O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
02.08.2018

TEST SINOVLARI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDAGI DADIL QADAM

Mamlakatimizning barcha hududlarida 1 avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishiga kirish uchun test sinovlari boshlandi.

Yurt taraqqiyoti yuksak bilim va kasbiy malakaga ega, zamon ruhi bilan hamnafas, soglom va teran tafakkurli, raqorbatbardosh kadrlar salohiyatiga bogliq. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan talim sohasida olib borilayotgan islohotlar oqitishning barcha boginlari kabi oliy talimni ham tubdan takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi «Respublika oliy talim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini otkazish tartibini takomillashtirish togrisida»gi qarori bu yonalishda avvallari misli korilmagan tub ijobiy ozgarishlarni amaliyotga joriy etish imkonini bermoqda. Unga kora, 2018/2019 oquv yilidan boshlab oliy talim muassasasiga qabul qilish boyicha kirish test sinovlarini 1 avgustdan 15 avgustgacha bolgan davrda otkazish, sinov natijalarini test otkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida elon qilishga alohida etibor qaratilmoqda. Shuningdek, abituriyentdan alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, sanat, dizayn, tasviriy va amaliy sanat, sanatshunoslik, musiqiy talim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi talim yonalishlariga qabul qilishda ijodiy imtihonlar orqali amalga oshirish yolga qoyildi.

Shuningdek, joriy yilda birinchi marta 2018/2019 oquv yilidan boshlab, oliy talim muassasasiga oqishga qabul qilish boyicha kirish test sinovlari Toshkent shahrida Ozekspomarkaz milliy korgazmalar majmuasi pavilonlari, Ozkorgazmasavdo majmuasi, oliy oquv yurtlariaro sport kompleksi kabi katta sigimdagi binolarda, viloyat markazlaridagi Olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sigimdagi binolarida otkazilayapti. Test jarayonining maksimal darajada oshkora va shaffofligini taminlab, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlarning ota-onalari onlayn rejimda kuzatib borishlariga imkoniyat yaratilgani ham etiborga molikdir.

Respublika oliy talim muassasalariga kirish uchun test sinovlarini otkazishning moddiy-texnik taminoti bilan bogliq masalalar ham butunlay qaytadan korib chiqildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi test sinovi natijalarini tezkor oqishga moljallangan eng zamonaviy texnik uskuna va jihozlar bilan taminlandi. Bu esa natijalarni qisqa fursatda elon qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 4 iyunda qabul qilingan ?018/2019 oquv yilida Ozbekiston Respublikasining oliy talim muassasalariga oqishga qabul qilish togrisidagi qaroriga muvofiq 2018/2019 oquv yilida Ozbekiston Respublikasi oliy talim muassasalariga oqishga qabul qilish boyicha umumiy kvota bakalavrlar uchun 69 ming 200 nafar, shu jumladan, davlat grantlari boyicha 17 ming 654 nafar va tolov-kontrakt asosida 51 ming 546 nafar etib belgilandi. Maxsus sirtqi va kechki bolimlarda ham oqishlarning tashkil etilgani, bir qator oliy talim dargohlarining joylardagi filiallari, yangi oquv dargohlarining ochilgani yoshlarning bilim olish yolidagi imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Joriy yilda yurtimiz oliy talim maskanlariga abituriyentlardan 675 ming 49 ta ariza kelib tushdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi malumotlariga kora, abituriyentlardan eng kop hujjat kelib tushgan oliy talim dargohlari safida Qarshi, Samarqand, Fargona davlat universitetlari peshqadamlik qilmoqda. Konkurs eng katta bolgan oliy oquv yurtlari sifatida esa Toshkent tibbiyot akademiyasining Fargona filialiga 1 oringa 23,2, Andijon mashinasozlik institutiga 1 oringa 18,3, Toshkent davlat texnika universitiyetining Termiz filialiga bir oringa 17,6 ariza togri kelmoqda. Joriy yilda abituriyentlar Ozbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Ipak yoli turizmi xalqaro universiteti, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti kabi yangi oliy talim maskanlariga hujjat topshirish imkoniga ega boldilar.

...Ertalabki soat 8.00. Poytaxtimizda oliy talim dargohlarining bakalavriat yonalishi boyicha test sinovlari Ozekspomarkazning bir necha pavilonlari, Ozkorgazmasavdo majmuasi, Oliy oquv yurtlariaro sport majmuasi, Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati, Olimpiya zaxiralari kolleji kabi katta sigimdagi binolarda bolib otdi.

Majmuaga yondosh hududda abituriyentlarning ota-onalari uchun ham zarur barcha sharoitlar yaratib berildi. Shu yerning ozida ornatilgan maxsus monitorlar orqali test sinovlari jarayonini bemalol kuzatish imkoniyati yaratildi.

— Qizim Muxlisa bu yil oliy oquv yurtiga ilk marta hujjat topshirdi, deydi namanganlik Malohat Tursunova. Barcha jarayonlarda ochiqlik, shaffoflikning taminlangani yurtimizda korrupsiyaning oldini olish, unga yol qoymaslik yolidagi amaliy qadamlardan ekani barchaga manzur bolmoqda.

Testdan chiqib kelayotgan yoshlarga yuzlandik.

Savollar aniq, londa ifoda etilgan, deydi samarqandlik Muhriddin Kalonov. Ularni qayta-qayta oqib, magzini chaqishga hojat qolmagan. Testni muvaffaqiyatli yechish barchaning bilim darajasiga bogliq ekanini bu jarayonda yaqqolroq sezilmoqda. Rostini aytganda, avvallari ayrim abituriyentlar va bazi nopok kimsalar mugombirlik, olgirlik, girromlik boyicha bilimini testlarda sinovdan otkazar edi. Hozir bunday kongilsiz holatlarning ildizi butkul bartaraf etilganiga guvoh boldik.

Darhaqikat, bu yilgi testlarning xolis, haqqoniy va adolatli tarzda tashkil etilgani keng jamoatchilik, ota-onalar, yoshlarning etirofiga sazovor bolmoqda.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov ishtirok etdi.

N.USMONOVA,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.