O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
09.08.2018

SARHISOB, REJALAR, TAKLIFLAR

Oliy Majlis Senati qo‘mitalari otgan 6 oy yakunlari hisoboti va kelgusidagi ishlar haqida matbuot anjumani otkazmoqda

Senatda korib chiqish uchun xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish bilan bogliq 9 qonun, Respublikamizning xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarni lavozimga tayinlash yuzasidan 23 masala, Senatning xalqaro faoliyatini rivojlantirish sohasida xorijiy hamkorlar bilan 50 dan ortiq uchrashuv...

Milliy matbuot markazida bolib otgan anjumanda Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qomitasi raisi Alisher Kurmanov shu va boshqa masalalar boyicha hisobot berdi.

Qayd etildiki, Qomita tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalar ijrosi yuzasidan tashqi ishlar vazirining axborotini eshitdi. Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi faoliyati monitoringi doimiy olib borilmoqda. Xususan, sohani rivojlantirish, mamlakatimizning turizm salohiyatini dunyoga keng targib qilish, sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish, turistlarni jalb etish imkoniyatini keskin oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan xulosalar ishlab chiqildi.

Shuningdek, yurtimizda investitsiya muhitini takomillashtirish boyicha axborot-tahliliy materiallar tayyorlanib, tegishli davlat organlariga yuborilmoqda. Senat tomonidan jahonning yirik banklari hamda moliyaviy institutlari vakillari bilan bolib otgan uchrashuvlar natijasida investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratishga, mamlakatimizda investitsiyaviy faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan takliflar tayyorlandi.

Anjumanda har bir yonalish boyicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Takidlandiki, shu yilning sentabr oyida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Ozbekistonga tashrifi kutilmoqda. Bu borada Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qizgin tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Tashrif doirasida yurtimizda «Ozbekiston-Belarus mintaqalari forumi» otkaziladi. Mazkur forum davlatlararo parlamentning kelishuvi asosida amalga oshirilmoqda. Unda mintaqa hayotiga oid iqtisodiy-ijtimoiy masalalar korib chiqiladi. Forumni tashkil etish ishlari parlament nazoratiga olingan.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari uchun yagona Silk road visasini joriy etish boyicha ish olib borilayotgani qayd etildi. Mazkur tashabbus Ozbekiston va Qozogiston ortasida muhokama qilinmoqda. Qoshni Qirgiziston va Tojikiston davlatlari ham bunga katta qiziqish bildirgan. Yaqin kelajakda ular bilan ham muzokaralar olib borish rejalashtirilgan. Bunga qadar esa, ichki tashkilot va idoralar ortasidagi kelishuvlar yakunlanishi, yol xaritasiga ega bolish talab etiladi. Buyuk ipak yolida joylashgan qadimiy shaharlar bilan yaqindan tanishish imkoni turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Agrar, suv xojaligi masalalari va ekologiya qomitasi sarhisobida esa Ormon togrisidagi va Osimliklar karantini togrisidagi qonunlar korib chiqilgani takidlandi. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi togrisidagi qonun ijrosini organish davomida veterinariya sohasida 1300 dan ziyod oliy malumotli kadrga ehtiyoj mavjudligi, respublikada chorvachilikka ixtisoslashgan besh mingdan ortiq fermer xojaligida va ikki mingga yaqin parrandachilik xojaligida veterinariya vrachi shtat birligi joriy etilmagani aniqlangan. Urug yetishtirish, dehqon-fermer xojaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va yana qator masalalarda huquqiy asosni takomillashtirish borasida ham chora-tadbirlar tizimli yolga qoyilgan.

Otgan davrda joylarda dehqonlar bilan faol ish olib borildi. Xususan, hosildorlikni oshirish va aholining tomorqa yerlardan foydalanishi organildi. Mart oyida Qashqadaryo viloyatiga safar vaqtida viloyatda tashkil etilgan ishchi guruhlar bilan birgalikda 2064 fermer xojaligiga ajratilgan dalalarda kuzgi boshoqli ekinlar yetishtirish, 65000ga yaqin aholining tomorqa yeridan foydalanish holati organilib, tahlil qilindi. Ulardan 899 holatda samarasiz foydalanilayotgani aniqlandi. Bu masalalar yuzasidan fermerlar va aholi ortasida keng tushuntirish ishlari olib borildi, muammolarni yechishda amaliy yordam korsatildi.

Suv taminoti ogir bolgan Shovot, Yangiariq, Qoshkopir va Xiva tumanlarida suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasi atroflicha organildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tasirchan choralar qollanildi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar Senat azolariga turli savollar bilan murojaat qilishdi. Oziq-ovqat xavfsizligi bilan bogliq masala qizgin bahs-munozaraga aylandi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida yetishtirilayotgan har qanday mahsulotga oxirgi narxni istemolchi belgilaydi. Bu esa asosiy etibor hajmga emas, sifatga qaratilishi zarurligini bildiradi. Dehqon va fermer eksportyorlar korgazmalarda muntazam ishtirok etsa, mahsulotlarni xalqaro talab darajasida qadoqlash, sotuvga tayyorlash, uni qutilarga joylashni organsa, eksportga yonaltirilayotgan mahsulotlarning narxi oshadi, dedi anjumanda ishtirok etgan mutaxassislar.

Bundan tashqari, eksportga yonaltirilgan qishloq xojaligi mahsulotlari uchun majburiy talablar eskirgan usul ekani qayd etildi. Yurtimizda 20 million tonnadan ziyod qishloq xojaligi mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ayni paytda mamlakatimizda mavjud sovitgichlar 600 ming tonna sigimga ega yani, umumiy mahsulotlarning 3 foizini uzoq muddat saqlash imkoniyatiga ega. Rivojlangan davlatlarda bu korsatkich 40-60, rivojlanayotgan davlatlarda esa 8-12 foizni tashkil etadi. Yetishtirilayotgan mahsulotlarni sifatli saqlash, dehqon-fermerlar daromadini oshirish maqsadida 2017-2021 yillarda 450 ming tonna sigimga ega sovitgichlarni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu esa qariyb 2 million tonna mahsulot eksportini yolga qoyish imkonini beradi.

Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qomitasi ham matbuot anjumani otkazdi. Unda joriy yil birinchi yarim yilligidagi faoliyat yakunlari va kelgusi 6 oyga moljallangan ustuvor yonalishlar haqida atroflicha soz yuritildi.

Jurnalistlar qomita hamda ular bilan doimiy ish olib boruvchi tashkilotlar vakillari va mutxassislardan ozlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar boyicha hamkorlik qilish masalalari kelishib olindi.

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga komaklashuvchi komissiya otkazgan anjumanda sarhisob, rejalar hamda takliflar qizgin muhokama etildi. Joylardagi muammolar, aholini oylantirayotgan masalalar boyicha OAV vakillari savollariga komissiya azolari batafsil javob berdi.



Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: