O'zb  
 
09.08.2018

OZBEKISTON VA TURKIYA PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 avgust kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqotda davlat rahbarlari Ozbekiston va Turkiya ortasidagi dostlik va strategik sheriklik munosabatlari yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Otgan yil oktabr oyida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiyaga va joriy yil aprel oyi oxiri — may oyi boshida Turkiya Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga tarixiy davlat tashriflari ikki tomonlama kop qirrali munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga kotarib, aniq amaliy mazmun bilan boyitgani alohida takidlandi.

Ozaro siyosiy muloqot faol rivojlanib bormoqda, mamlakatlarimiz xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlik qilmoqda, bir-birini qollab-quvvatlab kelmoqda.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaymoqda, ozaro savdo hajmi ortmoqda: joriy yilning birinchi yarmida ozaro tovar ayirboshlash qariyb ottiz foizdan ziyod oshdi.

Turkiyaning yetakchi sanoat kompaniyalari va banklari bilan birgalikda mamlakatimiz hududlarida, avvalo, yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish, energetika, transport-kommunikatsiya, logistika va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shaharsozlik, bank-moliya sohalari va boshqa ustuvor yonalishlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Ishbilarmon doiralar ortasidagi aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar jadal rivojlanmoqda.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning tomonlarni qiziqtirgan dolzarb masalalarini muhoqama qildilar, shuningdek, bolajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini korib chiqdilar.

Muloqot songgida davlat rahbarlari Ozbekiston va Turkiya ortasidagi dostlik va strategik sheriklik munosabatlarini, keng kolamli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga intilishlari qatiy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.



OzA



DB query error.
Please try later.