O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
07.08.2018

KOPRIKDAN YURAGIMIZNI HOVUCHLAB OTAMIZ DEYISHMOQDA NAVBAHOR TUMANIDAGI YUQORI BESHRABOD MAHALLASIDA YASHOVCHILAR

Mazkur mahallada to‘rt mingga yaqin aholi yashaydi, onga yaqin fermer xojaliklari bor. Mahallani tuman markazi bilan boglovchi koprikni ta’mirlatish uchun aholining shikoyat qilib bormagan joyi qolmadi hisob. Yillar davomida bu muammo boyicha mutasaddilarga qilingan murojaatlarga joyali javob olinmadi. «Borib koramiz», dasturga tushiramiz, degan vadalar mahalla ahlini zeriktirdi...

Gap shundaki, bundan qirq yil muqaddam Karmana-Konimex kanali ustiga qurilgan koprik hozir ayanchli ahvolga kelib qolgan. Undan nainki yengil mashinada, balki velosipedda otishga ham odam qorqadi.

Koprikni tamirlash masalasi har yili 3-4 marotaba kotariladi, deydi mahalla raisi Toxtamurod Dushanov. Uning temir tayanch qismlari sinib, yaroqsiz holga kelib qoldi. Har yili galla va paxta yigim-terimi mavsumida ulkan hajmli yuk mashinalari mana shu koprik ustidan otib qaytadi. Mashina otayotganida yuragimizni hovuchlab turamiz, biror kor-hol bolmasin deb. Mahallada yashovchi fermer, tadbirkor va oziga toq oilalardan pul yigib, 2-3 marta qolimizdan kelguncha koprikni tamirladik. Lekin qilgan mehnatlarimiz, yiqqan pullarimiz zoye ketdi. Chunki bu koprik maxsus texnikalar yordamida tamirlanmasa, boshqa iloji yoq ekan. Togrisi, koprik kimlarningdir umriga zomin bolishidan qorqamiz. Chunki kanaldan Navbahor va Konimex tumanlariga suv otadi. Undan oqayotgan suvning hajmini ozingiz tasavvur qilavering...

Yaqinda koprik qulab ketmasin, deb uni xarsang toshlar bilan yopib qoyishga majbur boldik, deydi shu mahallada yashovchi Tolqin Mahmudov. Lekin tuman markaziga boruvchi odamlar oz hayotlarini xavf ostiga qoyib bolsa-da, toshlarni surib, yana otib qaytishda davom etmoqda. Koprik yomonligi bois, taksilar biz tomonlarga qatnamay qoygan. 7-8 kilometr masofadan yukimizni yelkalab kelishga majburmiz...

Tez tibbiy yordam mashinalari mahallaga kelish uchun fermer xojaliklarining dala maydonlarini aylanib otadi. Mazkur koprik yonginasida viloyat ichki ishlar boshqarmasiga qarashli Navbahor tuman yongin xavfsizligi bolimi joylashgan. Biror joyda yongin chiqquday bolsa, ot ochirish mashinalari dalani aylanib borguncha, hamma narsa yonib kul boladi.

Shu orinda bir mulohaza. Koprik tamirtalab bolsa, yongin xavfsizligi bolimiga qarashli mashinalar unda qanday harakatlanadi?! Yuzlab odamlar bozor, shifoxona, ish, oqishga qatnash uchun ham ana shu koprikdan otishga majbur.

Mahalla keksalari bizdan ushbu muammoni viloyat hokimligiga, koprik qurishga masul bolgan idoralarga yetkazishimizni iltimos qildi. Balki, shundan song bu masalaga etibor qaratilar...



Ilhom SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.