O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
07.08.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HINDISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 avgust kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj xonimni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Ozbekiston va Hindiston ortasidagi dostlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Joriy yil iyun oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Sindao shahrida bolib otgan oliy darajadagi muzokaralar va uning yakunlari boyicha erishilgan kelishuvlar amaliy hamkorlikning yangi yonalishlarini belgilab olish imkonini berdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz ortasidagi keng kolamli, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi.

Farmatsevtika va tibbiyot, axborot texnologiyalari, qishloq xojaligi, turizm va boshqa tarmoqlarda qoshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Hindistonga bolajak davlat tashrifi Ozbekiston va Hindiston ortasidagi kop asrlik azaliy dostlik rishtalariga asoslangan munosabatlarda yangi davrni boshlash, ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori bosqichga kotarishga xizmat qilishi alohida takidlandi.

Mintaqaviy va xalqaro siyosatning tomonlarni qiziqtiruvchi dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovind va Bosh vazir Narendra Modining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Hindiston hukumati Ozbekistonda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohot va ozgarishlarni toliq qollab-quvvatlashi takidlandi.

Hindiston mamlakatimizning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyotni taminlash borasidagi tashabbuslarini yuksak qadrlashi va qollab-quvvatlashi qayd etildi.

Sushma Svaraj Hindiston Respublikasining Ozbekiston Respublikasi bilan kop qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi harakatlari qatiy ekanini takidladi.



OzA



DB query error.
Please try later.