O'zb  
 
02.08.2018

PARTIYAMIZ TAYANCHI

Mamlakatimiz aholisining 64 foizini yoshlar tashkil etishini hisobga olsak, yurt taraqqiyoti ko‘p jihatdan navqiron yigit-qizlarga bogliq ekanini yanada teranroq anglaymiz. Darhaqiqat, bugun yoshlar mamlakatimizni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarining faol ishtirokchisiga aylanmoqda. Ularning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy bilimini oshirish, islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish — dolzarb vazifa. Bu davlat va jamoat tashkilotlari, jumladan, siyosiy partiyalar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.

Ozbekiston XDP Dasturiy goya va maqsadlarida ham yoshlarning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini yanada oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, kam taminlangan oilalarning iqtidorli farzandlarini ijtimoiy qollab-quvvatlash kabi vazifalar belgilab qoyilgan. Shundan kelib chiqib, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi mazkur jarayonda faol ishtirok etishga alohida etibor qaratib, «Istiqbol» yoshlar qanoti orqali yoshlar tashabbuslarini amalga oshirishga komaklashmoqda.

Xususan, Yosh siyosatchi korik-tanlovi, Hayot gozal, yashash baxt, Jaholatga qarshi marifat, Jinoyatsiz kelajak sari, Yoshlar kelajak tayanchi, Yoshlarni yot goyalar va turli qarashlar tasiridan asrash maqsadimiz kabi loyihalar orqali yigit-qizlar bilan muloqotga kirishib, ularning muammolari organilyapti. Birgina, joriy yilda Yosh siyosatchi tanlovining shahar va tuman bosqichlarida minglab tengdoshlarimiz ishtirok etish istagini bildirgan. Ular orasidan eng bilimli, zukko, intellektual salohiyati yuksak bolgan 200 nafari saralab olindi.

Istiqbol yoshlar qanoti tomonidan otkazib kelinayotgan mazkur tanlov kelgusida siyosatchi bolaman, degan yigit-qizlarga yaratib berilgan katta imkoniyatdir.

Yurtimizda mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy texnologiyalarni ozlashtirishga qodir, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida yoshlarni tarbiyalashning mukammal tizimi yaratilmoqda. Bu partiyamiz tomonidan otkazilayotgan uchrashuvlarda, seminar trening, davra suhbatlarida ham namoyon bolmoqda. Ammo oramizda jinoyat olamiga kirib qolayotgan, ongini yot goyalar egallab olganlar ham yoq emas. Yigit-qizlarni qiziqtirayotgan, ularning savollariga javob topishga hissa qoshuvchi mavzularni oylashimiz, ana shu asosda tadbirlar rejasini ishlab chiqishimiz zarur. Har oyda otkazilayotgan davra suhbatlari, uchrashuvlarda zerikarli usullardan ancha chekindik. Tengdoshlarimiz bilan erkin muloqot jarayonida jinoyatning kelib chiqish sabablari hamda uning oldini olish borasidagi takliflar muhokama qilinmoqda. Kelgusida bu yonalishdagi ishlarimizni yangi bosqichga, zamonaviy korinishga olib chiqishimiz lozim.

Ommaviy madaniyat, Globallashuv jarayonlari va shunga oxshash tushunchalar mohiyatini, aniq mazmunini anglab yetish uchun albatta insonda goyaviy, mafkuraviy tafakkur shakllangan bolishi darkor. Shu manoda joylarda, ayniqsa, eng olis hududlarda ham tizimli uchrashuvlar, davra suhbatlari otkazilyapti. Targibot tasirchanligini oshirish maqsadida mutaxassislar tomonidan interaktiv mashgulotlar, videofilmlar yordamida mavzularni kengroq ochib berishga harakat qilinyapti. Yoshlar oz fikr va takliflari bilan faol ishtirok etayotgani quvonarli holdir.

Muxtasar qilib aytganda, Ozbekiston XDP oz elektorati, xususan, yoshlar vakillari bilan ishlashning samarali va tasirchan mexanizmlaridan foydalanmoqda.

Oydiniso HAYITOVA,

OzXDP Markaziy Kengashi axborot xizmati bosh mutaxassisi.



DB query error.
Please try later.