O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31.07.2018

100 DAN ORTIQ QADIMIY VALYUTA HAMDA NOYOB TANGALAR 60 GA YAQIN MAMLAKATDAN KELTIRILGAN...

Ajoyib odamlar bor. Kimdir uy-joy qurishga qiziqsa, boshqa birov avtomashina oshuftasi hisoblanadi. Marka yig‘ishga ishqibozlar, kutubxona tashkil etayotganlar ham kopchilikni tashkil qiladi. Mojizalarga oshno qalb egalarini bugun istagancha topish mumkin.

Denov tumanining «Lolazor» mahallasida istiqomat qiluvchi Izzatoy Azimovani noyob xazina sohibi, deyish mumkin. Mehnat faxriysining xonadonida dunyoning 60 ga yaqin mamlakatidan keltirilgan mingdan ortiq valyuta hamda metall tangalar saqlanmoqda. Nodir va betakror javohirotning har biri oziga xosligi bilan ajralib turadi. Noyob hamda aslligi bilan odamni maftun qiladi.

— Yoqubjon Murodov bilan 1970 yilda oila qurganmiz, deydi Izzatoy Azimova. Olti nafar farzandni voyaga yetkazdik. Turmush ortogim kop yillar 84-umumta’lim maktabida tarix fanidan saboq bergan. Gul va qushlarni kopaytirish, bog yaratish u kishining sevimli mashguloti edi. Ayniqsa, valyuta va tangalarni yigishga havasmand bolgan. Gollandiya lolasi, yapon xorozi, Rossiyaning metall tangasi va Afgonistonning afgoniysi shular jumlasidan. Hindiston, Pokiston, Polsha, Tojikistondan keltirilgan mevali daraxtlar allaqachon hosil bergan bolsa, Qozogiston, Qirgiziston, Turkmanistonning turfa gullaridan kozlar quvnaydi. Yuzlab valyuta va tangalarga hatto xorijlik sayyohlar ham maftun bolishmoqda.

Mingdan ortiq durdonaning 600 dan ziyodi mis va kumush tanga, 400 dan ortigini banknotlar tashkil qiladi, deydi hamrohimiz, 84-umumtalim maktabining tarix fani oqituvchisi Sherzod Ismoilov. Ularning har biri otmish tilsimlarini ochgandek bolaveradi. Masalan, Yaroslav Mudriy aksi tushirilgan mana bu yirik metall tanga miloddan avvalgi 300-yillarda zarb qilingan bolsa, Aleksandr Makedonskiy davriga oid chaqalar on donadan ortiq ekan...

Ming yillardan sozlaguvchi nodir asotirlar orasida milliy valyutamiz 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 1000, 5000, 10000, 50000 som bolgan pul kupyuralari hamda 1, 3, 5, 10, 25, 50 va boshqa qiymatdagi metall tangalarga alohida orin berilgani bizni quvontirdi. Shu bilan bir qatorda 1, 2, 5, 10, 25, 50, 100, 1000, 10000 qiymatdagi Armaniston drami, Belorus rubli, Birlashgan Arab Amirliklari dirxami, Bolgariya levi, Iroq dinori, Ozarbayjon manati, Turkiya lirasi, Hindiston rupiysi, Quvayt dinori, Qizgiziston somi va boshqa yurtlarning valyutayu tangalarini ham kordik. Ularning korinishi va olchamlari ham turlicha, deng. Biri kichikroq bolsa, boshqasi shapaloqdek keladi. Ranglari ham oziga xos kokish, sargish, toq yashil... Siz ham dunyo mujdalaridan bahramand bolishni istasangiz, albatta, ustoz xonadoniga bir keling!

Uyimizda mingga yaqin kitob ham bor, deydi Alisher Murodov. Padaru buzrukvorimiz 2009 yil 60 yoshda olamdan otgan bolsa-da, avlodlarga bebaho xazina qoldirdilar. U kishining ishlarini davom ettirish maqsadida muzey tashkil qilishni niyat qilib yuribmiz. Denov tuman hokimligi tomonidan maxsus joy ajratilsa, nafaqat denovliklarni, balki boshqa shaharlar va yurtlardan kelgan mehmonlarni ham hayratga soladigan muzey bolardi.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.