O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
07.08.2018

ONA TARBIYASINING QUDRATI

Komila KAROMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

Tinchlikni saqlash uchun avvalo jinoyatchilikning oldini olish zarur. Buning uchun nima qilish kerak? Prezidentimizning mamlakatimizda jinoyatchilikning oldini olish va bu borada davlat idoralarining masuliyatini oshirish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishida ushbu masalaga alohida etibor qaratildi. Aytish kerakki, qobil yoki noqobil farzandlar ota-ona tarbiyasi mahsuli. Tarbiya taqdirni belgilaydi...

Elektr chiroqni kashf qilgan buyuk Tomas Edison bolaligida maktabdan kelib, onasiga oqituvchisi berib yuborgan maktubni tutqazadi va «Buni oqituvchimiz sizga berib yubordi», deydi. Ona maktubni oqir ekan, kozlaridan yosh oqadi. Bundan yosh Tomas xavotirga tushib, yigining sababini soraydi. Onasi javob beradi: Sening kuchli qobiliyating bor ekan. Mana eshit: Oglingiz ota iqtidorli, maktab unga va uning qobiliyatiga torlik qiladi. Shuning uchun oglingiz uyida talim ola qolsin!. Shunday qilib, Edison oz uyida onasidan talim-tarbiya ola boshlaydi. Oradan yillar otadi. U lampochkani ixtiro qiladi. Vaqti-soati yetib onasi vafot etadi. Onasining vafotidan keyin olim onasining javonidan maktub topib oladi. Ancha yil otgan bolsa-da, maktubni darrov taniydi. Bu – osha, maktabdagi muallimi yozib bergan xat edi. Edison xatni oqiy boshlaydi. Unda bunday deb yozilgan edi: Oglingiz ota beaql va qobiliyatsiz bola. Ertadan boshlab maktabga kelmasin!. Edison ancha vaqtgacha yigisini toxtata olmaydi. Song xotiralar daftariga quyidagi sozlarni bitib qoyadi: Edison haqiqatan aqlsiz bola edi, biroq onasining gozal tarbiyasi sababli istedod sohibiga aylandi.

Bundan korinib turibdiki, bir ogir gap bilan inson taqdirini ozgartirib yuborish mumkin. Yani, bola tarbiyasiga masul bolgan shaxs oqituvchining qopol xatosi tufayli Edison xatda tariflangani kabi qobiliyatsiz bolib qolishi mumkin edi. Onasining zukkoligi, fahmu farosati sabab bugun uni dunyo taniydi. Demak, farzand tarbiyasidagi har qanday shaxs ziyrak, aqlli va sabr-bardoshli bolmogi zarur.

Shu sozlarni yozayapman-u bolaligim, oquvchiligim yodimga tushdi. Oshanda barcha ota-onalar farzandini 1-sinfga Risolat Bozorova, Muyassar Karimova kabi oqituvchilar oqitayotgan sinflarga qoyishga intilar edi. Chunki ularning oquvchilari tartibda, ozlashtirishda hammaga ornak bolardi. Ular orasidan birorta bezori yoki tarbiyasi ogir bola chiqqan emas.

Endi oylayman... Sababi nimada edi? Oqituvchining mehrida. U oquvchilarni bolasidek ardoqlardi. Ularning ota-onasi, oilasi bilan qarindoshdek bolgan. Onasi kasalxonaga tushib qolgan bolani muallima uyiga olib ketar, koylakchasini yuvib, dazmollab, maktabga olib kelardi. Oqituvchi bilan tortishgan ota-onani, rosti, kormaganmiz...

Men ham Risolat Bozorova sinfida oqiganman. Bugungi erishganlarimning barchasi u kishining pand-nasihati, bergan bilimi, talim-tarbiyasi mahsuli, deb bilaman. Xato qilsak, jazolashdan kora togri yolni korsatgan, noorin xatti-harakatimizdan uyaltirgan, bolaligimizdanoq vijdonimizni uygotgan ana shunday ustozlar kerak jamiyatimizga. Chunki insonning qalbi gozal bolmas ekan, jinoyat qilganga jazo qollash kor qilmaydi. Korsatilgan ibrat namunasi koproq tasir qiladi. Shuning uchun har birimiz farzandlarimizga ornak bola olishimiz kerak.



DB query error.
Please try later.