O'zb  
 
14.08.2018

OLOV ASLO OCHMAYDI

Bobur ELMURODOV, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi:

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 10 avgust kuni poytaxtda qurilayotgan bir qator inshootlar, kopriklar, bogcha-yu shifoxonalar, Yozuvchilar uyushmasi azolariga atab barpo etilayotgan kop qavatli uylar bilan tanishar ekan, ijod ahli bilan ham suhbatlashdi.

Men televideniye orqali mamlakatimiz rahbarining xorij davlatlari boylab qilgan safarlarida tuzilgan bitimlarni sinchiklab kuzataman. Qiziqish sabab, Prezident bilan uchrashgan yoshlar, harbiy xizmatchilar va boshqa koplab soha vakillari bilan ham suhbat qurdim. Bu galgi uchrashuv, undagi fikrlar, talab va takliflar menda ozgacha taassurot qoldirdi. Bir davlatga yol ochish, shartnoma tuzish, ish orni yaratish... bu televizorda korganimdek oson yumush emas ekan.

Buning naqadar mashaqqatli ish ekanini suhbat jarayonida angladim. Negadir xayolimda bir voqea aylanaverdi, aylanaverdi. Prezidentimiz shu yil Olmazor tumaniga tashrifi chogida Ozbekiston karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markazida bolib, Karlar jamiyatining uch nafar azosiga Toshkent shahridan uy sovga qilgan edi. Uy sohiblari orasida tanishim Sirojiddin ham borligi uchun uni yoqlab borib, uzoq suhbatlashdim. Oshanda Sirojiddin uy kalitini olayotib, Prezidentga Angliyada bolib otadigan jahon chempionatida golib bolishni vada qilgan edi. Buni qarangki, u sozining ustidan chiqdi. Musobaqada raqiblariga imkoniyat qoldirmadi. U zaif eshituvchilar ortasida bolgan shohmot Olimpiadasida oltin medalni qolga kiritdi.

Yozuvchilar uchun qurilgan uylar qarshisidagi suhbat jarayonida, negadir ozimni Sirojiddinga oxshatdim. Bu muhtasham uylarda yashaydigan har bir ijodkor avvalo xalq oldida qarzdor ekanini his qildim. Ertami, kechmi biz ham millat egalarining tafakkuri, shuurini boyitadigan ijod namunalarini yaratib, bu qarzni uzishimiz kerak, deb oyladim. Aslidaku, adabiyotni taqdiri sanagan ijodkor hech bir ragbatsiz ham xalq oldida qarzdorligi rost. Ammo shuncha etibor va ehtiromning masuliyati yanada zalvorli.

Nega men xalqni manaviyatli bolishini xohlayman, chunki hech bir rivojlangan davlatni manaviyatsizlik ustiga qurib bolmaydi. Sizlardan iltimos va talab, bosh asar yozmanglar, kitobni mavqeini kotarishga, xalqimizni, bolalarimizni manaviyatli qilishga komaklashinglar...

Prezidentimizni ushbu sozlarini eshitganimda ochigi titrab ketdim. Ustozlarimiz akademik Naim Karimov, Ozbekiston Respublikasi sanat arbobi Ibrohim Gafurovlar bildirilgan katta ishonch va hurmat uchun minnatdorlik bildirar ekan, bu buyuk xalq oldida har bir ijodkor burchli ekanini takidladi. Men necha zamonlardan beri bir asar tarjimasiga qol urolmay kelayotgan edim, dedi Ibrohim Gafurov. Sizdagi joshqinlik, chorlov menga kuch bagishladi va osha ruh bilan Dostoyevskiyning «Aka-uka Karamazovlar» romanini nihoyasiga yetkazish arafasida turibman. Buning uchun sizga rahmat...

Yosh kitobxon tanlovi ham kopchilik yoshlarga kitob oqitgani rost. Bunga berilayotgan ragbatdan ham bilsak boladi. Prezidentimiz Men yoshlarning kitob oqishlari uchun kerak bolsa 20 ta mashina sovga qilishga tayyorman deganlarida, negadir uyalib ketdim. Axir kitobni odam ozi uchun oqiydi-ku. Kitob tabiiy ehtiyoj-ku, nahotki hamma biror ragbat uchun oqisa, degan achchiq oy otdi.

Tushundimki, soz ahli hech bir topshiriqsiz, manfaatsiz yonaverishi kerak. Men shu uchrashuvdan bir olov olganday boldim. Ishonamanki, uni aslo ochirmayman.



DB query error.
Please try later.