O'zb  
 
31.07.2018

GAFLAT UYQUSIDAN UYGONAYLIK

Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z gazallaridan birida shunday deb yozgandi: «Gaflat uyqusidin uygon, gar tilar bolsang murod, Kim, yetar maqsadga har kim bolsa ul bedorroq». Bu gaplar hozirda ham dolzarb ahamiyatga ega, lekin hamma gap bedorlikni qanday tushunishda! Kimdir boylik, mol-mulk ilinjida tunlari uxlamasdan, ozini otga, chogga urib behalovat yashayotgan bolsa, yana kimdir el, yurt, millat qaygusida kunlarini tunlarga ulab, bedorlikka fidoyilikni qoshib oldinga qarab harakat qilmoqda...

Ona Ozbekistonimiz Prezidentimiz boshchiligida tarixning ogir va sinovlarga tola yollarida oziga mos va xos taraqqiyot yolini qidirayotgan bugungi yuqoriga — yuksaklikka intilayotgan kunda millat dardi ustida qaygurayotgan mard va jasur, bedor qalbli insonlar juda-juda zarur. Afsuski, kelajagimiz ustida jiddiy bosh qotirilayotgan, jonu jahonimizni bagishlayotgan hozirgi kunda har bir yangilik va ozgarishdan oziga manfaat istayotgan xudbin kimsalar ham oz emas. Masalan, ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarini olaylik. Bu jarayon millat taqdiri, uning kelajagi bilan bogliq masaladir. Uning shaffofligini taminlash, halol va adolatli otishini taminlash muhim vazifadir. Afsuski, bu jarayonlarda abituriyentlar va ota-onalarni, chalgitib aldab chontagini qappaytirish payida yurgan firibgar, tovlamachi va tamagir kimsalar hamon uchrab turibdi. Biz ilmni ozlariga nasab qilib olgan buyuk xorazmiylar, buxoriylar, fargoniylar avlodimiz. Ota-bobolarimiz ilmdan boylik orttirish maqsadida foydalanishmagan. Ular uchun ilm olamni bilish, ozlikka qaytish, insonlarga nisbatan oliyhimmatlikda bolish vositasi sanalgan.

Daraxtning mevasi qancha kop bolsa, boshi yerga shunchalik egilgani singari ilmli insonlar ham ilmi kopaygani sari kamtar, xokisor, boshqalarga ozor yetkazmaydigan ulug zotlarga aylangan. Ilm olish yolidagi tamagirlik, firib qattiq qoralangan. Buning oxiratda muqarrar javobi bor. Vatandoshimiz Sidqiy Xondayliqiy: Ilmli odam shafoatli va betama bolur, deydi. Qarang, ilmga ikki dunyo saodati, hisob-kitob kunidagi oliyjanoblik nuqtai nazaridan yondashilmoqda. Ulug bobolarimizdan ibrat olaylik. Ilm, bilim olishga intilayotgan ogil va qizlarimizga tushuntiraylik. Faqat bilimli kishi oliy oquv yurtiga oqishga kirishini. Turli-tuman qingir yollar bilan oqishga kiritish, avvalo nohalollik, nomardlik hisoblanadi. Bilimingiz yetmasa-da pul berib, oqishga kirmoqchimisiz, demak, avvalo ozingizga, qolaversa, bilimli tengdoshingizga xiyonat. Bu illatli yoldan qaytaylik, Prezident, Vatan va xalq bizdan bugun chinakam bedorlikni, fidoyilikni kutib turibdi. Buyuk Ozbekistonga munosib insonlar bolaylik!

Abdulhay SOBIROV,

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti prorektori.



DB query error.
Please try later.