O'zb  
 
07.08.2018

MILLIARD-MILLIARD SOM MABLAGLAR HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHGA YONALTIRILADI

«Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Bugungi kunda bankimizning 86 filiali va 75 mini-banki respublikamizning barcha hududlaridagi 1,2 milliondan ortiq aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etib kelmoqda, deydi Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi orinbosari Aziz Nizomov. Joriy yil boshidan hozirgacha 955,7 milliard som miqdorida kreditlar ajratilishi taminlandi. Jumladan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan 237 loyihaga 65,8 milliard som, shuningdek, Prezidentimizning 2017 yil sentabrdagi Aholining kam taminlangan qatlamlarini qollab-quvvatlashga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga muvofiq aholi bandligini taminlash maqsadida 7572 fuqaroga 82,7 milliard som, hunarmandchilikni yanada rivojlantirish uchun bankning 4252 mijoziga 118,8 milliard som miqdorida kreditlar yonaltirildi.

Bundan tashqari, Har bir oila tadbirkor dasturi ijrosini taminlashga 1,2 milliard, tadbirkor ayollarni qollab-quvvatlashga 85,2 milliard, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini yolga qoyishlariga 9,8 milliard, xizmat korsatish va servis sohasini rivojlantirishga 395 milliard, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toldirishga 38,0 milliard hamda nooziq-ovqat istemol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni ragbatlantirishga 207,4 milliard som miqdoridagi kreditlar ajratilishiga erishildi.

Bank tomonidan xorijiy kredit liniyalari orqali tadbirkorlikka moliyaviy komaklashish, shu bilan birga chet el banklari tajribasini organish ishlariga ham alohida etibor qaratilgan. Jumladan, Qishloq xojaligini rivojlantirish xalqaro fondi (IFAD)ning Ozbekistonda sutni qayta ishlash tarmogida qoshilgan qiymat tizimini rivojlantirish loyihasi doirasida 3,3 million AQSh dollari miqdoridagi mablaglarni jalb qilish boyicha shartnoma imzolangan bolib, bugungi kunda loyihaning ozlashtirilgan 1,2 million AQSh dollari miqdoridagi mablaglari hisobidan Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida shu yonalishda tadbirkorlarga kreditlar ajratilmoqda.

Yangilik sifatida yana shuni aytish mumkinki, Bank boshqaruvi azolaridan iborat delegatsiya joriy yilning aprelida Italiya davlatining Fodjia shahrida bolib otgan Qishloq xojaligi va zootexnika boyicha Xalqaro yarmarkada qatnashdi.

Tadbirda Italiyaning bu boradagi tajribasini organish va joriy qilish maqsadida shu yilning 2 avgust kuni Italiya quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi va Pyachensa universitetining genetika boyicha mutaxassislari ishtirokida Buxoro shahrida quyonchilik sohasini sanoat usulida rivojlantirish boyicha seminar tashkil etilishi rejalashtirilganligi togrisida ham malumot berildi.



Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.