O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
02.08.2018

CHEGARASIZ MATEMATIKA YOOLIBLARI

Toshkent shahridagi matematikaga ixtisoslashtirilgan «Erudite Education» xususiy maktabi jamoasi Bolgariyaning Nesebr shahrida maktab o‘quvchilari ortasida otgan xalqaro matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi. 19 mamlakatdan 1500 dan ortiq oquvchi qatnashgan olimpiadada 34 oquvchidan iborat bu maktab jamoasining 26 nafari golib va sovrindorlar safidan joy oldi. Ular 7 oltin, 14 kumush va 7 bronza, jami 28 medalni qolga kiritishdi.

Chegarasiz matematika olimpiadasi golib va sovrindorlari bilan tanishing: oltin medal — Daler Ismoilov, Shafin Shoismatov, Visola Rashidova, Bahodir Murodov, Omar Abdullayev, Humoyun Komiljonov, Nursaid Ahmedov, kumush medal Munisa Nazarova, Gozal Murodova, Mirabror Mirsiddiqov, Javohir Anvarov, Malika Abdurahmonova, Sugdiyona Ergashova, Javhar Shoismatov, Behruz Quvondiqov, Abdutolib Abdurahmonov, Aziza Abdurahmonova, Abdulloh Umarov va Abdulaziz Umarov; bronza medal Amirxon Ostonov, Kamoliddin Soliyev, Mustafo Inogomov, Muhammadrizo Hasanov, Viktoriya Nurullayeva, Shahrizod Fayzullayev, Mubina Abdumavlonova.

Oquvchilarimiz 4 yildan buyon Chegarasiz matematika nomli ushbu xalqaro olimpiadada ishtirok etib kelishadi, deydi maktab direktori Gulbahor Murodova. Mazkur olimpiadaning dastlabki uch turi onlayn tarzda otkazildi. Unda muvaffaqiyatli qatnashgan 34 nafar oquvchimiz Bolgariyada bolib otadigan final bosqichiga yollanma olishgandi. Olimpiadada erishgan yutuqlarimiz dars otish metodikamiz, dasturlarimiz togriligidan, oquvchilarimizni oqishga qiziqishi yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.

Maktabimizda bolalar toliq kun davomida oqiydi. Qoshimcha togaraklar ham bor. Shuningdek, oquvchilarimiz bir yilda 4 ta xalqaro olimpiadada qatnashadi. 10 yildan beri Moskvada bolib otadigan Intellekt nomli olimpiadaga, onlayn tarzda otkaziladigan Singapur xalqaro matematika olimpiadasi SASMOga hamda Osiyo xalqaro matematika olimpiadasi AIMOga qatnashamiz. Ushbu olimpiada musobaqalarida ham yaxshi natijalarga erishyapmiz. Hozirgi yutuqlarimizni butun jamoamizning birgalikdagi mehnati samarasi, deb bilaman. Oqituvchilarimizga bolalarni bolib berganmiz, har bir oquvchi bilan alohida ishlaymiz.

Olimpiadada oquvchilarga nostandart masala beriladi, shuning uchun ular darsdan song, alohida reja boyicha shugullanishadi, togaraklarimiz ham darsdan tashqari maxsus reja asosida boladi, deydi matematika fani oqituvchisi Zulfiya Mahmudova. Chegarasiz matematika olimpiadasiga birinchi imtihon kuzda topshiriladi. Javoblari chiqqach, ikkinchi imtihon qishda bolib otadi. Bahorda uchinchi tur boshlanadi, 20 ta savol beriladi. Ularning 10 tasi test tariqasida bolsa, 10 tasi masaladan iborat. Ballar yigilib finalda ishtirok etish uchun Bolgariyaga jonatiladi. Biz keyingi olimpiadaga bugundan boshlab tayyorgarlik koramiz. Maqsadimiz oltin medallarni yanada kopaytirish, farzandlarimiz ulug olimlar vorislari ekanini amalda korsatish.

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.