O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
02.08.2018

OZBEKISTON PREZIDENTI YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI PREZIDENTINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabartini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Ozbekiston bilan YeTTB ortasidagi ozaro manfaatli hamkorlik yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

Otgan yil mart oyida Toshkentda bolib otgan uchrashuvdan keyin tomonlar birgalikda keng kolamli ishlarni amalga oshirib, dastlabki aniq natijalarga erishdilar.

Bu davrda bank tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun umumiy qiymati 190 million dollardan ziyod kredit mablaglari ajratildi.

Bugungi kunda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va uy-joy qurish, energetika tarmogi va kommunal xojalik obektlarini modernizatsiya qilish, biznesni qollab-quvvatlash va boshqa yonalishlarda umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq istiqbolli loyihalar korib chiqilmoqda. Shundan qiymati 600 million dollargacha bolgan loyihalarni yaqin oylarda maqullash rejalashtirilmoqda.

Joriy yil sentabr oyida qabul qilinishi moljallangan YeTTBning Ozbekiston bilan hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish ishlari yakuniga yetmoqda.

Bundan tashqari, otgan yil noyabr oyida bankning Toshkentdagi vakolatxonasi oz faoliyatini tikladi, mamlakatimiz hududlarida uning filiallarini tashkil etish kozda tutilgan.

YeTTB ekspertlari mamlakatimizda xorijiy moliyaviy institutlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini tayyorlash va hayotga tatbiq etish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi tartibni ishlab chiqishda faol qatnashdi.

Shuningdek, Ozbekistonda energetika sektorini isloh qilish va qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish boyicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqish borasida birgalikda ish olib borilmoqda.

Uchrashuvda ozaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, avvalo, asosiy tarmoqlardagi islohotlarni qollab-quvvatlash va ularning strategiyasini ishlab chiqish, korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlash, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish, hududlarni kompleks rivojlantirish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xususiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan yangi dastur va loyihalar bilan boyitish masalalari muhokama qilindi.

Suma Chakrabarti Ozbekistonda davlat va jamiyat qurilishi sohasida yangi bosqichda amalga oshirilayotgan, mamlakatning barqaror rivojlanishini taminlash, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga, shuningdek, Ozbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qilayotgan islohot va ozgarishlarni, iqtisodiyotdagi liberallashtirish jarayonlarini yuqori baholadi.

YeTTB rahbari Ozbekiston Prezidentining ozaro manfaatli va samarali mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni taminlashga qaratilgan tashabbuslari muhim ahamiyatga ega ekanini takidlab, ularni qatiy qollab-quvvatlashini bildirdi.

Davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik izhor qilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli yangilanishlarni qollab-quvvatlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida bankning Ozbekiston bilan sherikligini yanada kengaytirishga tayyor ekanini takidladi.

OzA



DB query error.
Please try later.