabhalaridan bolgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisobiga ish orinlarini yaratishni faollashtirish belgilangan.

Shu orinda bir masala yaqqol oydinlashadi. Demak, liberallarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishi qay darajada foyda keltirishini XDPchilar tushunib yetishiga yillar kerak boldi, degan davosi mutlaqo asossizligi korinib turibdi.

Agar etibor bilan qaralsa, OzXDP dasturi uning asosiy goyasiga izchil va uzviy asoslangan. OzXDP qator loyihalarni amalga oshirish orqali ana shu masalalarni samarali hal qilishga intilib kelmoqda.

Bir soz bilan aytganda, OzXDP iqtisodiyotni jadal rivojlantirishda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish muhim ahamiyat kasb etishini avval ham, hozir ham yaxshi anglagan. Faqat bu borada oz goyasiga muvofiq tarzda OzLiDeP yondashuvidan boshqacha takliflarni ilgari suradi va ularning amalga oshishi uchun kurashadi. Shu orinda tabiiy savol tugiladi: Xosh, OzXDP takliflari, goyaviy qarashlarining qaysi jihatlarini OzLiDeP maqullamaydi? Partiyalararo raqobat jarayonida shu bilan bogliq masalalar ustida bahs-munozara yuritish har jihatdan maqsadga muvofiq boladi, deb oylaymiz.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: