O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.08.2018

POMPEO ETIROFI ORTIDAGI HAQIQAT

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo fikriga ko‘ra, Ozbekiston erkin jamiyatga aylanish sari qadam tashlamoqda

Janob Pompeo e’tiqod erkinligi taraqqiy etgan mamlakatlarda rivojlanish bolishini takidlab, bunga Ozbekistonni misol qilib korsatdi. «Etiqod erkinligi ilgarigiga qaraganda kengaygani bu mamlakat va jamiyat, shuningdek, butun mintaqaga ijobiy tasir korsatishiga ishonchimiz komil», dedi Pompeo yaqinda Vashington shahrida din erkinligi masalasiga bagishlab otkazilgan nufuzli xalqaro konfrensiyada.

Ushbu anjumanda Ozbekistondan ham katta delegatsiya qatnashdi. Ozbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Oliy Majlis Senati Raisining birinchi orinbosari Sodiq Safoyev, Inson huquqlari boyicha milliy markaz rahbari, akademik Akmal Saidov hamda Afgoniston boyicha maxsus vakil Ismatilla Ergashev Vashingtonda yuqori lavozimli rasmiylar bilan uchrashib, mamlakatning bugungi tashqi va ichki siyosati bilan bogliq jarayonlar togrisida batafsil malumot berishdi.

Vashington muloqotni yaxshi koradi. Yuzma-yuz samimiy suhbatlar global muammolarni hal etish uchun har doim ham kifoya emas, lekin dialog va muhokamalar Amerika siyosiy faoliyatining ajralmas qismi, ayniqsa, gap Ozbekistondek yangicha yonalishni tanlagan davlat haqida ketayotgan bolsa, deydi diplomatlar.

Pompeoning xalqaro anjumanda Ozbekiston haqida iliq fikr bildirgani aynan Toshkent — Vashington ortasidagi bugungi dialog kolami va ruhini korsatadi. Tramp mamuriyati Mirziyoyev mamuriyatiga ishonch bilan qaramoqda. Respublikaning rahbari va boshqa arboblari fikrlari organib borilmoqda va mana shu tasdiqlangan malumotlarga asoslanib, Ozbekiston bugun togri yolda ekaniga ishonch hosil bolmoqda.

AQSh ozini global maydonda etiqod erkinligi targibotchisi deb biladi. Xususan, Tramp mamuriyatining tashqi siyosatida bu mavzuga urgu katta.

Oq uy rasmiysi Jastin Kolbert Vashingtondagi Milliy axborot markazida otgan tadbirda sozlar ekan, Ozbekiston hukumati bugungi kunda diniy erkinlik singari nozik masalalarni ochiq muhokama qilayotgani tahsinga sazovor, dedi. Shuningdek, u Ozbekiston inson huquqlarini taminlash, bolalar mehnatiga barham berish, ijtimoiy adolatni taminlash yolidagi islohotlarda ulkan muvaffaqiyatga erishdi, degan yuksak bahoni berdi.

May oyida Ozbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Prezident Donald Tramp bilan muzokara olib borganida, uning yonida Diniy erkinlik boyicha maxsus elchi Sem Braunbek otirgan edi. Braunbekning yaqin kunlarda Ozbekistonga safar qilishi kutilmoqda.

25 iyulda Milliy matbuot markazida yangragan bayonotlar va jurnalistlar bilan olib borilgan munozara ertasiga Pompeo tomonidan qilingan nutqqa oz tasirini korsatdi. Xosh, Ozbekiston rasmiylari nima dedi?

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov dediki, etiqod erkinligini taminlash Ozbekiston uchun nihoyatda dolzarb vazifadir. Komilov AQSh siyosiy va ilmiy doiralari vakillari oldida qilgan nutqida inson huquqlari toptaladigan emas, hurmat qilinadigan, uzviy erkinliklar ezozlanadigan jamiyat qurishga bel boglaganmiz, dedi.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Amerika ommasiga bugungi qonunchilikni tushuntirar ekan, fuqarolarning erkinlik darajasini xalqaro meyor va qonunlarga javob berishini taminlaymiz, deya takidladi. Bugungi islohotlar jamiyatdagi muhitni liberallashtiradi, deya ishonch bildirdi u.

Senator Sodiq Safoyev sozlariga kora, repressiya beqarorlikka yetaklaydi. Erkinlikni taminlash, oz huquq va burchlarini yaxshi anglagan fuqarolarni tarbiyalash har bir davlat kelajagi uchun ota muhim. Ozbekiston buni yaxshi tushunadi va shu yoldan boradi.

Siyosiy muxolifat bolmagan muhitda yoshlar ekstremist guruhlarga qoshilib, shu tarzda oz muxolif qarashlarini namoyon etishi mumkin. Ozbekiston hukumati undan qorqmaydimi? Bu savolga Sodiq Safoyev quyidagicha javob berdi: Ekstremizmga siyosiy muxolifat deb qarash notogri. Odamlar oz qarashlari va takliflarini tinch yol bilan, demokratik tizimlar orqali bildirishi zarur. Ozbekiston demokratiya yolidan ketmoqda, yosh avlod ham, kattalar ham erkin tarzda yashaydigan jamiyat bolishini maqsad qilgan.

Inson huquqlari boyicha milliy markaz rahbari Akmal Saidov fikriga kora, respublika bu borada xalqaro organlar, xususan, BMTning tegishli agentliklari va boshqa tashkilotlar bilan yaqindan ishlayapti.

Qonunlar amaliyoti suv va havodek zarur, dedi deputat. Ularning ijrosini taminlamay turib, dunyoviylikni targib qilish mumkin emas. Demokratik institutlar ishlashi va samara berishi kerak. Talim va tarbiyadan tortib, jamiki boshqa jabhalargacha, barchasini isloh qilish va mustahkamlash lozim. Qonun ustuvorligiga erishish yolida qilinadigan ishlarimiz kop.

Strategik sheriklik huquq masalasida hamohanglik talab etadi, deydi rasmiylar. Ozbekiston uzoq payt oz siyosatini ochiq tushuntirishni istamagan edi. Endilikda uning rasmiylari dunyo kezib, xalqaro tillarda, masalan, inglizchada Ozbekistonning bugungi pozitsiyasini izohlab berayotgani progressga oddiy misol, deydi Garb diplomatlari.

AQShda Ozbekistondagi bugungi ozgarishlarga katta qiziqish bilan qaralmoqda va bu jarayonga yuqori baho berilmoqda.

Men yaqinda Ozbekistonda bolib qaytgan jurnalist sifatida aytishim kerakki, Pompeo etirofi ortidagi haqiqatlarni oz kozim bilan kordim.

Ozbekistonda hayotga yangicha yondashuvlar boshlangan, muhit ozgarmoqda. Xalq yangi goyalar bilan ruhlantirildi. Bular hammasi Ozbekiston taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishidan darak beradi.



Navbahor IMOMOVA,

Amerika ovozi teleradiosi jurnalisti.

Vashington.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: