O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31.07.2018

OBOD QISHLOQ DASTURI NUROTA TUMANI CHUYA QISHLOGIDA QANDAY AMALGA OSHIRILMOQDA?

Obod qishloq — obod mahalla. Keyingi paytlarda tez-tez tilga olinayotgan ushbu so‘zlar qulogimizga yoqimli eshitilmoqda. Chunki uning ortida inson manfaati, xalq farovonligidek ezgu maqsad mujassam-da. Yashirmaymiz, oz qishlogini obod qishloq dasturiga tushishini yurak-yuragidan istayotganlar bugun juda kop. Ammo tegirmon navbati bilan deydilar. Nasib etsa, yaqin yillarda butun qishloqlarimiz obod boladi, yurtdoshlarimiz bunga ishonch hosil qilishmoqda.

Navoiy viloyatida ham 5 qishloqda obodonlashtirish, ta’mirlash, kokalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Davlatimiz tomonidan ushbu xayrli tashabbus uchun kattagina mablag ham yonaltirildi. Mutasaddilardan esa ana shu mablaglarni orni bilan ishlatish, belgilangan topshiriqlarni oz muddatida, vijdonan ado etish talab etiladi.

Afsuski, bugun bu yonalishdagi ishlarni hamma joyda ham kongildagidek, deb bolmaydi. Misol uchun Nurota tumani «Chuya» qishlogi avvalgi holatiga qaraganda anchayin tartibga keltirildi.

Ichki ishlar bolimi boshligi, 3-sektor rahbari Uygun Shukurovning aytishicha, 4300 metr asfalt toshamali yollar barpo etilibdi. Piyodalarga qulaylik yaratish maqsadida 1500 metr bolgan piyodalar yolakchasi qurildi. Aholini muntazam elektr energiyasi bilan taminlash maqsadida 1 ta yangi transformator ornatilib, mavjud 5 transformator joriy tamirlandi, 8 kilometr havo uzatish liniyalari yangilandi.

Aholi xonadonlariga birma-bir kirib chiqilib, odamlar bilan suhbat qurildi. Ular ham oz hovlilarini obod qilishga kirishishdi. Koplab uylar oqlandi, 80 dan ortiq uylarning tom qismi shiferlandi....

Chuya togli hududda joylashgan. Bir tomoni qoshni Samarqand viloyatining Qoshraboti bilan chegaradosh. Bu yerlarda yoz juda issiq, qish esa izgirinli boladi. Biz ushbu hududda bolgan kunimiz ham quyoshning tigi ancha otkir edi. Shunday bolsa-da, oz oldilariga qatiy maqsad qoygan quruvchilar shijoat bilan mehnat qilishmoqda.

Ushbu qishloqda ayni kunda dastur asosida bitta toyxona, mahalla guzari, maktabgacha talim muassasasi, suniy qoplamali futbol maydonchasi va boshqa ijtimoiy obektlar, yollar qurilishi, mavjud ikkita maktab yangi oquv yiliga shay holatga keltirilishi lozim edi.

Ammo, ushbu qishloqda joylashgan 45-umumtalim maktabining kirish hovlisi va maktabga eltuvchi yol asfalt qilingan bolsa-da, yol chetlari beton tosiqlar bilan oralmagan. Ushbu maktabdagi hojatxona ham tamirga muhtoj.

13- umumiy orta talim maktabining ham yon-atrofi obodonlashtirilmasdan qolgan. Shu maktab xodimlaridan birining aytishicha, oquv binosining tom qismi shiferlangan. Ammo quruvchilar tomning koz ilgamas joyiga siniq shiferlar ham ornatib ketishgan.

Ikki yuz orinli toyxonaning qad rostlayotgani ushbu qishloqda yashovchilarni konglidagi gap boldi. Toyxonada qurilish ishlari avj pallada. Ammo oltmish orinli maktabgacha talim muassasasining qurilish ishlari negadir paysalga solingan. Yaqin bir oy ichida ushbu dargoh bolajonlarni qabul qilishiga, togrisi, kozimiz yetmadi.

Yana bir masala. Chuyaliklar asosan yerosti suvidan foydalanishadi. Bitta buloq bor. Chorvaga ham, odamlarga ham yer ostidan kelayotgan nemat hayot bagishlaydi. Afsuski, bu yil qurgoqchilik boldi. Buloqning suvi ushbu qishloqda yashayotgan 3500 dan ortiq odamni suvga bolgan talabini qondira olmayapti.

Bu masala odamlarni qiyin ahvolga solib qoydi. Qancha-qancha daraxtlar qurib ketdi, deydi shu qishloqda yashovchi Umriddin Qambarov. Bunisi ham mayli, bu tabiatning ishi. Nasib etsa, kelgusi yil qor-yomgir serob bolsa, bu kunlarni kormagandek bolib ketamiz. Ammo bizning qishlogimizga oxirgi marta 5 aprel kuni suyultirilgan gaz balloni tarqatildi, xolos. Ushbu muammoni mutasaddilar hal etib berishsa, xursand bolar edik.

Chuyaliklar istiqlol ayyomini yangi va zamonaviy qishloqda kutib olishni niyat qilishgan. Bu orzu amalga oshishi uchun imkoniyat yetarli. Sektor rahbari, tuman va viloyat hokimligi mutasaddilari gayrat qilishlari kerak boladi.

Islombek XONNAZAROV



DB query error.
Please try later.