O'zb  
 
31.07.2018

MEHNAT YARMARKASIDA MINGDAN ORTIQ ISH ORNI TAKLIF ETILDI

«O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tomonidan ilk bor Yoshlar ishga taklif etiladi shiori ostida bosh ish orinlari yarmarkasi tashkil etildi. Unda jamiyat tarkibiga kiruvchi 49 korxona va tashkilot mingdan ortiq bosh ish orinlari bilan ishtirok etdi.

— Prezidentimizning Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni sohada yangicha yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, deydi Ozbekenergo aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi orinbosari Jahongir Obidjonov. Ushbu yarmarka bilan bir vaqtda respublikamizning barcha viloyatlarida jamiyat tarkibiga kiruvchi tashkilot va korxonalarda ham tashkil etildi. Fuqarolarning ishga joylashish huquqlarini aks ettiruvchi va mehnatga haq tolash, uning me’yorlari togrisidagi stendlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini taminlashda mehnat qonunchiligidagi imtiyozlar aks ettirilgan bukletlar yarmarka ishtirokchilariga tarqatildi va tavsiyalar berildi.

Hozirgina oz mutaxassisligim boyicha ishga joylashdim, deydi hayajonini yashira olmasdan Berdax Aytmuratov. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining energetika yonalishini tamomladim. Ushbu mehnat yarmarkasi haqida bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali elon qilingan edi. Togrisini aytsam, ish topa olamanmi-yoqmi degan hadik bilan keluvdim. Ammo ozimga munosib ish topganimdan juda-juda xursandman. Fursatdan foydalanib, tashkilotchilarga minnatdorlik bildiraman.

22 bosh ish orni bilan ishtirok etayapmiz, deydi Toshkent issiqlik elektr markazi bolim mudiri Husan Yoqubov. Hozirgacha 18 ta oringa ishga olish boyicha yollanmalarni taqdim etdik. Bundan tashqari, yoshlarga huquqiy maslahatlar ham berildi.

Erta tongdan ish topish maqsadida mehnat yarmarkasiga kelgandim, deydi Toshkent davlat texnika universitetining issiqlik energetika yonalishini yaqinda tamomlagan Saidazimxon Mamarasulov. Hozirgina Toshkent issiqlik elektr markaziga ishga kirish boyicha yollanmani oldim. Bundan juda xursandman. Tort yil davomida tahsil oldim. Endi ishlab, oilamni moddiy jihatdan qollab-quvvatlamoqchiman. Maoshim oyiga bir milliondan koproq bolarkan.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.