O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
02.08.2018

MAQOM SANATI DUNYO XALQLARINI BIRLASHTIRADI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan «O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida»gi qarorga binoan har ikki yilda bir marta — 6-10 sentabr kunlari Shahrisabz shahrida otkaziladigan Xalqaro maqom sanati korik-tanloviga qizgin tayyorgarlik korilmoqda. Ushbu anjuman YuNESKO shafeligida otkaziladi.

Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Yozuvchilar uyushmasi, Ozbek milliy maqom sanati markazi hamkorligida xalqaro anjumanning ssenariy va badiiy dasturlari tuzildi. Anjuman doirasida Maqom musiqa sanati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan orni mavzusida otkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyaga ham tayyorgarlik korilmoqda.

Mazkur konferensiyada xorijiy davlatlardan ishtirok etadigan musiqashunos va maqomshunos olimlar, taniqli sanatkorlar, mutaxassislar hamda faxriy mehmonlar royxati shakllantirildi, ularni taqdirlash ssenariysi ishlab chiqildi.

Ozbekiston xalq hofizi Mahmud Tojiboyev rahbarligidagi saralash komissiyasi forumning www.maqomforum.uz saytiga xorijiy davlatlar vakillari tomonidan yuborilgan ijod namunalarini korib, oz xulosalarini bermoqda.

Hozirga qadar AQSh, Eron, Italiya, Afgoniston, Hindiston, Tojikiston, Qirgiziston, Xitoy, Isroil, Turkiya, Suriya, Belgiya, Germaniya va Belarus singari 60 dan ortiq xorijiy davlat vakillari anjumanda ishtirok etish xohishini bildirishdi.

6 avgust kuni Ozbekiston davlat konservatoriyasida Shahrisabzda bolib otadigan xalqaro maqom sanati anjumanida mamlakatimizdan ishtirok etadigan sanatkorlar, maqom ansambllari saralab olinadi.

Rashidaxon HASANOVA,

Ozbek milliy maqom sanati markazi matbuot xodimi.



DB query error.
Please try later.