O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31.07.2018

MAHALLA RAISI NEGA QOTILLIKKA QOL URDI?

Samarqand viloyatidagi Darg‘om kanalidan erkak kishining jasadi topildi. Fuqaroning chokish yoki baxtsiz hodisa qurboni bolmagani uning tanasidagi jarohat izlaridan ma’lum edi.

Huquq-tartibot idoralarining kuch va vositalari ushbu jinoyatni ochishga safarbar etildi. Qilni qirq yoruvchi xodimlar, avvalo, marhumning shaxsini aniqlash, songra olim sabablarini surishtirishga kirishdi. Ushbu jarayon davom etayotgan paytda Samarqand shahrida egasiz qoldirib ketilgan avtomashina topildi. Bu mudhish jinoyat kalavasining uchini topishga yordam berdi. «Neksiya» Urgut tumanida yashovchi fuqaroga tegishli bolib, u aynan Dargom kanalidan topilgan marhum ekani malum boldi.

Tezkor qidiruv-surishtiruv ishlaridan jinoyat tafsilotlari va bu mudhish qotillikka qol urgan shaxslar aniqlandi. Voqea mashina topilgan Samarqand shahrida emas, Urgut tumanining Taroqli mahallasida sodir bolgan ekan.

...Taroqli mahalla fuqarolar yigini raisi A.Olimov shu mahallada yashovchi R.Dolanovadan (jinoyatga aloqador ism-shariflar shartli) 2015 yilda 1 ming dollar qarz oladi, ammo vaqtida qaytara olmaydi. Kunlarning birida R.Dolanova mahalla raisiga qongiroq qilib, fuqaro B.Berdiyev uni doimiy ravishda haqoratlab, xorlab kelayotganini aytadi. Shundan song ikkovlon B.Berdiyevdan och olishni rejalashtiradi va bu ish amalga oshsa, R.Dolanova mahalla raisining qarzidan voz kechishini bildiradi.

Ushbu shart A.Olimovga ham maqul tushadi va u R.Dolanovaning xonadonida B.Berdiyevning mastligidan foydalanib, uning boshiga bolta bilan urib, oldiradi. Jinoiy sheriklar — A.Olimov va R.Dolanova jinoyat izini yashirish va muqarrar jazodan qutulib qolish maqsadida B.Berdiyevning jasadini korpacha va gilamga oragan holda marhumga tegishli bolgan Neksiyaning yukxonasiga ortadi. Song jasadni Tayloq tumanining Davlatobod qishlogidan oqib otuvchi Dargom kanaliga tashlab yuborishadi. Ertasi kuni esa mashinani Samarqand shahriga olib borib, osha yerda qoldirib kelishadi.

2017 yilning iyul oyi boshlarida sodir bolgan mazkur jinoyat uning ijrochilari oylaganidek izsiz ketmadi. Qisqa fursatlarda fosh etilib, qotillikka qol urgan shaxslar qolga olindi va sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi. Ayni paytda ular jazoni otamoqda. Lekin Taroqlida roy bergan mudhish qotillik haqida odamlar hali ham gapirib yurishadi.

Shu yilning 27 iyulida Prezidentimiz raisligida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi ishlarning bugungi holati, bu borada ichki ishlar organlari va boshqa davlat idoralarining masuliyatini yanada oshirish, tizimda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga bagishlab otkazilgan videoselektor yigilishida ham Taroqlida roy bergan jinoyat tilga olinib, mahalla raisining bunday ishlarga bosh qoshgani keskin tanqid qilindi.

Xosh, bu voqeadan keyin mahallada qanday profilaktik ishlar amalga oshirildi? Odamlarning munosabati, fikri qanday? Ana shu savollarga javob topish maqsadida Taroqlida boldik.

Bu jinoyat nafaqat ushbu mahalla, balki butun Urgut tumani ahli shaniga isnod boldi, deydi Urgut tuman fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari boyicha orinbosari A.Torayev. Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida tumandagi 102 mahalla fuqarolar yigini hamda aholi ortasida jinoyatchilikning oldini olish boyicha aniq va manzilli chora-tadbirlar belgiladik. Tuman ichki ishlar bolimi, prokuratura hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda joylarda uchrashuvlar otkazayapmiz. Aholini hushyorlik va ogohlikka chorlayapmiz.

Tumandagi barcha mahallalarda Jamoatchilik nazorat maskani tashkil etilgan. Tungi navbatchilik yolga qoyilgan. Tuman boyicha profilaktika inspektorlari 66 nafardan 74 nafarga kopaytirilib, ularning samarali ishlashi uchun zarur sharoit yaratilgan. Imtiyozli kredit asosida shaxsiy avtomashina va xizmat uyi bilan taminlangan. Aholi va keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlik natijasida joriy yilning birinchi yarmida tumandagi 52 mahallada jinoyat sodir etilmadi.

Mahallamizda 612 xonadon bolib, 3 ming 400 dan ziyod aholi istiqomat qiladi, deydi Urgut tumanidagi Taroqli mahalla fuqarolar yigini raisi H.Qurbonov. Aholining asosiy daromad manbai tomorqa xojaligi. Jami 64 gektar tomorqa yerlarimiz bor. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanayotganlar ham kopchilik. Demoqchimanki, har bir oila oz aravasini tortishga harakat qiladi. Boqimandalik kayfiyatidagi kishilar yoq hisobi. Lekin 5 ta notinch oila bor va ularni soglomlashtirish uchun barchamiz birgalikda harakat qilayapmiz. 16 kochaboshi, mahalla faollari bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari olib borayapmiz. Mahallamizda otgan yil sodir bolgan ogir jinoyat nafaqat unga aloqador oilalar, balki barchamizning yuzimizni yerga qaratdi. Bunday holatlar qayta takrorlanmasligi uchun huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlayapmiz.

2017 yil noyabr oyidan buyon Taroqli va Sovgon mahallalarida xizmat faoliyatimni olib borayapman, deydi hudud profilaktika inspektori H.Rahimov. Davlatimiz etibori tufayli shu yerda xizmat uyi qurib berilgan, imtiyozli kredit asosida shaxsiy mashina olganman. Aholi bilan hamjihatlikda ishlab, otgan yilgi kabi mudhish jinoyatlar kelib chiqishining oldini olishga etibor qaratganmiz. Mahallaga qoshni Okrach mahallasidan kirib kelish va Sovgon mahallasiga chiqishda Jamoatchilik nazorat maskani tashkil etilgan. Navbatchilik tunu kun yolga qoyilgan. Kim, qachon kirayapti, qaysi avtomobil keldi va chiqib ketayapti, hammasini bilamiz.

Malumotlarga kora, joriy yilning birinchi yarmida tumanda 262 ta jinoyat qayd etilgan. Bu otgan yilning shu davriga nisbatan 112 taga kam bolsa-da, har bir jinoyat ortida inson taqdiri turganini hisobga olsak, uning bittasi ham ijtimoiy-manaviy muhit, yoshlar talim-tarbiyasi, kelajagiga salbiy tasir korsatadi. Shu nuqtai nazardan, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, unga qarshi kurashish masalalariga faqat huquq-tartibot idoralari emas, barcha davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilikning vazifasi sifatida qarash lozim. Ayniqsa, bugungi kunning eng dolzarb masalalari aholi bandligini taminlash, xotin-qizlar va yoshlar manfaatlarini himoya qilish, mahallalarda notinch oilalar bilan ishlash, odamlarning davlatga ishonchini mustahkamlash, joylarda yuzaga kelayotgan qonunga zid holatlar va korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozim. Bugun davlat va xalq munosabatlaridagi yaqinlik har bir fuqarodan ana shunday faollikni taqozo etadi.

G.HASANOV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.