O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
07.08.2018

AYOL NEGA OZ JONIGA QASD QILDI?

Biz hikoya qilayotgan voqea barchani dahshatga soldi. Hammaning ko‘z ongida ayol oz joniga qasd qildi. Bunday qadam tashlashga uni nima majbur qildi?

Kuz kelib, daraxtlar oz yaproqlarini toka boshlagan kunlarning biri. Baxmal tumanidagi Navqa qishlogida ayol oz joniga qasd qildi. Bir oy ichida uch nafar farzandidan ayrilgan bechora ona bu dunyoda yashab qolish uchun kuch topolmadi.

Amakisiga kelin bolgan bu ayol 2012 yil birinchi farzandini dunyoga keltirdi. Tutqanoq kasalligi bilan tugilgan bolasini bagriga bosib, yum-yum yigladi. Taqdirning shafqatsiz zarbasi oldida muallaq qoldi. 2014 yil ikkinchi bolasi ham tutqanoq kasalligi bilan tugildi. Ularni vrach qabuliga olib borib tekshirtirganda, ota-onaning yaqin qarindoshligi sababli bolalar nogiron bolib tugilganligi aniqlandi.

Ikki norasida nogiron bolasining begubor kozlariga termulgan ona hayotning ayovsiz sinovlari oldida nochor qoldi.

Qarindoshi bilan turmush qurib, bolalari sog tugilgan oilalar oz emas. Balki, uchinchi farzandimiz soglom bolar, degan umid bilan 2016 yilda uchinchi farzand korishdi. Ming afsuski, uchinchi bola ham kasal tugildi, bor-yogi uch kun yashadi. Toqqiz oy bagrida kotargan, ne-ne orzu-umidlar bilan dunyoga keltirgan norasidasini yerga qoygan onaning yurak-bagri qon boldi.

Afsuski, kop otmasdan 2012 yilda tugilgan 4 yoshli farzandi vafot etdi. 2014 yil tugilgan ikki yoshli bolasining yashab qolishidan umid qilgan bechora onaizor kechayu kunduz uning boshida parvona boldi. Ammo hayot shami ochib borardi. U uchinchi bolasini ham yerga qoydi.

Osmon uzoq, yer qattiq deyishadi. Butun orzu-havaslaridan, farzandlaridan ajragan onaizor koziga na ota-onasi, na turmush ortogi, na qarindosh-urugi korindi. Yuragi tilka-pora bolib, qanchalik katta gunoh ekanligini bilsa-da, joniga qasd qildi...

Qarindoshlar ortasidagi nikohning salbiy oqibatlarini tushunsak-da, hozirgacha bu illatdan qutulganimiz yoq. Shunga oxshash onlab taqdirlarning, jabrdiydalarning hayotiga guvoh bolmoqdamiz. Shu vaqtgacha «qizimiz begona bolmasin», tarzida qarindoshlar ortasidagi nikohlarga barham berilgani yoq. Lekin tahlillar va kuzatishlar, xulosalar bu holatga qat’iyan chek qoyishning vaqti kelganligini korsatmoqda. Bir haqiqatni hamma bilishini istar edim: hattoki oltinchi avlodga kelib ham qarindoshlikning asoratli korinishi yuzaga chiqishi tibbiyotda allaqachon isbotlangan.

Bugun yaqin qarindoshlar ortasida yuz berayotgan nikohlar barchani tashvishga solishi kerak. Biz nafaqat ota-onalarni, balki katta hayot bosagasida turgan yoshlarni ham ogohlikka, hushyorlikka chaqirishimiz zarur.



Yodgoroy XIDIROVA,

Baxmal tuman FHDYo bolimi mudiri.



DB query error.
Please try later.